1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik tamoyillari va uni o‘rganishning ahamiyati. Barkamol avlod tarbiyasida Vatanimiz tarixining o‘rni


“Avesto” kitobi O‘rta Osiyo xalqlari tarixini o‘rganishda muhim manba


Download 0.6 Mb.
bet8/103
Sana30.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1308935
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   103
Bog'liq
1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik t

8.“Avesto” kitobi O‘rta Osiyo xalqlari tarixini o‘rganishda muhim manba
Avestoning eng qimmatli tomonlaridan biri – u O‘zbekiston xalqlari qadimgi tarixi o‘rganishda muhim manba hisoblanadi. Avestoni to‘plam holda to‘plagan olim Anketil Dyupperon ( Fransiya) bo‘lib, u XVIII asrning o‘rtalarida bu muqaddas kitobni Hintistondagi Gujarat viloyatidan keltiradi va franso‘z tilida chop ettiradi. Tadqiqotchilar uni qo‘yidagi qismlardan iborat deb hisoblaydilar: - « YAsna» - «qurbonlik keltirish», «YAsht»- «qadrlash», «Videvdat» - «devlarga qarshi qonunlar», «Visprat» - «barcha hukmdorlar». «YAsna» dagi 72 ta bobdan 17 tasi payg‘ambar Zaratushtraga tegishli. Ular – «Gota» lar nomli «muqaddas qo‘shiqlar» yoki madhiyalardir.
Videvdatda O‘rta Osiyodagi viloyatlar va davlatlar haqida qo‘yidagicha ma’lumotlar beriladi: «Men, Axuramazda eng yaxshi erlar va mamlakatlar orasida birinchi bo‘lib Vanxvi Daiti bo‘yida (ko‘pchilik tadqiqotchilar uni Amudaryo deydilar – E.B. ) Aryanam Vayjoni yaratdim, shunda o‘lim keltiruvchi Anxro Manyo… devlar va qishni yaratdi…Men Axuramazda yaxshi erlar va mamlakatlar orasida ikkinchi bo‘lib Sug‘diylar yashaydigan Gava makonida asos soldim». SHundan so‘ng Mouru (Marg‘iyona), Bahdi (Baqtriya) Nisaya (Parfiya), Xarayva (Hirot), Voixa- Girta (Qabul atroflari), Avrara (Tus), Xiyrman (Hilmend vohasi) kabilar eslatiladi. Hammasi bo‘lib Avestoda 16 ta mamlakat-viloyat tilga olingan bo‘lib ulardan Gava, Bahdi, Nisaya va Mouru aniq lokalizatsiyaga ega. Qolganlari esa hozirgi qaysi hududlar ekanligi taxmin qilinadi.
Ba’zi olimlar, Aleksandr Makedonskiy qadimgi forslar sulolasini tor-mor etganidan so‘ng Avestoning eski qismlari yo‘q qilingan deb hisoblaydilar. Ammo, Parfiya podshosi Vologez I davrida (milodning 51-78 yillari) bu kitobning qolgan-qutgan qismlari to‘planadi va keyinroq tahrir qilinadi.
Avestoning eng qadimgi qismlari keng hududda joylashgan jamiyatni tasvirlab, bu jamiyat haqida yozuvsiz zamonlarga oid tasavurlarni ham saqlaganlar. Avesto kitoblari turli xil ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. SHular jumlasidan - qadimgi geografik tushunchalar – daryolar, tog‘lar, ko‘llar nomlari, hududiy- etnik qabilalar va viloyatlar nomlari, qadimgi mamlakatlarning ro‘yxati, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy va siyosiy to‘zum, diniy nasihatlar, zardo‘shtiylarning falsafasi, Dune tarixi rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar va boshqalardir.
Olimlarning e’tirof etishlaricha, Avesto SHarq xalqlari qadimgi davrlarini tadqiq etishda hozirgacha muhim manba bo‘lib, u o‘zining bu ahamiyatini bundan buyon ham saqlab qoldi. Bu kitob dastavval e’tiqodlar, tillar va dinlar, bir so‘z bilan aytganda, ma’naviyat va madaniyatning rivojlanish bosqichlari haqidagi ilk to‘plam hisoblanadi. Ta’kidlash lozimki, bu jarayonlar davlatchilik va iqtisodiyot rivojlanishining umumiy doirasida bo‘lib o‘tgan.
Avesto ma’lumotlarini arxeologik materiallar bilan qiyosiy o‘rgangan olimlarning fikricha, mil. avv. II ming yillikning o‘rtalariga kelib O‘rta Osiyo xalqlari siyosiy hayotida o‘zgarishlar sodir bo‘lib, davlatchilikning ilk ko‘rinishi shakllana boshlaydi. Bu davrda ushbu hududlarda yashagan aholining katta qismi yirik vohalarni jadallik bilan o‘zlashtirishi natijasida chorvador ko‘chmachilikdan o‘troq dehqonchilikka o‘ta bshlaydi. Bu esa keyinroq Baqtriya, Xorazm, Marg‘iyona, Parfiya, Sug‘diyona kabilarda davlatchilik tizimining vujudga kelishiga asos bo‘lgan edi. Misol uchun, Avestoning «Vandidod» kitobida Oliy xudo Axuramazda yaratgan o‘n oltita mamlakat (o‘lka ) ning hududiy – ma’muriy, siyosiy hamda qonunchilik tizimiga oid ma’lumotlar berilgan.
Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra davlatni, kavi ya’ni, boshqaruv tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va huquqiy masalalar bilan shug‘ullanuvchi shaxs (podsho) boshqargan. O‘z navbatida davlatni boshqarish huquqi sulolaning bir vakili qo‘lidan ikkinchisiga meros sifatida o‘tishi diniy va dunyoviy jihatdan qonunlashtirilgan.
Avesto davlat boshqaruvining murakkab tizimi haqida ma’lumotlar beradi. Bu ma’lumotlarga ko‘ra, mil. avv. VII-VI asrlarda O‘rta Osiyo jamiyatining asosi kichik-kichik oilalardan iborat bo‘lib, har bir oila o‘rtacha 5-6 kishidan tashkil topgan. Ular katta patriarxal oila a’zolari hisoblangan. Katta oila esa 20-25 kishidan tashkil topgan. Jamoalar hayotida urug‘chilik tuzumining ayrim xususiyatlari saqlanib qolgan. Katta oila a’zolari tomonidan xo‘jalikni tashkil etish, erga birgalikda egalik qilish va umumiy turar joyda – uy-qo‘rg‘onlarda yashash odati yuqoridagi fikr dalilidir.
Zardushtiylik ta'limotiga ko'ra, doimiy farog'atli hayot inson uchun uzoq notanish hayoliy jannatda emasn balki insoniar yashaydigan shu tiriklik dunyosida bo'ladi. Bu maqsad, marraga yetish uchun esa odamlar juda ko'p murakkab va jiddiy sinovlardan o'tishlari lozimdir.
Shunday qilib, muqaddas «Avesto» kitobi buyuk o'tmishdoshla-rimizning keng qamrovli hayot tarzini, umrboqiy urf-odatlari, ta'lim-tarbiyasi, boshqaruv tizimini o'rganishimizda muhim dasturilamal manba bo'lib xizmat qiladi. Linda umumbashariy g'oyalarning chuqur aks etganligi sababli, bu asar keng hududlar bo'ylab yoyilib, Sharq-u G'arbda e'tirof etilib, turli xalqlarning ma'naviy yuksalishiga ijobiy ta'sir ko'rsatgan.
«Avesto»da zardushtiylikning umumbashariy ahamiyati va mohiyatidan tashqari unda o'lkamizda ilk boshqaruv tizimining amal qilganligi to'g'risida ham qimmatli ma'lumotlar uchraydi. Mamlakatni idora qilgan shaxs «Kavi» deb yuritilgan.
Oqsoqollar kengashi - «varzanapoti», «Xanjamana», xalq yig'ilishi - v'yaxa deyilgan.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling