1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish


Eski oʻzbek tilida unli va undoshlar taraqqiyoti


Download 224.54 Kb.
bet7/75
Sana05.02.2023
Hajmi224.54 Kb.
#1167980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75
Bog'liq
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!

7.Eski oʻzbek tilida unli va undoshlar taraqqiyoti. Eski oʻzbek tilidagi, umuman, oʻzbek tili tarixida qoʻllangan unlilarning miqdorini belgilash masalasi munozaralidir. Tadqiqotchilarning unlilarni aniqlash borasida turli tamoyillarni – unlilarning old qator-orqa qator, choʻziq-qisqalik xususiyatlarini asos qilib olishi natijasida ularning miqdorini ayni bir xil belgilash uchun qiyinchilik tugʻdirib keldi. Til tarixiga oid ilmiy ishlarda eski oʻzbek tilida 6 ta, 8 ta, 9 ta unlining mavjud boʻlganligi haqida fikrlar uchraydi.
Eski oʻzbek tilidagi turkiy soʻzlarda singarmonizm qonunining amal qilishi, hozirgi oʻzbek shevalarida kontrast juft unlilarning saqlanib qolishi eski oʻzbek tilida 9 ta unli, arabcha, forscha soʻzlardagi ā unlisining eski oʻzbek tilidagi oʻrni qat’iyligini hisobga olganda 10 ta unli mavjud boʻlgan degan xulosaga kelish mumkin.
Shunday qilib, eski oʻzbek tilida 10 ta unli fonema boʻlib, ular quyidagilar: a,oʻ,o,ө,u,ү,i,ы,e,ā.
Unlilar xarakteristikasi:
a - umumturkiy, orqa qator, quyi-keng, lablanmagan. Manbalarda alif bilan beriladi, ayrim qisqa boʻgʻinlarda harfiy ifodaga ega boʻlmaydi.
ā - arab, fors tilidan oʻzlashgan soʻzlarda qoʻllanadi, orqa qator, quyi-keng, lablangan. Yozuvda har doim harfiy ifodaga ega va alif bilan berilgan.
oʻ - aksariyat turkiy tillarda mavjud, old qator, quyi-keng, lablanmagan. Manbalarda alif bilan beriladi, qisqa boʻgʻinlarda alif ifodalanmasligi ham mumkin.
e - turkiy tillarda keyin paydo boʻlgan va i old qator unlisining varianti sifatida vujudga kelgan. Eski oʻzbek tilida mustaqil unli sifatida qatnashadi, kontrast juftligi yoʻq, old qator, oʻrta-keng, lablanmagan unli, yozuvda soʻz boshida alifu yoy bilan, soʻz oʻrtasi va oxirida yoy bilan yoziladi. Ayrim yodgorliklardagi qisqa boʻgʻinda harfiy ifodaga ega boʻlmasligi mumkin.
i - umumturkiy, old qator, yuqori-tor, lablanmagan. Harfiy ifodasi e unlisiga aynandir.
ы - umumturkiy, orqa qator, yuqori-tor, lablanmagan, harfiy ifodasi i unlisi bilan aynandir.
o - umumturkiy, orqa qator, oʻrta-keng, lablangan. Soʻz boshida alifu vov, soʻz oʻrtasi va oxirida vov bilan berilgan.
ө - umumturkiy, old qator, oʻrta-keng, lablangan. Harfiy ifodasi o bilan aynandir.
u - umumturkiy, orqa qator, yuqori-tor, lablangan, harfiy ifodasi o unlisi singaridir.
ү - umumturkiy, old qator, yuqori-tor, lablangan, harfiy ifodasi o,ө,u unlilari bilan oʻxshaSh.



Download 224.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling