1‑Modul. Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlashning nazariy asoslari


Download 1.43 Mb.
bet1/10
Sana06.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1336131
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
AYtamirlash va saqlash maruza matni


1‑Modul. Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlashning nazariy asoslari.
Mavzu:Avtomobil yo‘llarida ta’mirlash va saqlash texnologiyalari
Reja:
1. Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va caqlash ishlarining tarkibi va tasnifi.
2. Yo‘l tushamasi va qoplamasining ta’mirlashlar oraliq davri va xizmat qilish muddati.
3. Avtomobil yo‘llarining ishlash qobiliyati va ta’mirlash ishlarini rejalashtirish mezonlari.
4. Nuqsonlar jadvalini to‘zish.
5. Yo‘l holatini baholash ko‘rsatkichlariga asoslangan holda ta’mirlash ishlari rejalashtirish.
Avtomobil yo‘llarini saqlash va ta’mirlash bo‘yicha tadbirlarni tanlash yo‘l holatini baholash va diagnostika qilish natijalari asosida qabul qilinadi.
Saqlash va ta’mirlash bo‘yicha ishlarni rejalashtirishning bosh maqsadi ekspluatatsiya jarayonida yo‘lning optimal xizmat muddatini va iste’mol xususiyatlarini ta’minlashdan iboratdir.
Avtomobil yo‘llari va uning inshootlarini saqlashning asosiy vazifasi - yilning istalgan
vaqtida har qanday ob-havo sharoitida transport vositalari harakati uzluksizligini va
xavfsizligini ta’minlash shartlari bo‘yicha qo‘yilgan talablarga muvofiq, yo‘llarni saqlash va
doimiy qarashni ta’minlashdan iboratdir.
Avtomobil yo‘llarini saqlash ishlarini turlari.
a) yer ko‘tarmasi va suv ketkazish tizimi bo‘yicha:
Ajratilgan mintaqani, yo‘l chetlarini, nishabliklarni va ajratuvchi tasmalarni muntazam ravishda ozoda va tartibli saqlash, chiqindilardan va begona buyumlardan tozalash, tekislash;
b) yo‘l to‘shamasi bo‘yicha:
Yo‘l qoplamasini chiqindi, chang va iflosliklardan, qor, muzdan muntazam ravishda tozalash, begona buyumlarni yig‘ishtirish, qum va sirpanchiqqa qarshi aralashmalar sepish yo‘li bilan avtomobil yo‘llarining qatnov qismi muzgarchiligi va sirpanchiqligini bartaraf etish, shuningdek xosil bo‘lgan sirpanchiqlikni bartaraf etish;
Nishabliklar, ko‘prikosti o‘zanlarni, shuningdek suv o‘tkazish quvurlarning o‘zanlarini va quvurlar ustidagi ko‘tarmalar nishabini tozalash
(shu jumladan, o‘simliklardan tozalash);

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling