Omonov Vohid ikm-60 tel: 97-200-97-98 Iqtisodiyotning real sektori


Download 15.86 Kb.
Sana19.04.2020
Hajmi15.86 Kb.
#100298
Bog'liq
Vohidga 1399-1-30-20-21


Omonov Vohid IKM-60 tel: 97-200-97-98

Iqtisodiyotning real sektori

Iqtisodiyotning real sektori deganda ko’pchilik har xil fikrlaydi. Ya’ni bu shunday erkin atamaki ( Iqtisodiyotning real sektori atamasi) uni juda keng tushunish mumkun ekan.Bu aynan biror qonun bilan belgilanmagani uchun ham bu atama haqida har xil fikrlar uchrab turadi.Bu atama haqida o’z tushunchamni qisqa qilib aytadigan bo’lsam: Iqtisodiyotning real sektori -bu ma’lum bir hududdagi faoliyati mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltirilgan kichik, o’rta va yirik korxonalarni birlashtiradigan iqtisodiyotning bir sohasi deb o’ylayman. Bu fikr-xulosadan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, iqtisodiyotning real sektori iqtisodiyotning bir qismi hisoblanadi va bir qismi hisoblanganda ham aynan ajralmas muhim qismidir. Iqtisodiyotni o’rganib statistik natijalarni kuzatib , iqtisodiyotning real sektorida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning katta qismi sanoat va qishloq-xo’jaligi tarmoqlariga to’g’ri kelishini kuzatishimiz mumkun. Eng asosiy aytib o’tishga sabablardan biri bu iqtisodiyotning real sektori YAIM ( Yalpi ichki mahsulot) ning tarkibida salmoqli o’rin tutishini aytib o’tishdir. Bizda iqtisodiyotning real sektori sohasi rivojlanishi bizga qanday foyda keltiradi degan savol kelishi aniq, sababi insoz zoti avvalo o’z ehtiyojlarini qondirishga harakat qilib yashaydi. Iqtisodiyotning real sektori rivojlanishi bu har bir insonga aholi daromadlarini oshishi, turmush farovonligi o’sishi uchun imkoniyat , ta’lim, tibbiyot, madaniyat va shu kabi shunga o’xshash sohalarda rivojlanishda asos bo’ladi. Mamlakatimizda ham keying yillarda fan va texnika yutuqlarini , zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini va ishlab chiqarish boshqaruvini yangi usullarini amaliyotga joriy etish orqali iqtisodiyotning real sektori korxonalarining ishlab chiqarish hajmini ko’paytirishga va moliyaviy barqarorligini oshirishga juda katta e’tibor berib kelinmoqda.Zamonaviy information texnologiyalar joriy qilinishi sifat tomonlama kuchaytirib , ularni keying yillarda yuksak natijalarga erishishida zamin bo’ladi. Iqtisodiyotning real sektorini samarali faoliyat olib borishida moliyaviy sektor ham muhim o’rin tutadi.Moliyaviy sector bu - qarz olish uni qaytarish bilan bog‘liq bo‘lgan amaliyotni ijro qiladigan vositalar va institutlar to‘plamidir. Moliyaviy tizim mulk egaligini kapitaldan ajratish imkoniyatini beradi. Moliyaviy sektorga banklar, sug‘urta kompaniyalari, fond birjalari, moliyaviy investitsiya kompaniyalari, lombardlar va boshqa moliyaviy institutlar kiritiladi.

Investitsiya faoliyatini rivojlantirishda investitsiya

muhitining o’rni

Biz investitsiya o’zi nima degan savolga hech ikkilanmasdan, qiynalmagan holda o’z fikrimizni ayta olamiz. Investitsiya bu juda ham zarur sohadir. Ya’ni qaysidir sohani rivojlantirish uchun o’sha sohaga investitsiya kiritilishi zarur. Investitsiya faoliyatini rivojlantirishda esa o’sha ishlarni olib boorish uchun qulay investitsiya muhitini yaratish zarur. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, investitsiya faolligining o‘sish sur‘atlari investitsiya muhitiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Investitsiya muhitining jozibadorligi xorijiy investitsiyalar oqimini ko‘paytirishning muhim omili hisoblanadi. Iqtisodiyotda investitsiya faoliyatining rivojlanishi, ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilishning ko‘lami, yo‘nalishlari va samaradorligi, bevosita, investitsiya muhitiga bog‘liqdir. Investitsiya muhitining holatini investitsiya faoliyatini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini aniqlaydigan iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, huquqiy, siyosiy, ekologik va boshqa shart-sharoitlarning umumlashtiruvchi xususiyatlari belgilab beradi. Investitsiya muhiti deganda, mamlakat iqtisodiyoti yoki uning ma‘lum bir hududiga kiritiladigan investitsiyalarning samaradorligini va xavfsizligini ta‘minlashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, tashkiliy-huquqiy, ekologik, madaniy va boshqa shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi. U muayyan hududga investitsiyalar kiritishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini belgilaydigan shart-sharoitlarning mavjud ijobiy va salbiy tomonlarini anglatadi. Investitsiya muhiti holati yaratilgan huquqiy baza va uning asoslari, qonun hujjatlarining sifatli tuzilishi va ularga rioya qilinishini talab etadi.Ta’kidlash lozimki, mamlakatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish uchun eng qulay investitsiya muhitini shakllantirish maqsadida iqtisodiyotni liberallashtirish, davlat boshqaruvini isloh qilish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashuvni cheklash, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish va soddalashtirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar)dan erkin foydalanishni ta’minlash, shuningdek, hududlarda zarur infratuzilmani yaratish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.Soliq yukini kamaytirish va investorlar uchun soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, sog‘lom raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan soliq siyosati va bojxona-tarif jihatdan tartibga solish islohotlari jadal sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, investorlar bilan ishlashda, ayniqsa, joylarda, investorlarning tashabbuslari barcha darajadagi hokimliklar tomonidan lozim darajada qo‘llab-quvvatlanmasligi, bu borada vazirlik va idoralar faoliyati aniq muvofiqlashtirilmaganligi bilan bog‘liq byurokratik to‘siq va g‘ovlar hali ham mavjudligi qulay investitsiya muhitini shakllantirish bo‘yicha davlat siyosatining izchilligiga bo‘lgan ishonchning mustahkamlanishiga to‘sqinlik qilmoqda.



Krossvord



















1




















































2

Q

I

Y

M

A

T











































3

N

A

Z

O

R

A

T































4

D

I

V

E

R

S

I

F

I

K

A

T

S

I

Y

A




5

E

M

I

T

E

N

T





































6

B

O

R

I

S

O

V














































7

S

T

R

A

T

E

G

I

Y

A




























8

T

E

N

D

E

R








































9

I

T

A

L

I

Y

A








































10

S

I

N

D

I

K

A

T

























11

R

E

Z

I

D

E

N

T




























12

N

A

V

O

I

Y




















































13

N

A

F

L

I

L

I

K






















Krossvord

1.Nemis va lotin tillaridan olinib tarjima qilinganda ,, xarajatlar yig’indisi’’ degan ma’noni anglatuvchi atama.( Investitsiysa)

2.Moliyaviy investitsiyalarning kiritish usuliga ko’ra turi(qiymat)

3.Xalqaro kapitallar harakatida davlat bajaradigan funksiyalardan birini yozing.(Nazorat)

4.Muayyan to’plam tarkibining turli-tumanligini ta’minlash chora-tadbirlari nima deyiladi? (Diversifikatsiya)

5.Qimmatli qog’ozlarni muomalaga bosib chiqaruvchi yuridik va boshqa to’lovga qobilyatli jismoniy shaxs.(Emitent)

6.,,Katta iqtisodiy lug’at’’ kitobi muallifi kim?(Borisov)

7.Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish sabablarida; texnologiyalar transferti qaysi sabab turiga kiradi? ( Strategik)

8.Pudrat savdosi o’tkazishning konkurs shakli ? (Tender)

9.EIH lari soni bo’yicha dunyodagi eng yirik davlatlardan biri (Italiya)

10.Bir tarmoq tadbirkorlari tomonidan ortiqcha raqobatni bartaraf qilish maqsadida birlashish nima deyiladi? (Sindikat)

11.Boshqa mamlakatda doimiy yashayotgan fuqaro? (Rezident)

12.Yurtimizda joylashgan, 564 gektar maydonni egallagan Erkin industrial iqtisodiy zonasi qaysi? (Navoiy)

13.Tovarni kishilarni iste’molini qondirish xususiyati (Naflilik)



IZOH : Qavs ichida savollarning javobi keltirilgan.
Download 15.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling