1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik tamoyillari va uni o‘rganishning ahamiyati. Barkamol avlod tarbiyasida Vatanimiz tarixining o‘rni


Xiva xonligining ag‘darilishi va Xorazm xalq sovet respublikasining tashkil topishi


Download 0.6 Mb.
bet58/103
Sana30.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1308935
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   103
Bog'liq
1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik t

56.Xiva xonligining ag‘darilishi va Xorazm xalq sovet respublikasining tashkil topishi.

Yosh hivaliklar» ko’mitasi tomonidan tayyorlangan manifestga Asfandiyorhon 1917 yil 4 aprelda imzo chekishga majbur bo’ldi. Bu hujjat asosida Hivada hon boshchiligida konstitusiyaviy monarhiya tuzumi karor topadi, deb e’lon kilindi. Saylov yo’li bilan deputatlar majlisi va Nozirlar kengashi tashkil topdi. Keyinchalik majlis va hukumat butunlay «Yosh hivaliklar» ko’liga o’tdi.


Majlis nomidan e’lon kilingan Manifestga ko’ra honlikda vakf, mulk (hususiy) va podsholik yerlari dahlsizligicha saklanib koldi, hazinaning kirim va chikimlari ustidan nazorat o’rnatildi, shariat so’zlari davlat ta’minotiga o’tkazildi, yangi usuldagi jadid maktablari ochilishi belgilandi.
Asfandiyorhon mamlakatda halk norozoliklarini bostirish va Boboohun Salimov boshchiligidagi jadidlarni tartibga chakirishda rus askarlaridan foydalandi. Harbiy komissar Zaysev honga yordam uchun jazo otryadlarini tashkil etdi. Halk hak-hukuklari rus askarlari tomonidan toptaldi va oyok osti kilindi. Bu ham yetmagandek, 1917 yilda honlik hududida ocharchilik avj oldi. May oyida Hiva shahrida «ochlik isyoni» ko’tarildi.
Mamlakatda ana shunday og’ir bir sharoitda 1917 yil sentyabrida Junaidhon o’z kurolli to’dalari bilan Hivaga kaytib keladi. U 1916 yildagi ko’zg’olon davrida Afg’onistonga o’tib ketgan edi. Junaidhon honlikda juda katta o’zgarishlar yasashga muvaffak bo’ldi.
Junaidhon Korakul sahrosida o’z yigitlari bilan bir necha savf karvonlarini talab, «sardor» nomini ham olgan, bir necha kichik «sardor»larni o’ziga tobe kilgan va shu tarika nom chikarilgan. So’ng u o’zini Hiva tahtiga da’vogar deb e’lon kiladi. Shu bois uni yovmidlarning junaid nasli honi sifatida «Junaidhon» deb ataganlar. Junaidhon Hiva honligiga havf solib turgan sho’ro hokimiyatiga karshi bosh ko’tardi. Uning bu maksadi nafakat Asfandiyorhonga, balki chor Rossiyasining Hivadagi barcha aksilsho’roviy harbiylarga va umuman milliy mustakillik uchun kurashayotgan kuchlarga ayni muddao edi.
Asfandiyorhon 1918 yil yanvarida Junaidhon bilan aloka o’rnatib, honlikni birgalikda idora kilish hamda bolsheviklarga karshi kurashish maksadida uni Hivaga taklif kildi va uni «sardori karim» (ko’shinlar ko’mondoni) kilib tayinladi. 1918 yil 30 sentyabrda Junaidhon Asfandiyorhonni o’ldiradi, uning o’rniga honning tog’asi, irodasiz Sayyid Abdulla To’rahonni hon deb ko’taradi. Abdullahon nomigagina hon edi, butun hokimiyat to’laligicha Junaidhon ko’liga o’tadi.

Junaidxon.


Turkistondagi sho’ro hukumati va komfirka Hiva honligini batamom bosib olish va Sho’rolar mustamlakasiga aylantirishni bosh strategik maksad kilib ko’ygan edi va Hivaga karshi tajovuzkorlikni kuchaytirib yubordi. Junaidhonning vaktdan foydalanish uchun 1919 yilning aprelida sho’ro hukumati bilan sulh shartnomasining imzolanishi deyarli natija bermadi va Hiva honligi uchun o’ziga hos tuzok rolini o’ynadi, holos, bolsheviklar uchun esa nafasni rostlash uchun sharoit yaratdi. 1918 yil yanvarida Sho’rolar Amudaryoning kuyi okimi va o’ng kirg’og’idagi To’rtkul (Petro-Aleksandrovsk), Nukus, Chimboy, Kizil Arvot, Bayram Ali, Tejen, Krasnovodsk, Kazanjinda o’z hokimiyatlarini o’rnatdilar.
1919 yil 15 iyulda komfirkaning To’rtko’l ko’mitasi va «Yosh hivaliklar» inkilobiy ko’mitasining birlashgan yig’ilishida kabul kilingan karorda ko’mita a’zosi bo’lish uchun fakat Rossiya komfirkasi safida bo’lish shart kilib ko’yildi. Horazm komfirkasi Horazm Halk Respublikasi o’rnatilgach, 1920 yil dekabrda rasman tashkil topdi.
Bolsheviklar Hivani bosib olish jarayonida tub yerli aholi o’rtasida birlik va hamjihatlikning yo’kligidan, kabila va urug’lar o’rtasidagi ziddiyat va karama-karshiliklardan foydalandilar.
1919 yil 22 fevraldan boshlab kizil askarlardan tuzilgan ikkita otryad Hiva honligiga shimol va janub tomonlaridan tashlandi. Bir oy ichida Ko’hna Urganch, Omonkal’a, Parsu, Iliali, Toshhovuz, G’ozlobod, Badirkent egallandi. G’ozlobod va Pastkal’a hududlarida bo’lgan jangda Junaidhon 400ga yakin jangchilarini yo’kotdi. U korako’lga kochib o’tishga majbur bo’ldi. Kizil Armiya honlik poytahtini egalladi.Xivadagi jabglardan birida Horazm Halk Sho’ro Jumhuriyati 1920 yil 27-30 aprelda Horazm Muvvakkat hukumati tomonidan chakirilgan Butun Horazm Halk vakillarining 1 kurultoiyda tashkil topdi. Uning Nozirlar sho’rosining raisi (Polvonniyozhoji Yusupov) va muovini (Boboohun Salimov) hamda 15ta nozirlari saylandi. Jami 17ta hukumat rahbarlaridan 11tasi «Yosh hivaliklar»dan bo’ldi. Ular hukumatni milliy manfaat, mahalliy urf-odat va shariat koidalari va eng muhimi, mustakillik asosida boshkarishga harakat kilganlar. Bu esa Turkiston va Hivadagi vakolatli firka va sho’ro rahbarlariga yokmadi. Shuning uchun bu gal ham «Yosh hivaliklar» firkasiga uyushgan jadidlar hukmronligi o’n oy to’lar-to’lmas, 1921 yil martda sho’ro hukumati va komfirkasi tomonidan ag’darib tashlandi. P.Yusupov hukumati a’zolari kamokka olindi. 1920 yilning kuzidayok hukumat boshlig’ining o’rinbosari va turkman bo’limining 600 jangchisi otib tashlandi. 



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling