1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik tamoyillari va uni o‘rganishning ahamiyati. Barkamol avlod tarbiyasida Vatanimiz tarixining o‘rni


Xiva xonligining tashkil topishi. Ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy hayot


Download 0.6 Mb.
bet43/103
Sana30.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1308935
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   103
Bog'liq
1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik t

43. Xiva xonligining tashkil topishi. Ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy hayot.
Temuriylar davlati tarkibiga kirgan Xorazm vohasi 1505 yilda SHayboniyxon tomonidan bosib olingan bo‘lsa, keyinchalik 1510-1512 yillarda esa Eron shohi davlati tarkibiga kirgan. Xorazmning obro‘li shayxlaridan bo‘lgan SHayx ota avlodlari Dashti qipchoqlik o‘zbeklar yo‘lboshchisi Elbarsxonga Xorazm taxtini tak-lif qiladilar. Elbarsxon Xorazm poytaxti bo‘lgan Urganch shahrini egallab, mustaqil xonlikka asos solgan.
1593 yilda Xivadagi o‘zaro urushlardan foydalangan Abdulla-xon II Xiva xonligini bosib olgan. 1598 yil Xiva xonligi yana mustaqillika erishadi. Buxoro xoni, Eron shohi tomonidan bosib olingan Xiva xonligida 1763 yildan hokimiyat o‘zbek urug‘laridan bo‘lgan qo‘ng‘irot sulolasi qo‘liga o‘tgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, Urganchda etti yil ichida to‘rt marotaba xon almashganligini ko‘ramiz. Bu erda o‘zbek urug‘ boshliqlarining ijtimoiy siyosiy hokimiyatda ta’siri kuchli bo‘lib, o‘larni asosan qiyot-qo‘ng‘irot, uyg‘ur-nayman, qang‘li-qipchoq kabi qabila va urug‘larga birlashgan. 4 guruhga asosiy qabilalarga inoqlar rahbarlik qilib ular hatto xonlarga ham bo‘ysunishmagan.
XIX asrning boshlariga kelib inoqlar faqat amalda emas balki, rasman ham Xiva taxtini egallashgan. Eltuzarxon Inoq Xiva taxtiga o‘tirgan qo‘ng‘irotlar sulolasining birinchi xoni hisoblanadi. Uning vorisi Muhammad Rahim I Xiva xonligini birlashtirishni nihoyasiga etkazgan.
Xiva xonligida ham o‘sha davrga xos bo‘lgan er egaliklari mavjud bo‘lib, ular davlat erlari, vaqf er egaligi va xususiy er mulklaridan iborat bo‘lgan.
Erning katta qismi davlat erlaridan iborat bo‘lib, amlok, “mamlakat” yoki “podsholik erlari” deb atalgan. Bunday erlar dehqonlarga bo‘lak qilib bo‘lib berilgan, dehqonlar u erda ishlab davlatga soliq to‘lab turishgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, XVII-XVIII asrlarda feodallar erlarini tortiq sifatida emas, xususiy mulk sifatida sotib olish haqida bitimlar tuzilgan. Bunday erlar “mulki xurri xolis” deb atalib, barcha soliqlardan ozod hisoblangan. Bitim davlat nomidan tuzilganligi uchun qozi huzurida shaxsan xonning o‘zi ishtirok etgan va erni sotib olinganligi haqida vasiqalar berilgan.
“Tanho” erlari xonga yoki davlatga ko‘rsatilgan xizmatlari evaziga berilgan. Buni merosga qoldirish mumkin bo‘lmagan.
Vaqf erlari ham keng tarqalgan bo‘lib, sug‘oriladigan va aholi yashaydigan erlarning 40%ga yaqinini tashkil etgan. Vaqf erlari ishlab foydalanish uchun ijaraga berilgan. Vaqfing nomlanishiga, turlariga kelsak, soliqlardan ozod etilgan vaqf-oq vaqf, soliq olinadigan er- qora vaqflarga bo‘lingan.

Xiva xonligida shartli er egaligining o‘ziga xos bir turi mavjud bo‘lib u “otlik” deb atalgan, bu esa boshqa xonliklarda uchra-maydi. Xiva xonligida foydalanish uchun otliqlarga 30-50 tanop er joriy etilgan. Otliq erini olgan er egasi xon talabi bilan bir otliq askarni qurollantirib xon huzuriga yuborgan.


Erlarni ishlovchi asosan dehqonlar bo‘lib, ular davlat dehqon-lari, xususiy erlardagi dehqonlar, vaqf erlaridagi dehqonlar, ersiz dehqonlarga bo‘lingan.
Xiva xonligida qulchilik mavjud bo‘lgan, ulardan uy-ro‘zg‘or ishlaridagina emas, balki dehqonchilikda ham foydalanganlar.
Xonlik iqtisodini asosan dehqonchilik va chorvachilik, hunar-mandchilik va savdo-sotiq tashkil etib, ko‘plab kanallar va ariqlar muhim o‘rin tutgan. Ulardan 11 tasi davlat ahamiyatiga ega edi.
Xonlikning ijtimoiy hayotida yakka xonlikka asoslangan o‘rta asr musulmon davlatlarida bo‘lganidek, xon va uning a’yonlari katta ijtimoiy huquqlarga ega edi.
Saroy amaldorlari, markaziy va mahalliy boshqaruvning yuqori pog‘onalarini egallab turgan ijtimoiy tabaqalar, harbiy ma’muriy amaldorlar va mansab egalari katta huquq va imtiyozlarga ega ijtimoiy tabaqa edi.
Daxlsiz huquqlarga, aholining barcha ijtimoiy tabaqalariga katta ta’sir ko‘rsatish kuchiga ega bo‘lgan oqsuyak tabaqa mahalliy shayxlar avlodlari xonlikdagi eng nufuzli ijtimoiy tabaqa hisoblanardi. Katta miqdordagi xususiy er mulklarga egalik qilishdan tashqari ular odatda
Xiva xonligining tashkil topishi va siyosiy tarixi. 1510 yilda Shayboniyxon vafotidan so‘ng Xorazm hududi Eron shohi Ismoil tomonidan bo‘ysundirildi. 1510-1512 yillarda Xorazmni Eron shohining noiblari idora qildilar. Ammo, 1512 yilda Xorazm hududlarida eroniylarga qarshi halq xarakatlari boshlandi. Ushbu harakatga Vazir shahrining (Ustyurtda, Ko‘xna Urganchdan 60 km uzoqlikda joylashgan bu shaharni XVasrda o‘zbek xonlardan bo‘lgan Mustafoxon barpo etgan) qozisi Umar Shayx boshchilik qildi.
Qo‘zg‘olonchilar Xorazmning Vazir, Urganch, Xiva, Xazorasp shaharlaridagi eroniy noiblar va ularning qo‘shinlarini qirib tashladilar. 1512 yilada Xorazmning obro‘li shayxlaridan bo‘lgan Shayx Ota avlodlari ko‘chmanchi o‘zbeklarning Berka sulton avlodidan bo‘lgan Elbarsxonga maktub yo‘llab, uni Xorazm taxtiga taklif qildilar. Elbarsxon taxtga o‘tirgach, eroniylarni mamlakat hududidlaridan butunlay haydab chiqarib, amalda mustaqil xonlikka asos soldi. U mamlakat hududlarini hozirgi Turkmanistonning janubiy qismi, Eronning shimolidagi Seraxs viloyati, Mang‘ishloq, Abulxon, Durun hisobiga ancha kengaytirdi. Ammo, o‘zbek sultonlari va shahzodalar o‘rtasida siyosiy birlik yo‘q edi. Tez orada ular o‘rtasida hokimiyat uchun o‘zaro kurashlar avj olib ketdi. Ushbu kurashlardan foydalangan Buxoro hukumdori shayboniy Ubaydullaxon 1537 – 1538 yillarda, qisqa muddat Xorazmni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Mag‘lubiyatga uchragan Avanishxon oilasi bilan shayboniylar tomonidan qatl etildi.
Ubaydullaxonning hukumronligi uzoqqa cho‘zilmadi. Ubaydullaxon zulmiga chiday olmagan xorazmliklar Anushaxonning vorislari boshchiligida buxoroliklarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Ubaydullaxon 1538 yilda yana Xorazmga qo‘shin tortdi. Xazorasp bilan Xiva shaharlari oralig‘idagi Kardaronxos degan joyda Buxoro qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchradi. Shayboniylardan ozod bo‘lgan Xorazmda endi ichki kurashlar avj olib ketdi. Shuningdek, Urganch, Kat, Yangi shahar, Xiva, Xazorasp kabi shaharlar va viloyatlar hukmdorlarining markazdan qochuvchi harakatlari kuchayib, ular amalda o‘zlarini mustaqil hisoblar edilar. Ayrim shaharlar bir vaqtning o‘zida ikkta hukmdor tomonidan (mas., Xivada Po‘lat Sulton va Temir Sulton) boshqarildi. O‘zaro kurashlar ayniqsa Elbarsxon va Anushaxon avlodlari o‘rtasida kuchayib ketdi. XVI asrda Abdulg‘oziy ma’lumotlariga ko‘ra, bunday kurashlar natijasida qisqa muddatga hokimiyatdan o‘nlab xonlar almashganlar. Natijada markaziy hokimiyat deyarli inqirozga uchragan edi. O‘zaro kurashlar va siyosiy tanglik, o‘z navbatida iqtisodiy hayotning ham izdan chiqishiga sabab bo‘lgan edi.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling