1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish


Tarixiy fonetikaning oʻrganish obyekti, manbalari


Download 224.54 Kb.
bet5/75
Sana05.02.2023
Hajmi224.54 Kb.
#1167980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!

6.Tarixiy fonetikaning oʻrganish obyekti, manbalari. Tarixiy fonetika oʻzbek tili unli va undosh tovushlarining turli davrlardagi taraqqiyoti, har bir taraqqiyot davri uchun xos boʻlgan fonetik sistema, ayrim unli va undosh tovushlarning shakllanishi va tadrijiy taraqqiyoti, asosiy fonetik qonuniyatlar, boʻgʻin tuzilishidagi tarixiy oʻzgarishlar kabi qator masalalarni oʻrganadi va oʻrgatadi.
Fonetik sistema tilning qurilish birliklari orasida oʻzining oʻzgaruvchanligi bilan leksikadan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Buning sababi shundaki, tilning ichki rivojlanish qonuniyatlari, tashqi muhit-qoʻshni tillar, jamiyat va fan-texnikaning rivoji, yangi-yangi soʻzlarning kirib kelishi tilning fonetik qurilishiga tez ta’sir qiladi.
Tildagi oʻzgarishlar birdaniga – bir- ikki yil orasida emas, balki asta- sekinlik bilan uzoq davr davomida sodir boʻladi. Dastlab onda- sonda uchraydigan hodisalar, fonetik variantlar, yonma-yon qoʻllanishlar asta-sekin qonuniyatga aylanadi. SHuning uchun har bir davrdagi til shu tilda soʻzlovchilar uchun oʻzgarmasday, barqarorday tuyuladi. Vaholanki, tilda taraqqiyot va oʻzgarish jarayoni hech qachon toʻxtamaydi. oʻzbek tili esa bir necha taraqqiyot davrini boshidan kechirdi va har bir davrning oʻziga xos qonuniyatlari, fonetik sistemasi bor. Har bir taraqqiyot davri uchun xos boʻlgan fonetik sistemani tiklash, tasvirlash kabi masalalar ham oʻzbek tilining tarixiy fonetikasida oʻrganiladi.
Oʻzbek tilining turli davrlarida yaratilgan yozma yodgorliklar, ilmiy va badiiy asarlar tarixiy-fonetik tadqiqot uchun eng asosiy manba vazifasini oʻtaydi, chunki har bir yozma yodgorlikda shu yodgorlik yaratilgan davr tili oʻz aksini topadi. Har bir yozma yozma yodgorlikni atroflicha oʻrganish asosida shu yodgorlik yaratilgan davrdagi oʻzbek tilining xususiyatlari, jumladan, fonetik qonuniyatlarini aniqlash mumkin.
oʻzbek klassik adabiyotida she’riy janrning keng rivojlanganligi, qofiyada oʻzaro oʻxshash soʻzlarning ishlatilishi, shakldoshlikka asoslanib yoziladigan tuyuq janrining mavjudligi fonetik tadqiqotlarga ma’lum darajada imkon beradi.Turli taraqqiyot davrlarida yozilgan asarlar tilining fonetik xususiyatlarini qiyoslash asosida esa oʻzbek tili fonetik sistemasining taraqqiyot yoʻlini aniqlash mumkin. Lekin biz oʻtmish davrlar talaffuzini bevosita kuzatish imkoniyatidan mahrummiz.oʻz navbatida, yozuv ham talaffuzni toʻla-toʻkis aks ettirmagan, shu sababli tarixiy fonetikani oʻrganish katta toʻsiqlarga uchraydi. Ta’kidlash lozimki, oʻzbek tili tarixiy fonetikasini oʻrganish jarayonida yozma yodgorliklar orasida filologik-tilshunoslik va adabiyotshunoslik asarlari beqiyos ahamiyatga ega. Chunki bunday asarlarda tadqiqotchi oʻzi bilgan va tasvirlayotgan tilning fonetik xususiyatlari, u yoki bu soʻzning talaffuz shaklini ma’lum darajada tasvirlab beradi. Mahmud Qoshgʻariyning «Devonu lugʻatit-turk», Abu Xayyonning «Kitobul-idrok lil-lisonul-atrok», Alisher Navoiyning «Muhokamatul-lugʻatayn», «Mezonul-avzon», Zahiriddin Boburning «Muxtasar», Tole’ Xiraviyning «Badoeul-lugʻat», Mirza Mahdiyxonning «Maboniul-lugʻat» grammatikasi va «Sangloh» lugʻati, Fathali Kojariyning «Lugʻati atrokiya» kabi asarlaridagi noyob fonetik ma’lumot va izohlar oʻzbek tili tarixiy fonetikasini oʻrganish uchun eng muhim manbalar sanaladi.
Yozma yodgorliklardan tashqari, oʻzbek tili tarixiy fonetikasini oʻrganish uchun hozirgi oʻzbek shevalari, oʻzbek tiliga qarindosh boʻlgan boshqa turkiy tillar, ayniqsa, qoʻshni uygʻur, qozoq, qoraqalpoq, turkman tillarining hodisalari ham katta ahamiyatga ega. oʻzbek tili fonetik sistemasidan chiqib ketgan qator hodisalar (old va orqa qator unlilarning fonologik farqi, choʻziq va qisqa unlilar, uygʻunlik (singarmonizm) hodisasi, tovush almashinuvlari) oʻzbek shevalarida hamda boshqa turkiy tillarda saqlangan va rivojlangan. oʻzbek shevalari va boshqa turkiy tillarda saqlangan qonuniyatlar esa oʻzbek tilining tarixida amalda boʻlgan deb taxmin qilish mumkin.
Oʻzbek tili tarixiy fonetikasi va grammatikasini bilish ona tili va adabiyot mutaxassislari uchun katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega, chunki tarixiy fonetika hozirgi oʻzbek tilidagi qator fonetik xususiyatlar ( son- sana, toʻla- toʻlov kabi tovush almashinuvlari), bir qoʻshimchaning turli fonetik variantlarda uchrashi (chiqqan, ekkan, kelgan va h.k), stilistik maqsadda qoʻshimchalarning eskirgan fonetik koʻrinishlari ishlatilish sababi, fonetik oʻzgarishlar zaminida soʻzlarning yangi ma’no kasb etish imkoniyati (quyi va quduq, tizgin va tiygin, qishloq va qishlov ) va boshqa shu kabi hodisalarni tushuntirib beradi.
Tarixiy fonetika hozirgi oʻzbek shevalari xususiyatlarini toʻgʻri izohlash va dialektal xatolarni bartaraf etishning qulay usullarini ishlab chiqishda ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Eski turkiy tilni amaliy ravishda oʻrganishni boshlab bergan va asari bizgacha yetib kelgan olim Mahmud ibn Husayn Koshgʻariydir. U oʻzining «Devonu lugʻatit turk» asarida turkiy adabiy tilni tasvirlash bilan cheklanib qolmay, oʻzi yashagan davrdagi koʻpgina shevalar va ulardagi talaffuz xususiyatlari haqida ham atroflicha ma’lumot beradi.
Shuningdek, turkiy tillarni oʻrganishga bagʻishlab yozilgan Maxmud Zamaxshariyning «Muqaddimatul-adab», Abu Xayyonning «Kitobul-idrok lil- lisonul-atrok», Muhannaning «Tarjumon turkiy va moʻgʻuliy va forsiy» kabi lugʻat va grammatikalarda ham turkiy tillar fonetikasiga oid qimmatli ma’lumotlar bor.
XV asrdagi eski oʻzbek tili unli tovushlarining batfsil tavsifini, bu tildagi unlilar, ularning fonetik koʻrinishlari haqidagi muhim ma’lumotlarni Alisher Navoiyning «Muhokamatul- lugʻatayn» asaridan topamiz. Alisher Navoiy ijodidan keyin eski oʻzbek tiliga qiziqish kuchayadi. XVI asrda Husayn Boyqaro buyrugʻi bilan Tole’ Hiraviy tomonidan, asosan, forsiy tilda yozilgan «Badoe ul- lugʻat», Mirza Mahdiyxonning «Maboin ul- lugʻat» grammatikasi va «Sangloh» lugʻati, Fathali Kojariyning «Lugʻati atrokiya», usmonli turk tilida XV asrda yozilgan «Abushqa» lugʻati, Shayx Sulaymonning «Lugʻati chigʻatoiy va turkiy usmoniy» asarlaridagi eski oʻzbek tili soʻzlarining talaffuz xususiyatlari haqida berilgan izohlardan ham oʻzbek tili tarixiy fonetikasi boʻyicha muhim ma’lumotlarni olish mumkin.



Download 224.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling