1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik tamoyillari va uni o‘rganishning ahamiyati. Barkamol avlod tarbiyasida Vatanimiz tarixining o‘rni


Qo‘qon xonligining tashkil topishi uning ijtimoiy-siyosiy hayoti


Download 0.6 Mb.
bet44/103
Sana30.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1308935
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   103
Bog'liq
1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik t

44. Qo‘qon xonligining tashkil topishi uning ijtimoiy-siyosiy hayoti.

Qo‘qon xonligi. Buxoro taxtiga o‘tirgan, Ubaydullaxon hukmronligi davrida (1702-1712) xonlikdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat keskinlashib, markaziy hokimiyat yanada zaiflashgan. Bundan foydalangan CHodak xo‘jalari 1709 yilda Farg‘onada qo‘zg‘olon ko‘tarib, mustaqil davlat tuzilganligini e’lon qiladi va 1710 yilda o‘zbeklarning ming qabilasi boshlig‘i SHohruxbiy hokimiyat tepasiga kela-di. Dastlab qo‘qon, Namangan, Marg‘ilon, Konibodom, Isfara va ular atrofidagi qishloqlarni o‘z ichiga olgan davlat hududi SHohruhbiyning vorisi Muhammad Abdurahimbiy taxtga o‘tirgandan so‘ng ancha kengayadi. Andijon, Xo‘jand, Buxoroga tegishli Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shahari xonlik tarkibiga kiritiladi. Qo‘qon qishlog‘i yaqinida yangi shahar qurila boshlangan. Bu shahar dastlab «Kal’ai Rahimbiy» deb atalgan. SHahar bitgandan so‘ng davlat poytaxti To‘raqo‘rg‘ondan qo‘qonga ko‘chiriladi va davlat poytaxt nomi bilan Qo‘qon xonligi deb atala boshlanadi.
Olimbek davrida (1801-1810) Qo‘qonning siyosiy mavqei ancha oshgan. Dastlab u harbiy islohotlar o‘tkazib, qo‘shinini ancha kuchaytirgan. Harbiy yurishlar natijasida Angren vohasini, Toshkent, CHimkent va Turkistonni o‘ziga bo‘ysundirgan. Dastlab davlat hukmdori o‘zlarini “biy” va “bek” unvonlari bilan davlatni boshqarishgan.
1805 yildan bu davlat rasman Qo‘qon xonligi deb e’lon qilindi va Olimxon “xon” unvoni bilan hokimiyatni boshqargan.
Xonlik tarixida «amir-ul-musulimin» unvoni bilan hukmronlik qilgan Umarxon, uning o‘g‘li Madalixon “g‘ozi” (ya’ni din homiysi, din yo‘lida kurashuvchi) kabi ko‘plab hukmronlari davlatni boshqargani ma’lum.
Qo‘qon xonligi er egaligi ishlab chiqarishga asoslangan davlat bo‘lib, ijtimoiy tabaqalar, ularning jamiyat hayotidagi mavqei qo‘shni Buxoro xonligidan farq qilmagan. Davlatda xon va uning yaqinlari markaziy va mahalliy boshqaruvni amalga oshirgan. Vaziri ul-vuzaro, amir ul-umaro deb nomlangan ijtimoiy tabaqaning, harbiy-ma’muriy amaldorlarning mavqei juda yuqori bo‘lgan. Bu amaldorlar o‘z xizmatlari evaziga muayyan maosh olishdan tashqari er mulklariga ham ega bo‘lganlar.
Ruhoniylar, ma’lum darajada erlari bo‘lgan dehqonlar, savdo-garlar, hunarmandlar to‘la huquqlarga ega edi. Past huquqiy holatga ega bo‘lgan ersiz dehqonlar va qisman qullar ham mavjud edi. qaram holatiga tushib qolgan dehqonlar ham ko‘pchilikni tashkil etardi. Ayniqsa Toshkentda er egalarining er, bog‘larni ishlab berganlar “qora qozonlar” deb atalgan, xonlikda yollanib ishlash ham tarqala boshlagan.
Qo‘qon xonligida xonlarning er mulklarining o‘ziga xos shakllari ham mavjud bo‘lgan.
Xon va uning oila a’zolariga tegishli erlar quyidagi shakl-larda bo‘lgan.
  1. Xos mulki – undan keladigan daromadlar xon saroyi va soqchilarga sarf qilingan.


  2. Taqiq erlar yoki quruq erlar. Bunday erlar ilgari barchaga, jamoaga tegishli haydalmaydigan dalalar, o‘tloqlar, qamishzor va chakalakzorlarni xonlar o‘zlariniki qilib olishlari natijasida vujudga kelgan.


  3. CHek erlar. Xon va uning oila a’zolari tasarufidagi erlar.


Bulardan tashqari amlok erlar ya’ni davlat erlari hamda “mulki hur xolis” erlar (bunday er egaligi davlatga tegishli erlar-ni xususiy kishilarga sotish) vujudga kelgan. Yirik er egalari, boylar erlarni sotib olib, undan davlat xazinasiga soliq to‘lamas-dan, shu erda ishlovchi dehqonlarni boshqarish huquqini qo‘lga kiritgan Davlat boshlig‘i bunday erlarni sotishda er egasi sifatida qatnashgan, ular vasiqalar orqali rasmiylashtirilgan.


Xonlikda er egaligining “tanho” shakli ham keng tarqalgan bo‘lib, bunday erlar xonga xizmat qiladigan askarlarga shartli xizmat muddatiga er berilgan. Bunday erlarni boshqalarga sotish, berish, meros qoldirish mumkin bo‘lmagan.
^ SHuningdek bu xonlikda ham xususiy va jamoa egaligidagi erlar, vaqf erlari mavjud bo‘lgan
Qo‘qon xonligida davlat boshqaruvi tizimi Movoraunnahrdagi o‘rta asrlardagi davlatlar boshqaruv tizimiga juda o‘xshash bo‘lgan.
Xonlikda mutlaq huquqlarga ega bo‘lgan va qadimgi odatlarga ko‘ra, saylanib qo‘yiladigan xon cheklanmagan huquqlarga ega bo‘lib, u harbiy-ma’muriy, diniy amaldorlar yordamida davlatni boshqargan. Dastlabki hukmdorlar «biy» unvoni bilan hokimiyatni boshqargan, Olimxon davridan (1805) esa «xon» unvoni bilan yuritila boshlagan.
Xon saroyida muhim ishlarni ko‘rib chiqadigan Kengash tuzilgan bo‘lib, unga “mingboshi” boshchilik qilgan. A’zolari dasturxonchi, risolachi va yana ba’zi muhim amaldorlar bo‘lgan. Davlatni boshqarishda bu Kengashning ham o‘rni katta edi. Saroy amaldorlari ichida ming boshi (bosh vazir) va amiri lashkar (harbiy vazir), qush-begi – xon maslahatchi yoki viloyat hokimi, parvonachi (xon maslahatchisi), shig‘ovul, xudoychi xonning yordamchisi, tunqator, xon yotog‘i posboni, tundan topshiriqlarni bajaruvchi, noib (sarbozlar boshli-g‘i) otaliq,


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling