1."Mikroiqtisodiyot"fanining mazmuni, maqsadlari va vazifalari


Download 180.5 Kb.
bet15/17
Sana19.06.2023
Hajmi180.5 Kb.
#1612274
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
iqtisod

26.
27.
28.
29. Oligopoliya va monopolistik raqobat. .Monopolistik raqobat — bu koʻpgina sotuvchilar oʻxshash boʻlgan, ammo bir xil boʻlmagan tovarlarni taklif qiluvchi bozor turi hisoblanadi[1][2]. Monopolistik raqobat va monopoliya nomlari oʻxshash hisoblansa-da, amalda bu ikki raqobat turi keskin farq qiladi. Bunday raqobat turi dastlabki qarashda sof raqobatlashgan elementlariga ega boʻlsa-da, nomukammal raqobatlashgan bozorlar(monopollashgan bozor) turiga kiradi. Monopolistik raqobatda ham faoliyat yurituvchi firmalar nisbatan koʻp, yangi firmalarni bozorga kirib kelishi yoki unda harakat qiluvchi firmalarning undan chiqib ketishida kichik cheklovlar mavjud. Lekin, bu raqobat turi baribir erkin bozordan farq qiladi. Farqi shundaki, monopol raqobatlashgan bozordagi mahsulot tabaqalashgan, yaʼni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarni har bir firma oʻziga xos ravishda ishlab chiqarib sotadi va uning mahsuloti boshqa firmalarning mahsulotidan sifati, koʻrinishi, xizmat koʻrsatish turi, uslubi, foydalanilgan materiallari va brendi bilan farq qilishi mumkin. Tovarning differensiallashuvi deganda bozorda sotiladigan tovarni turli xilligi, yagona qolipda emasligi tushuniladi. Har bir firma oʻz mahsulot markasiga ega boʻlganligi sababli maʼlum darajada bozor hokimiyatiga ega boʻladi. Masalan, har bir shaharda fast foodlar, restoranlar va non mahsulotlari(xususan, pishiriqlar) sotadigan joylar bor. Bu iqtisodiy subyektlar deyarli bir turdagi ehtiyojni qondiruvchi turli-xil mahsulotni sotadi. Toshkent shahridagi Feed Up, Oq-Tepa Lavash va Evos kabi fast foodlar oʻxshash menyuga (lavash, burger, kartoshka fri va boshqa isteʼmol tovarlari) ega boʻlsa-da, shakl, taʼm, xizmat koʻrsatish va narxiga koʻra oz boʻlsa-da farq qiladi.Monopolistik raqobatga ega bozor quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi:
• Firmalar bir tovarning turli xil varianti hisoblanuvchi, substitutlik darajasi yuqori hisoblanuvchi, mahsulotlarini sotadi va bir-biri bilan raqobatlashadi (substitut tovarlarning narxga koʻra elastikligi yuqori boʻladi);
• Bozorga yangi firmalarni kirishi va faoliyat koʻrsatishi, bozordan chiqishi deyarli cheklanmagan[5];
• Bozorda koʻpgina firmalar faoliyat koʻrsatadi va ularning har biri tovarga ishlab chiqarish xarajatlari, mahsulotining xususiyatlariga koʻra tovarga boʻlgan bozor talabining bir qismiga ega boʻlishadi;
• Ishlab chiqaruvchi va isteʼmolchilarning bozordagi holatdan xabardor emasligi yoki axborotning yetarli emasligi(axborotning asimmetrik taqsimlanishi)OLIGOPOLIYA (oligo… va yun. poleo — sotaman) — bozorni tashkil etish shakllaridan biri. Guruh monopoliyasi, oz sonli yirik korxona (firma) larning bozorda yoki bironbir xoʻjalik soxasida hukmronligi.Oligopoliya uchun bozorda bir necha sotuvchining boʻlishi xos, ammo umumiy bozor sav-dosi hajmida ulardan har birining hissasi juda katta boʻlganidan, har bir sotuvchi oʻzi taklif etadigan mahsulotlar miqdorini oʻzgartirishi bilan narxlarda ham oʻzgarishlar yuz beradi.Firmalarning uncha koʻp boʻlmasligi yashirincha kelishishlarga qulaylik tugʻdiradi. Bu esa, oʻz navbatida, ularga nar-xlarni belgilash, bozorni boʻlish yoki taqsimlash va boshqacha yoʻllar bilan oʻzaro raqobatni cheklashda qoʻl keladi. Yashirincha kelishishning bir qator shakllari (kartel bitimi va b.) bor. Monopoliya kabi Oligopoliya ham nomukammal raqobat koʻrinishi hisoblanadi.

Download 180.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling