1‑Modul. Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlashning nazariy asoslari
AVTOMOBIL YO‘LLARINI SAQLASh TEXNOLOGOIYaLARI
Download 1.43 Mb.
|
AYtamirlash va saqlash maruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya jarayonida saqlash ishlari quyidagi kompleks vazifalarni o‘z ichiga oladi
- AVTOMOBIL YO‘LLARINI SAQLASh TEXNOLOGIYaLARI
- Bahor, yoz va kuz davrida
AVTOMOBIL YO‘LLARINI SAQLASh TEXNOLOGOIYaLARI
Reja: 1. Avtomobil yo‘llarini bahor, yoz va kuz davrlarida saqlash ishlari texnologiyasi va uni tashkil etish. 2.Yo‘l poyini, to‘shamasini va qatnov qismini saqlash. 3. Yo‘l jixozlarini, yo‘l xizmat bino va inshootlari saqlash. 4.Qish davridagi meteorologik sharoit va yo‘llarning holati. Yo‘llarni qishgi saqlash ishlari. Yo‘llarni qishgi davrda saqlash ishlari texnologiyalari. 5.Yo‘llarni qishgi mavsumga tayyorlash va murakkab sharoitdagi avtomobil yo‘llarini saqlash. 6.Tog‘li sharoitdagi avtomobil yo‘llarini saqlashning o‘ziga xos xususiyatlari. 7. Cho‘l hududlarda yo‘llarni saqlash. Yo‘llarni qum bosishidan saqlash. 8.Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish. Yo‘llarni qordan himoyalovchi ekinlar. Yo‘lni saqlash ishlaridan asosiy maqsad, yo‘lning qatnov qismini TFK sifatlarini barqaror ushlab turishdan iborat bo‘lib, bunda TVlarining ta’siri natijasida paydo bo‘ladigan nuqsonlar, muzlab ko‘pchish, ortiqcha namlanish, tabiiy iqlim ta’siridan keladigan buzilishlarni yo‘qotishdir. Bular muntazam ishlar sirasiga kirib, ular yo‘llarni ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlarning texnika vositalari, moddiy va mehnat resurslari bilan bajariladi. Avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya jarayonida saqlash ishlari quyidagi kompleks vazifalarni o‘z ichiga oladi: 1 Yo‘l inshootlarini muntazam nazorat qilib turish va ularni qo‘riqlash; 2 Yo‘l inshootlarini toza saqlash; 3 Yil davomida yo‘lning barcha inshootlarida sodir bo‘lgan joriy nuqsonlarni tezda bartaraf etish; 4 Yo‘l uchun ajratilgan mintaqani ko‘kalamzorlashtirish va uni saqlab turishni muntazam nazorat qilish; 5 Yo‘l harakati ishtirokchilari uchun xavfsizlikni va qulayligini ta’minlash; 6 Yo‘l inshootlarning xizmat qilish sharoitini o‘rganish va tahlil qilish; 3-mavzu: AVTOMOBIL YO‘LLARINI SAQLASh TEXNOLOGIYaLARI Reja: 1. Avtomobil yo‘llarini bahor, yoz va kuz davrlarida saqlash ishlari. Yo‘llarni saqlash ishlari texnologiyasi va uni tashkil etish. 2.Yo‘l poyini, to‘shamasini va qatnov qismini saqlash. 3. Yo‘l jixozlarini, yo‘l xizmat bino va inshootlari saqlash. Yo‘lni saqlash ishlaridan asosiy maqsad, yo‘lning qatnov qismini TFK sifatlarini barqaror ushlab turishdan iborat bo‘lib, bunda TVlarining ta’siri natijasida paydo bo‘ladigan nuqsonlar, muzlab ko‘pchish, ortiqcha namlanish, tabiiy iqlim ta’siridan keladigan buzilishlarni yo‘qotishdir. Bular muntazam ishlar sirasiga kirib, ular yo‘llarni ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlarning texnika vositalari, moddiy va mehnat resurslari bilan bajariladi. Avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini saqlashning asosiy vazifasi - yilning istalgan vaqtida avtomobil harakatini uzluksizligini va xavfsizligini ta’minlash shartlari bo‘yicha qo‘yilgan talablarga muvofiq, yo‘llarni saqlash va doimiy qarashni ta’minlashdan iboratdir. Avtomobil yo‘lidagi barcha elementlarni va sun’iy inshootlarni, yo‘lning qatnov qismini, yo‘l poyini hamda yo‘l mintaqasida saqlash ishlarini tashkil qilish ishlari ikki guruhga bo‘linadi. Bahor, yoz va kuz davrida supurish va qoplama chang bo‘lishini oldini olish, yo‘l inshootlarni va yo‘l belgilarini oqlash, yo‘l to‘siqlari, ariqlar va yon ariqchalar, lotoklar, suv o‘tkazuvchi quvurlar, yo‘l o‘tkazgich, ko‘priklarning, tayanch qismini tozalash va yuvish, yo‘l chekkasini chiqindi va begona o‘tlardan tozalash, daraxtlarni butalash va parvarishlash daraxtlarni oqlash, kam hajmli mayda ta’mirlash ishlarini bartaraf etish va h.k Bahor kelishi bilan barcha turdagi qoplamalar qishki sirpanchiqda ishlatilgan materiallardan tozalanadi. Bugungi kunda saqlash ishlarida zamonaviy universal mashinalarni ishlatish davr talabi bo‘lib qolmoqda. Yozda takomillashtirilgan qoplamalarni saqlashda suv sepuvchi mashinalar yoki mexanik chyotkalar bilan tozalashdan iborat bo‘ladi. Yozda quyosh nuri ta’sirida qoplamaning ayrim joylarida ortiqcha bog‘lovchi materiallar chiqib qolishi mumkin. Bunday uchastkalarga oz miqdorda (0,1 ÷ 0,2 l/m2) organik eritmalar (kerosin, solyarka, moy) bilan ishlov berib, ketidan mayda tosh yoki yirik qum sepiladi va 0,5 soatdan keyin mashina bilan supirib tashlanadi. Kuzda turli qoplamali yo‘l to‘shamalarini saqlash ishlari qishga tayyorgarlik ishlaridan iborat bo‘ladi: qoplama tozalanib, yoriqlar berkitiladi va qoplama yuzasidagi suvlarning oqib ketishi bo‘yicha choralar ko‘riladi Yilning turli faslardagi ishlar qoplama turlariga qarab belgilanadi. Gruntli yo‘llarni saqlash ishlarida yuzani avtogreyder yoki boshqa mashina bilan tekislash va chuqur izlarga grunt tashlab, katok bilan zichlash ishlari amalga oshiriladi. Mayda chaqiq toshli qoplamali yo‘llarda ko‘ndalang va bo‘ylama chuqur ishlari yo‘qotiladi, qatnov qismidan suv ketgaziladi, yilning quruq fasllarida chang suv sepish yoki emulsiya bilan bostiriladi. Bahor, yoz va kuzda vaqti-vaqti bilan tekislab qo‘yiladi. Qoplamani loydan tozalash bahor, yoz va kuzda muntazam bajariladi. Yo‘lning qatnov qismini loy bo‘lishi, ilashish koeffitsientini pasaytiradi. Chuqurchalarda qolgan loy qurib, chang hosil qiladi. Qoplamani yeyilishi natijasida ham chang hosil bo‘ladi. Changga qarshi bog‘lovchi materiallar sepiladi. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling