1."Mikroiqtisodiyot"fanining mazmuni, maqsadlari va vazifalari


Download 180.5 Kb.
bet16/17
Sana19.06.2023
Hajmi180.5 Kb.
#1612274
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
iqtisod

30.
31.
32.
33. Tashqi samaralar va ijtimoiy ne’matlar. Tashqi samaralar (eksternalilar). Musbat (ijobiy) va manfiy (salbiy) tashqi samaralar. Chekli ijtimoiy xarajat. Chekli xususiy xarajat. Chekli ijtimoiy yutuq. Chekli xususiy yutuq. Tashqi ta’sirlarni yumshatish bo’yicha davlat siyosati. Bozor ojizligi. Ijobiy va salbiy tashqi samaraga ta’sir ko’rsatish: tartiblashtiriladigan soliq, tartiblashtiridiladigan subsidiya. Davlatni atrof-muhitni muhofaza qilish siyosati. Chiqindilarga norma va standartlar o’rnatish. Tabiiy muhitni zararlash huquqini sotish. Аsimmetrik axborotlarni tartibga solish. Mulk huquqi va Kouz teoremasi.Ijtimoiy ne’mat. Sof ijtimoiy ne’mat. Sof ijtimoiy ne’matga talab. Istemolchining tanlanmasligi. Iste’moldan ajratalmaslik. Sof xususiy ne’mat. Sof xususiy ne’matga talab. Biletsiz (chiptasiz) muammosi. Umumiy mulk fojiasi. Umumiy foydalanishdagi resurslar.1.Tashqi samaralar: mazmuni va turlariTashqi samaralar yoki eksternalilar (externalities)- bozordagi oldi-sottidan olinadigan, lekin narxda o‘z ifodasini topmagan xarajat yoki foyda. Ular muayyan operatsiyada qatnashadigan bozor subyektlari bilan bir qatorda uchinchi tomon bilan bog‘liq bo‘lgani uchun ham “tashqi” deb qabul qilinadi. Ushbu xarajatlar yoki yutuqlar (foyda) tovarlar va xizmatlarni ham ishlab chiqarishda, ham iste’mol qilishda vujudga keladi.Tashqi samara musbat (ijobiy) va manfiy (salbiy) samaralarga bo‘linadi. Manfiy samara xarajatlar bilan bog‘liq bo‘lsa, musbat samara uchinchi tomonning yutug‘i bilan bog‘liqdir. Shunday qilib, tashqi samara ijtimoiy xarajatlar (yutuqlar) va xususiy xarajatlar (yutuqlar) o‘rtasidagi farqni ko‘rsatadi: MSC=MPC+MEC Bu yerda: MSC- ijtimoiy chekli xarajat; MPC- xususiy chekli xarajat; MEC- tashqi chekli xarajat (Marginal External Cost).Agar bir iqtisodiy subyektning faoliyati boshqa iqtisodiy subyektlar faoliyatida xarajatlarga olib kelsa, salbiy tashqi samara vujudga keladi Masalan, kimyo zavodi foydalanilgan suvni etarli darajada tozalamasdan daryoga oqizmoqda deylik. Chiqindi suv hajmi zavod ishlab chiqarish hajmiga proporsional bo‘lsa, zavod qancha ko‘p mahsulot ishlab chiqarsa, u atrof muhitni shuncha ko‘p ifloslantiradi. Kimyo zavodi maxsus suv tozalash inshooti qurmaganligi uchun, chiqindi suv to‘liq tozalanmaydi, demak zavodning xususiy chekli xarajati ijtimoiy chekli xarajatidan past bo‘ladi, nima uchun deganda uning xarajati suvni tozalash bilan bog‘liq xarajatdan holi.Zavod xarajatlarni tejash asosida ko‘proq mahsulot ishlab chiqaradi. Ishlab chiqargan mahsulot hajmi samarali hajmdan ko‘p bo‘ladi. Suvni tozalashga xarajat qilmaganda zavodning ishlab chiqarish hajmi Q1 ga, uning narxi P1 ga teng va E1 nuqtada bozor muvozanati o‘rnatiladi. E1 nuqtada kesishadigan talab chizig‘i chekli ijtimoiy yutuq MSB ni ifodalasa, taklif chizig‘i xususiy chekli xarajat MPC ni ifodalaydi. E1 nuqtada bozor muvozanati o‘rnatilganda chekli xususiy xarajat chekli ijtimoiy yutuqga teng bo‘ladi: MPC=MSB Lekin, chekli ijtimoiy xarajat chekli xususiy xarajat bilan chekli tashqi xarajat yig‘idisiga teng: MSC=MPC+MEC
Agar tashqi xarajat zavodning ichki xarajatiga aylantirilsa, samarali ishlab chiqarish hajmi Q1 dan Q2 ga qisqargan bo‘ladi. Mahsulot narxi P1 dan P2 ga ko‘tariladi va E2 nuqtada chekli ijtimoiy yutuq chekli ijtimoiy xarajat bilan tenglashardi, ya’ni MSB=MSC Shuni e’tiborga olish kerakki, E2 nuqtada tashqi muhitni ifloslantirishning oqibatlari to‘liq yo‘qotilmaydi, nima uchun deganda, kimyo zavod miqdorda mahsulot ishlab chiqarishni davom ettiradi va shu ishlab chiqarish hajmiga proporsional chiqindi ham atrof-muhitga chiqaradi. Lekin, atrof muhitni ifloslantirishdan bo‘ladigan zarar ancha kamayadi. 15.1-rasmdagi E1E2F uchburchakning yuzi xususiy chekli xarajatni ijtimoiy chekli xarajatdan past bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgandagi yo‘qotilgan samarani ko‘rsatadi.

Download 180.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling