1.“Moliya bozori” faniga kirish Fanning predmeti va usullari


Download 67.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana27.10.2023
Hajmi67.23 Kb.
#1726371
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1.“Moliya bozori” faniga kirish Fanning predmeti va usullari

moliyalashuv atamasi paydo bo‘ldi. Bu atamaning mohiyatini iqtisodiyotning 
boshqa tarmoqlariga nisbatan moliyaning keskin yuqori sur’atlardagi rivoji, moliya-


kredit sohalarining jadallik bilan kengayib borishi hamda moliya bozorining 
rivojlanish darajasi yuqoriligi bilan izohlash mumkin.
Jahon iqtisodiyotidagi moliyalashuv turli shakllarda yuz berdi. 
XXI asrning o‘tgan yillari mobaynida moliyaviy sektorda yaratilgan qo‘shilgan 
qiymatning jahon bo‘yicha yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 1,2 – 2 baravargacha 
o‘sganligini qayd yetish lozim. Aynan shu ko‘rsatkichning o‘zi ham moliyaviy 
xizmatlarning jahon iqtisodiyotidagi o‘rnini ko‘rsatib turibdi.
Oxirgi o‘n yilliklarda iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda moliya 
institutlari foyda olish bo‘yicha boshqa sohalarni ancha ortda qoldirmoqda. Bu jihat 
umumiy daromadlar hajmida moliyaviy sektor ulushining oshishi ro‘y berganligini 
o‘zida ifodalaydi. Moliya tizimining barcha bo‘g‘inlari orqali taqsimlanadigan 
milliy daromad ulushi bugungi kunda 35-50 foizni tashkil yetmoqda.
Iqtisodiyotning moliyaviy chuqurlashib borishi bu iqtisodiyotning moliyaviy 
mablag‘larga to‘yinishini anglatadi. Bunda moliyaviy munosabatlar va institutlar 
murakkab moliyaviy instrumentlar vositasida iqtisodiyotning har bir bo‘g‘iniga kirib 
borishi tushuniladi. Iqtisodiyotning moliyaviy jihatdan chuqurlashuvi global 
moliyaviy aktivlarning jahon bo‘yicha YaIMga nisbatan foizlarda o‘lchanadi.
Global moliyaviy aktivlar chiqarilgan korporativ, munitsipal va davlat qarz qimmatli 
qog‘ozlari, birja savdolariga qo‘yilgan kompaniyalar aksiyalari, bank aktivlari 
(depozitlari) kabilarni o‘z ichiga oladi. Oxirgi o‘n yilliklardagi yeng asosiy 
tendensiya global moliyaviy aktivlar hajmining o‘sishi va jahon iqtisodiyotidagi 
moliyaviy chuqurlashuvdir. 2015 yilda global moliyaviy aktivlar hajmi jahon 
bo‘yicha YaIMga nisbatan 392 foizga yetdi. 
Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra 2011-2014 yillar mobaynida 700 million 
kishi bankda yoki boshqa moliya institutlarida birinchi marta o‘z hisobraqamlarini 
ochgan. Bank hisobraqamiga yega yosh aholi ulushi 51 foizdan 62 foizgacha oshgan 
bo‘lib, bu ko‘rsatkichning o‘sishi asosan rivojlanayotgan davlatlar hisobiga yuz 
bergan. Bunda moliyaviy texnologiyalar, xususan mobil bank xizmatlari rivojlanishi 
muhim rol o‘ynagan.
Jahon iqtisodiyotida moliyalashuv chuqurlashuvi bilan birga kengayib ham 
bormoqda. Natijada moliyaviy globallashuv ham yuz berib ulgurdi. Bunda milliy 
moliya tizimlarining xalqaro moliya bozoridagi faollashuvi o‘ziga xos ahamiyat 
kasb yetmoqda. Global moliya bozorining hajmi jahon bo‘yicha YaIMga nisbatan 9 
baravar yuqori ekanligi moliyaviy globalluv darajasini o‘zida ko‘rsatib turibdi.
Xalqaro iqtisodiy va moliyaviy aloqalarni tashkil yetishga xizmat qiluvchi me’yoriy-
huquqiy bazaning yaratilishi moliyaviy globallashuvga asosiy zamin bo‘lib xizmat 
qildi. XIX asrda xalqaro iqtisodiy aloqalarning har bir ishtirokchi davlati yeksport-
import operatsiyalari bo‘yicha tashqi savdo tariflarini va tarifsiz cheklovlarni 
mustaqil tarzda belgilagan. XX asrning birinchi yarmida Millatlar ligasi (bu tashkilot 
o‘z faoliyatini 1946 yilda tugatgan) tashqi savdo va valyuta kursini birgalikda 
tartibga solish to‘g‘risidagi davlatlararo kelishuvni ishlab chiqqan yedi. Ikkinchi 
jahon urushidan so‘ng yangi tashkil yetilgan Birlashgan millatlar tashkiloti o‘z 
tarkibiga quyidagi ixtisoslashgan moliyaviy-iqtisodiy institutlarni kiritdi:
- Tariflar va savdo bo‘yicha bosh bitim (hozirgi vaqtda Jahon savdo tashkiloti);
- Xalqaro valyuta fondi;


- Jahon banki guruhi
Oxirgi yillarda gloyual savdo-investitsion strategik alyanslar faol tarzda 
shakllantirilmoqda. 
Ular 
qatoriga 
Transatlantik 
hamkorlik 
doirasidagi 
Transatlantika savdo-investitsion hamkorligi, shuningdek Trans-Tinch okeani 
hamkorligi kabilarni kiritish mumkin. Moliyaviy globallashuvning huquqiy 
asoslarini yaratishga e’tibor qaratilmoqda.
 
 
 
Nazorat savollari
1. Kapital bozorining iqtisodiy mohiyati nima?
2. Kapital bozorining tasniflanishi.
3. Kapital bozorining o’ziga xos xususiyatlari.
4. Kapital bozori prinsiplari.
5. Kapital bozori segmentlari nimalardan iborat?
6. Zamonaviy global iqtisodiyotda kapital bozorining roli.
7. Jahon iqtisodiyotidagi moliyalashuv shakllari.

Download 67.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling