1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish
Oʻzbek tili tarixiy fonetikasining oʻrganilish tarixidan
Download 224.54 Kb.
|
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!
7.Oʻzbek tili tarixiy fonetikasining oʻrganilish tarixidan. Oʻzbek tili tarixiy fonetikasini oʻrganishda rus va oʻzbek tilshunoslarining ham xizmati katta. V. V. Radlovning eski oʻzbek tili yodgorliklari fonetikasi boʻyicha ishlari, K. K. Yudaxinning «Chigʻatoy tilining fonetik sostavi haqida materiallar», A. K. Borovkovning «Alisher Navoiy – eski oʻzbek tilining asoschisi», Tole’ Hiraviyning Navoiy asarlariga lugʻati, A. M. Shcherbakning «Navoiy tili», «Eski oʻzbek tili grammatikasi» kabi asarlarini qayd etish lozim.
Oʻzbek tilshunoslarining oʻzbek tili tarixiy fonetikasi bilan qiziqishlari 60- yillardan keyin kuchaydi. Professorlar F. Abdullaev, Gʻ.Abdurahmonov, A.Rustamov, X.Doniyorov eski oʻzbek tili unli va undoshlari sistemasi, ayrim fonetik hodisalar boʻyicha qator ilmiy ishlarni nashr ettirdilar va Alisher Navoiy asarlari ma’lumotlari asosida eski oʻzbek tili unlilari sistemasi ustida tadqiqot ishlari olib bordilar. E. Umarov Tole’ Hiraviy, Mirza Mahdiyxon va Kojariy lugʻatlari asosida XV, XVII va XIX asrlarda oʻzbek tili unlilariga oid muhim kuzatishlarni umumlashtirib e’lon qildi. Gʻ.Abdurahmonov va A. Rustamovlarning oʻzbek tilida birinchi marta nashr etilgan oliy yurtlari talabalari uchun «Qadimgi turkiy til» darsligida turkiy tillar uchun mushtarak boʻlgan Oʻrxun-Yenisey yodgorliklarining fonetik xususiyatlari atroflicha bayon etildi. Oʻzbek xalqi ming yildan ortiqroq davr mobaynida arab alifbosi asosidagi yozuvdan foydalanib keldi. oʻzbek xalqining 1920-yilgacha yaratgan tarixiy, ilmiy va badiiy yozma yodgorliklari, asosan, mana shu yozuvda yetib kelgan. Yozuv va til, ayniqsa, fonetika bir-biri bilan aloqador boʻlganligi sababli eski oʻzbek yozuvidan xabarsiz boʻlgan shaxs oʻzbek tilining tarixiy fonetikasini oʻzlashtirishi mumkin emas. Turkiy xalqlar oʻz tarixi mobaynida qoʻllagan bir necha yozuv- runiy, qadimgi uygʻur, soʻgʻd va boshqa yozuvlar ichida keng va uzoq qoʻllanilgani arab alifbosi asosidagi yozuv boʻldi. Ma’lumki, arab alifbosi kam unlili va koʻp undoshli semit tillariga moʻljallangan. Bu tillarda choʻziq va qisqaligi bilan farqlanuvchi uchta unli fonema bor: a, i, u. Yozuvda, asosan, choʻziq unlilar ifodalanadi, qisqa unlilar harakatlar: ost, ust belgilari bilan beriladi va yozuvda ifodalanmaydi. Ta’kidlash joizki, turkiy(oʻzbek) matnlarida qanday boʻgʻin boʻlishidan qat’i nazar unli harflarning yozilishi arab, fors tillariga nisbatan turgʻunroqdir. Ayrim undoshlar uchun ikki xil t va h ,uch xil s, toʻrt xil z belgi bor. Shuningdek, arab tiliga xos boʻlgan chuqur boʻgʻiz portlovchisi va sayoz boʻgʻiz portlovchisini ifodalovchi ayn va hamza harflari bor. Bundan tashqari, arab alifbosida turkiy tillarda keng tarqalgan p, ch, g undoshlari uchun maxsus harflar yoʻq. Keyinchalik pe, chim, gof harflari turkiy til alifbosiga kiritilgan boʻlsa-da, ular juda kam ishlatilgan va qoʻl yozma asarlarda deyarli yozilmagan. Eski oʻzbek tili haqida gapirganimizda, undagi qat’iy qoidani ta’kidlash joiz: arabcha va forscha soʻzlar manba tili yozuvida qanday yozilsa, turkiy matnlarda ham shunday yozilgan. Ularning toʻgʻri yozilishiga juda katta e’tibor berilgan,arabcha soʻzlar yozilishini buzish qoʻpol xato, madaniyatsizlik va savodsizlik hisoblangan. Download 224.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling