1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik tamoyillari va uni o‘rganishning ahamiyati. Barkamol avlod tarbiyasida Vatanimiz tarixining o‘rni


Buxoro amirligining tugatilishi va Buxoro xalq sovet respublikasining tashkil topishi


Download 0.6 Mb.
bet57/103
Sana30.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1308935
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   103
Bog'liq
1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik t

55. Buxoro amirligining tugatilishi va Buxoro xalq sovet respublikasining tashkil topishi.

Eskilik bilan yangilik, mutaassiblik bilan tarakkiyparvarlik o’rtasidagi kurash Buhoroda ham XX asrning boshlarida jadidchilikni yuzaga keltirdi. 1917 yilga kelib esa faol ijtimoiy-siyosiy va demokratik kuchga aylandi. «Yosh buhoroliklar» firkasi paydo bo’ldi. Abduvohid Burhonov (Markaziy Ko’mita raisi), Usmon Ho’jayev (Usmonho’ja Po’latho’jayev), Muso Saidjonov, Abdurauf Fitrat, Ota Ho’jayev, Mirkomil Burhonov, Fayzulla Ho’jayev, Sadriddin Ayniy, Fazlitdin Mahsum va boshkalar bu firkaning faollaridan edilar. Uning dastlabki faoliyati davlat boshkaruvi va yer-suv islohotini o’tkazish harakatidan boshlandi. «Yosh buhoroliklar» amir hukmronligini yevropacha konstitusiyaviy monarhiya bilan almashtirmokchi bo’ldilar. Buning uchun ular Rossiya va Turkistondagi komfirka hamda sho’ro hukumati tazyiki ostida Amir Olimhonni 1917 yil 7 aprelda islohot o’tkazish hakidagi Manifestga imzo chekishga majbur etdilar. Bu vokyeani F.Ho’jayev boshlik bir guruh ko’cha namoyishiga chikish bilan kutib oladi. Musulmon dunyosida g’ayrimusulmonlar alohida yashashi, o’z diniy e’tikodiga oid ko’cha marosimlarini fakat o’z mahallasida o’tkazishi odatga aylangan edi. Buhoroda ham shunday edi. Bu musulmonlar orasida norozilikka sabab bo’ldi. Ko’chada 5-7 ming olomon to’plandi. Amir ko’rkkanidan halkni tarkatib, jadidlarni ushlab kaltaklatadi. Kaltak zarbidan o’lganlar ham bo’ldi. Namoyish fojeaga aylandi. Jadidlar esa ta’kib ostiga olingach, horijga ketishga majbur bo’ldilar. Shundan so’ng F.Ho’jayev va boshkalar fevral inkilobiga ishonib Turkiston hukumati boshlig’i, boskinchi Kolesovdan harbiy yordam so’raydilar. Uning uchun bu ayni muddao bo’ldi. U katta armiya bilan 1918 yil martining birinchi kunlarida Buhoroga bostirib bordi. Birok Amir Olimhon sarbozlaridan yengilib, Kiziltepa degan joyda sulh tuzishga majbur bo’ldi. Buhoro Rossiya vassaligidan chikadi. Rossiya sho’ro hukumati Buhoroning mustakilligini rasman tan olib, katta tovon to’lash majburiyatini ham oladi. Lekin bunga Rossiya rioya kilmay, Buhoroning ichki ishlariga aralashaveradi. Kolesov hujumining konli fojeasi amirlikda siyosiy tenglikni yanada kuchaytirdi. Juda ko’p begunoh odamlar hon tomonidankirg’in kilindi. Jadidlar orasida «Kolesov hujumi»ning uyushtirilishiga karshi bo’lganlar ham ko’p edi. Amir katag’onligidan kochib, jadidlar Kizil armiya safiga kiradilar, ular Toshkent, Samarkand va boshka joylarda Rossiya homiyligida boshpana topib, kommunistlar yordamida amirni ag’darishga tayyorgarlik ko’ra boshlaydilar.


Kolesov boskinidan so’ng «Yosh buhoroliklar» firkasi avval uch, so’ng ikki guruhga bo’linib ketdi. Ular alamzada sho’ro hukumati va komfirkasi yordamida A.Burhonov rahbarligidagi Buxoro komfirkasi va F.Ho’jayev boshlik «Yosh buhoroliklar»ning inkilobiy firkasiga birlashdilar.
Bu ikki rahbar va firka a’zolari orasida jiddiy o’zaro kelishmovchiliklar bo’lsa-da, ularga Moskva va Toshkentda «katta g’amho’rlik» ko’rsatiladi. Komfirkaning «Tong» jurnali va «Kutulish» gazetasi, inkilobchilarning «Uchkun» gazetasi Toshkentda bosilib, Buhoroga tarkatilib turiladi. Sho’ro hukumati va komfirkasi Buhoroga inkilobni «eksport kilish» orkali uni bosib olish uchun mablag’ va «yordami»ni ayamadi. Shunday bo’lsa-da, bu firka kovushmadi.
F.Ho’jayev o’z firkasining to’g’ridan-to’g’ri Rossiya komfirkasiga ko’shib olinishini so’rab Leninga hat yozadi. Birok Lenin F.Ho’jayev dasturiga firka shariat udumiga rioya kilishi ko’satilganligi sabab, bunga rozi bo’lmaydi. Ammo u F.Ho’jayevga har tomonlama «yordam»ni kuchaytiradi. Kizil Armiya Buhoroga bostirib kirib, amir hokimiyatini ag’dargandan keyin hukumat tarkibiga kirgan yosh buhoroliklarning inkilobiy firkasi Buhoro komfirkasiga ko’shiladi. Buhoro komfirkasi Rossiya komfirkasi va sho’ro hukumati homiyligida tashkil topadi va hokimiyatni egallaydi.
Sho’ro tarihida Buhoro halki «Yosh buhoroliklar» tuzgan komfirka rahbarligida inkilobga ko’tarilib amirni ag’dardi, degan yolg’on tushuncha bor. Halk amirdan norozi bo’lsa-da, inkilobga ko’tarilmagan. Unda inkilob tushunchasining o’zi ham bo’lmagan. Rus kommunistlari huddi Turkistonda bo’lgandek, Buhoroni ham inkilob nikobi ostida katta harbiy kuch bilan bosib oldilar.
Ular amirdan jabrlangan, alamzada jadid va boshkalarni kommunistik va «inkilobchi» kilib tayyorladilar. Buni Buhoro «inkilobi»ga rahbarlik kilgan «Harbiy inkilobiy byuro»ning tarkibi ham isbotlab turibdi. Undagi 6 kishidan fakat ikkitasi (N.Husinov va F.Ho’jayev) buhorolik, kolganlari esa Buhoroga dahli bo’lmagan sho’ro hukumati hamda komfirkasining boskinchi vakillari edilar. «Harbiy inkilobiy byuro», ya’ni boskinchilar byurosi rahbarligida 1920 yil 29 avgust erta tongdan Frunze ko’mondonligidagi 12ta bombordimonchi samolyot, 74ta zambarak va pulemyot, 10 ming askarga ega bo’lgan Kizil Armiya mustakil Buhoro mamlakatiga hujum boshlaydi. Buhoro 1918 yildagi Kiziltepa sulhidan so’ng Rossiya vassaligidan chikkan edi. Amir Olimhon 1 sentyabr kuni shahar va halkni asrash maksadida, Frunze bilan kelishgan holda shaharni tashlab chikishga majbur bo’ladi. Hokimiyat «Inkilobiy ko’mita» ko’liga o’tadi. 6 oktyabrda esa nomigagina chakirilgan halk vakillarining kurultoyida oldindan belgilab ko’yilgan «Buhoro Halk jumhuriyati» va uning hukumati tashkil etiladi. Shunday kilib, sho’ro boskinchilari tomonidan Buhoro amirligi tugatildi va Buhoro Halk jumhuriyati tashkil topadi.
Fayzulla Xo’jayev boshchiligida tuzilgan Buxoro xalq Sovet Respublikasi hukumati – nozirlar kengashi a’zolari. Buxoro 1923 yil.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling