Fanning maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda moliya bozoridagi amaliyotlar,
xususan emissiya (qimmatli qog‘ozlar chiqarish) faoliyati, moliya bozoriga
investisiya kiritish tartibi, fond birjalaridan qimmatli qog‘ozlar sotib olish va qayta
sotish, aksiyalar daromadliligi va risklilik darajasini baholash, obligasiyalar
daromadliligi va risklilik darajasini baholash, xalqaro qimmatli qog‘ozlar
muomalasi va ularning qo‘llanish xususiyatlari, fond bozori vositachilari bilan
ishlash tartibi borasida bilim, malaka va ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat.
Fanning asosiy vazifalari:
-moliya bozorining iqtisodiyotdagi ahamiyatli jihatlarini yoritib berish;
- kapitalni baholash va moliyaviy resurs jalb qilish bo‘yicha qarorlar qabul
qila olish;
- fond bozorida emitent, investor, vositachi sifatida ishlash tartibi;
- kapital bozoridagi investision faoliyatni amalga oshirish;
- fond bozori professional vositachilari bilan hamkorlikda ishlay olish;
- fond bozoriga mutaxassis sifatida qimmatli qog‘ozlar joylashtira olish;
- qimmatli qog‘ozlarni, ular daromadliligi va risklilik darajasini baholay
olish kabilar bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni ta’minlashdan
iborat.
3. Moliya bozorining nazariy asoslari. Moliya bozori tushunchasining
mazmun-mohiyati va iqtisodiyot globallashuvidagi roli.
Bozor
iqtisodiyoti
sharoitidagi
bugungi
bosqichda
iqtisodiyotni
moliyalashtirish uchun ichki mablag‘lar yetarli emasligi ma’lum haqiqat. Aholi va
ehtiyojlar muntazam o‘sib borayotgan bir vaqtda yuqori texnologik rivojlanish,
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va boshqa sohalarni kompleks taraqqiy ettirishda
biznes sub’ektlari va hukumatlar mablag‘lariga qo‘shimcha tashqi manbalardan
moliyaviy resurslar jalb qilish zarurati mavjud. Shunday sharoitda iqtisodiyot
sub’ektlari uchun moliyaviy resurslar va kapital jalb qilish muhim manbalaridan biri
moliya bozori va uning elementi hisoblangan kapital bozoridir.
Gʻarb iqtisodiy adabiyotlarida moliya bozorlari pul mablagʻlari oqimini
jamgʻaruvchidan qarz oluvchiga yoʻnaltiruvchi bozor institutlari jamlanmasi
sifatida keltiriladi
1
. Frederik Mishkin ortiqcha mablagʻlarga ega odamlardagi pul
mablagʻlarini pul mablagʻlari yetishmayotganlariga oʻtkazib berishga xizmat
qiluvchi bozorlarni moliya bozorlari deb ataydi.
2
Keltirilayotgan taʼriflar asosida
taʼkidlash mumkinki, moliya bozori – moliyaviy instrumentlardan foydananish
Do'stlaringiz bilan baham: |