1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik tamoyillari va uni o‘rganishning ahamiyati. Barkamol avlod tarbiyasida Vatanimiz tarixining o‘rni
O‘zbekiston Respublikasida “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi va hayotga tatbiq etilishi
Download 0.6 Mb.
|
1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik t
73.O‘zbekiston Respublikasida “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi va hayotga tatbiq etilishi.
Istiqlol yo’lida qadam tashlab borayotgan Vatanimizdagi mavjud ma’naviy, madaniy omillarga e’tibor berish bilan birga fan, maorif, ta’lim-tarbiya ishlariga ham e’tibor kuchaytirildi. «Ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib, ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa, biz ko’zlagan oliy maqsad-ozod va obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi», — deydi I.A. Karimov. Respublikamizda ta’limning yangi tizimini amalga oshirishda, O’zbekiston hukumati tariximizdagi ta’lim jarayonlarini o’rganib chiqib, ta’limni isloh qilish dasturini tayyorladi. Barcha e’tibor ta’lim tizimlarini demokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashtirib, uning moddiy texnika bazasini, zamon va davr talablari darajasiga ko’tarish va O’zbekistonning ma’rifiy salohiyatini kuchaytirishga qaratildi. SHu maqsadda 1997 yil 2 avgustda Respublikamizda «Ta’lim to’g’risida»gi £onun qabul qilindi. Ta’limni isloh qilish quyidagi tamoyillar asosida olib boriladi: - ta’lim tarbiyaning insonparvarligi va demokratiyaviyligi; - ta’lim tizimining uzluksizligi, izchilligi, ilmiyligi va dunyoviyligi; - ta’limda umuminsoniy va milliy-madaniy, ma’naviy qadriyatlarning ustuvorligi; - e’tiqodi, dinidan qat’iy nazar barcha fuqarolar uchun ta’lim olish imkoniyatlari yaratilganligi; - ta’lim muassasalarining siyosiy partiyalar va harakatlar ta’siridan xoliligi. 1993 yil Respublikamiz Prezidenti tomonidan «O’zbekistonda o’quvchi yoshlarni raQbatlantirish choralari to’Qrisi»dagi farmoniga binoan talaba va aspirantlar uchun maxsus stipendiyalar belgilandi. Ular uchun hatto rivojlangan davlatlardagi universitetlarda ta’lim olish, ulardagi ilmiy markazlarda ishlash, malakalarini oshirish uchun sharoitlar yaratib berildi. O’zbekiston mustaqilligiga erishgan dastlabki kunlardan boshlab eng muhim masalalardan biri eski tafakkur, e’tiqodidan qutulgan istiqlol uchun, o’z ona yurti uchun xizmat qiladigan kadrlar tayyorlash masalasi turdi. Eski tuzumni asta-sekin tag-tomiri bilan tugatib, batamom yangi, jahonning ilQor taraqqiy etgan mamlakatlari yo’lidan boradigan haqiqiy demokratik jamiyat qurish endilikda yangicha fikrlaydigan quyidan tortib yuqori toifadagi kadrlarga bog’liq bo’lib qoldi. Sobiq Ittifoqda katta-kichik rahbar xodimlar har xil darajadagi partiya va komsomol maktablarida, kommunistik mafkura tarQibotchisi va tashviqotchilarini tayyorlaydigan Universitet va akademiyalarda tayyorlangan bo’lsa, endilikda bu o’quv yurtlari, tabiiyki, tarix sahnasidan tushib qoldi. Bozor munosabatlariga asoslangan yangi jamiyatda rahbar kadrlarni tayyorlash maqsadida Prezident qoshida «Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi», «Jahon iqtisodiyoti diplomatiyasi universiteti», ayrim vazirliklar qoshida akademiyalarni tashkil etilishi katta ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz Respublika va viloyatlarning rahbar xodimlari bilan uchrashuvlarida hokimiyatlar, huquq organlarining ayrim xodimlari tomonidan tartib-intizomning, qonunchilik-ning buzilayotgani to’g’risida har gal kuyib-pishib gapiradi va uruQ-aymoqchilik, mahalliychilik, nopoklik kabi o’tmish qoldiqlaridan toza el-yurti va xalqiga halol xizmat qiladigan yosh kadrlarni tayyorlash, ularga yo’l ochib berish zarurligini qayta-qayta takrorlab ko’rsatadi. O’zbekiston mustaqilligining kelajagi yuqori malakali, ma’rifatli, el-yurtiga sadoqatli mutaxassislarni tayyorlashga bevosita bog’liq. I.A. Karimov muxbirlarning: «Sizning siyosatingizda ta’lim-tarbiya masalasiga katta e’tibor berilishining sabablari nimada?» deb so’ragan savoliga ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib yangi jamiyat qurib bo’lmaydi, ong, Qoya, tafakkur ta’lim-tarbiya bilan uzviy bog’liq, bir-birini to’ldiradi deb javob beradi. Ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bir qancha muhim natijalarga olib keladi: jamiyat qiyofasini o’zgartirib, yangi muhitni vujudga keltiradi; yosh yigit-qizlarimiz jamiyatda o’z o’rnini topadi; mustaqil fikrlovchi, erkin shaxsning shakllanishiga sharoit yaratiladi; jamiyat yuqori darajadagi taraqqiyotga erishib o’tish davriga xos bo’lgan kuchli davlat funkSiyalarini kuchli fuqarolar jamiyati zimmasiga o’tkazish uchun ijtimoiy-siyosiy vaziyatni vujudga keltiradi. 1997 yil 29 avgustda Respublika oliy Majlisining IX sessiyasida I.A. Karimovning «Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» ma’ruzasi asosida «Ta’lim to’g’risida»gi £onun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Istiqlol yillarida maktabgacha tarbiya muassasalarda, boshlanQich sinflarda o’quv-tarbiya ishlariga e’tibor kuchaytirilib, o’rta-maxsus va oliy o’quv yurtlari tizimida liSeylar, kollejlar, biznes maktablari ochildi, 8 ta institutlar asosida universitetlar tashkil qilindi. 2000 yil boshlariga kelib, mamlakatimizda 59 ta oliy, 258 ta o’rta-maxsus o’quv yurtlari, shu jumladan 75 ta kollejlarda 360 mingdan ortiq talabalar bilim olmoqda. Iqtidorli yoshlarga e’tibor kuchayib, ularning xorijiy mamlakatlardagi etakchi o’quv yurtlarida ilm-fan cho’q-qilarini egallashini tashkil qilish uchun «Ulug’bek» (1993 y.), «Kamolot» (1996 y.), «Umid» (1997 y.) jamQarmalari tashkil etildi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling