1."Mikroiqtisodiyot"fanining mazmuni, maqsadlari va vazifalari


Foydasini maksimallashtirish va raqobatli taklif


Download 180.5 Kb.
bet11/17
Sana19.06.2023
Hajmi180.5 Kb.
#1612274
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
iqtisod

15. Foydasini maksimallashtirish va raqobatli taklif.
16. Ishlab chiqarish omillari bozori. Ishlab chiqarish omillari bozori deganda, mehnat , xom ashyo, kapital, yer va boshqa ishlab chiqarish resurslari bozori tushuniladi. Resurslar bozoridagi talab va taklif istemol tovarlari bozori tasirida shakllanadi. Shuning uchun ham resurslarga bo’lgan talab hosila talab bo’lib, firmaning ishlab chiqarish hajmiga va uning xarajatlariga bog’liq.
Ishchi kuchi- bu inson aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yi’gindisi bo’lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Ishchi kuchi maehnat qobiliyatiga ega bo’lgan kishilar uchun xosdir. Inson mehnati, uning ishchi kuchi Tovar hisoblanib, ishchi kuchi mehnatga layoqatli aholi tomonidan sotiladi. Ishchi kuchi unga muhtoj bo’lgankorxonalar tomonidan sotib olinadi.Ishchi kuchiga talab ish beruvchi korxonalar,ya’ni ishlab chiqaruvchilar tomonidan, uning taklifi esa ishga layoqatli aholi tomonidan shakllantiriladi.Kishilarning ishchi kuchidan foydalanmasklik bu jamiayt uchun boy berilgan imkoniyatdir. Ishchi kuchining narxi unga to’lanadigan pul-ish haqi bilan o’lchanadi. Bunday mehnat bilan shug’ullanmoqchi bo’lganlar soni shuncha ko’p bo’ladi. Ishchi kuchining narxi qacha arzon bo’lsa korxonalar shuncha ko’p yollashadi va aksincha ishchi kuchi qimmat bo’lsa kam ishchi yollashadi. TADBIRKORLIK QOBILIYATI – insonning ishlab chiqarish jarayonida qo’llaniladigan resurslardan qanday foydalanish xususida oqilona, maqsadga muvofiq qarorlarni qabul qila olishi, innovatsion jarayonlarda faol qatnashishi, tavakkal qilish va yutuqqa erishish layoqati.YER (ishlab chiqarish vositasi sifatida) — mehnat jarayonining zaruriy moddiy shart-sharoiti va eng muhim ashyoviy omillaridan biri. Yer inson hayoti uchun zarur bo’lgan moddiy sharoitlar orasida tuproq qoplami, yer osti boyliklari, o’rmonlari, suvi bilan alohida ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish jarayoniga kiritilgan Yerga jonli va buyumlashgan mehnat sarf etilishi bilan u ishlab chiqarish vositasi bo’lib qoladi. Ammo moddiy ishlab chiqarishdagi turli tarmoqlarning rivojlanishida Yerning iqtisodiy o’rni turlichadir. Undiruvchi sanoatda Yer jamiyat uchun zarur bo’lgan boyliklar qazib olinadigan xazina bo’lib xizmat qiladi. Qishloq xo’jalikda Yer mehnat jarayoni kechadigan umumiy sharoit va maydon bo’lishidan tashqari yana 2 muhim vazifani bajaradi: ishlab chiqarish jarayonida inson ta’sir ko’rsatadigan mehnat predmeti va inson o’zi yetishtiradigan qishloq xo’jalik o’simliklariga ta’sir ko’rsatishini ta’minlaydigan ishlab chiqarish qurolidir. Yerning tabiiy chegaralanganligi undan intensiv foydalanish zarurligini taqozo qiladi. Yer o’rnini to’ldirib bo’lmaydigan ishlab chiqarish vositasiga mansub.
17. Mehnat bozori. Mehnat bozori — ish kuchi oldi-sotdi qilinadigan bozor. Mehnat bozorining ishtirokchilari ishga yollovchilar, ishga yollanuvchilar va ular oʻrtasidagi turli vositachilar hisoblanadi. Turli vositachi firmalar, tashkilotlar va agentliklar mehnat bozorining infratuzilmasini tashkil etadi. Ish kuchi maxsus tovar sifatida uning sohibi tomonidan bozorga taklif etiladi. Ishga yollovchilar mehnat bozoriga talab bilan chiqadi. Ish kuchining oldi-sotdisi bevosita haridor bilan sotuvchi oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri yoki vositachilar ishtirokida yuz berishi mumkin. Bu ishni mehnat birjasi yoki ish topib beruvchi firmalar bajaradi. Ish kuchining oldi-sotdisi mehnat bitimi shaklida rasmiylashtiriladi. Mehnat bozorida ish kuchini sotuvchi bilan uni oluvchi oʻrtasida mehnatning kelishilgan narxi — ish haqidir.Mehnatga talab uning narxi boʻlmish ish haqi miqdoriga nisbatan teskari mutanosiblikda, yaʼni ish haqi oshsa mehnatga talab qisqaradi, agar u pasaysa, mehnatga talab oshadi. Mehnat bozoridagi mehnat taklifi ish haqiga nisbatan toʻgʻri mutanosiblikda boʻladi. Moddiy muhtojlik sharoitida koʻp ishlab, koʻp pul topishga intilish mehnat taklifini oshiradi.
Mehnat bozorida mehnatga talab taklifdan oshib ketsa ish kuchi taqchilligi, mehnat taklifi talabdan koʻp boʻlsa ishsizlik paydo boʻladi.Mehnat bozorining turlarga ajralishi uning harakteri va koʻlamiga bogʻliq. Mehnat bozori oshkora va yashirin harakterda faoliyat koʻrsatishi mumkin. Oʻz koʻlamiga qarab mehnat bozori mahalliy-hududiy, milliy va jahon bozorlaridan iborat. Globalizatsiya sharoitida moddiy resurslarni mamlakatlararo taqsimlanishiga mos ravishda mehnat resurslari ham taqsimlangani sababli jahon mehnat bozori tez rivojlanadi. Iqtisodiyoti kuchli mamlakatlar milliy mehnat bozorida kelgindilar mehnati taklifi tez oʻsadi, narxi arzonligidan unga talab ham ortadi. 2000-yilda yer yuzida oʻzi tugʻilgan yurtida ishlamaydiganlar soni 80 mln. nafardan ziyod boʻldi. Xalqaro Mehnat bozori kengayishi rivojlangan mamlakatlarda oʻzga millat diasporasi oʻsishiga olib keladi (mas, 2002-yil AQShdagi xitoyliklar 15 mln. nafardan ortiq boʻlgan).

Download 180.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling