1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik tamoyillari va uni o‘rganishning ahamiyati. Barkamol avlod tarbiyasida Vatanimiz tarixining o‘rni
Download 0.6 Mb.
|
1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik t
2. Qadimgi Xorazm davlati
O‘rta Osiyodagi yana bir yirik davlat uyushmasi-Qadimgi Xorazm davlati hisoblanadi. “Katta Xorazm” va “Qadimgi Xorazm” masalasi bo‘yicha o‘zbekistonlik va xorijlik ko‘plab olimlar turli-tuman tadqiqotlar olib borgan bo‘lsalarda bu masalalar hamon tadqiqotchilarning bahs-munozaralariga sabab bo‘lib kelmoqda. Avesto va yunon-rim tarixchilari ma’lumotlari bu munozaralarning asosini tashkil etadi. Undan tashqari, o‘tgan asrning 50-60 - yillaridan boshlab bugunga qadar olib borilgan arxeolgik tadqiqotlar natijalari ham Xorazm davlatchiligi tarixi bo‘yicha boy materiallar berdi. Avvalo so‘ngi yillardagi ibtidoiy davr yodgorliklarining qiyosiy tadqiqotlaridan (X.Matyakubov) xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Xorazm mil.avv IV-III m.y. dayoq O‘rta SHarqning qadimgi sivilizatsiyalar olami bilan uzoq SHimolni bevosita bog‘lovchi xalqa rolini o‘tay boshlagan. Bronza davri Suvyorgan va Tozabog‘yob madaniyatlari qadimgi Xorazm erlarini o‘zlashtirib bir-biri bilan qizg‘in aloqada bo‘lgan, SHimol va Janubdan ta’sir qabul qilib, yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilgan qabilalar madaniyati edi. Ularning urug‘ jamoalari yarim erto‘la uy -joylarda istiqomat qilib motiga dehqonchiligi va chorvachilik bilan shug‘ullanib, ibtidoiy ishlab chiqarish xo‘jaligi sari ilk qadam tashlaganlar. Ammo, ularning moddiy xo‘jalik taraqqiyoti darajasi O‘rta Osiyoning janubiy mintaqalari (Baqtriya, Marg‘iyona) dagi qabilalarga nisbatan ancha orqada edi. Amirobod madaniyati (mil.avv IX-VIII asrlar) davrida Amudaryo quyi havzasida yashovchi aholi hali davlatchilikdan bexabar bo‘lib,irrigatsiya xususiyati ibtidoiy urug‘-qabilachilik an’analarini saqlab qolgan aholi jamiyatiga xos edi. O‘rta Osiyoning Janubiy mintaqalariga qaraganda Xorazm vohasi aholisi uzoq vaqt beqaror suv oqimi sharoitida, noqo‘lay tabiat injiqliklari girdobida qolib kelgan. Qadimgi yozma manbalar ma’lumotlari va mavjud arxeologik yodgorliklarning qiyosiy tahliliga ko‘ra, Xorazmda davlatchilik ildizlarining paydo bo‘lishigan asos bo‘lgan ilk shaharsozlik madaniyati sohiblari-Xorazmiylar ko‘chib kelgach tarkib topdi va rivojlandi. “Xorazm” atamasining kelib chiqishi haqida ko‘plab fikrlar mavjud. Olimlarning katta guruhi “Xorazm” atamasining ikkinchi komponenti –zmi, - zamni hind-evropa tillariga mansub – zemo – er, o‘lka, mamlakat ma’nosini beradi degan xulosaga kelganlar. So‘zning birinchi komponentiga kelganda olimlar fikrlaridagi yakdillik yo‘qoladi va u turlicha – “Ozuqaga boy mamlakat”, “Unumdor er” (E.Byurnuf, E.Zaxau, U.Geyger, U.Tomashek), “Go‘zal mamlakat” (F.YUsti), “Unumsiz, yomon er” (F.SHpigel), “Pastlik er” (P.Lerx, N.Veselovskiy, X.Klipert), “Quyoshli yoki SHarqiy o‘lka” (S.Tolstov, P.Savelev, F.Sulaymonova), “SHarqiy zamin”, “Kunchiqar mamalakat” (I.Mo‘minov) tarzida talqin etiladi. YAna bir guruh olimlar “Xorazm” atamasi uch leksima asosida (Uvarizami, u – “yaxshi”+ vara – “qal’a”,”qo‘rg‘on”+zimi-“er”) paydo bo‘lgan deb hisoblab, mazkur tarixiy atamaning ma’nosini “yaxshi qo‘rali er”, “Ajoyib qal’ali o‘lka” yoki “Mustahkam qo‘rg‘onli diyor”(Bogolyubov, A.Muhammadjonov) tarjima qiladilar. So‘ngi tadqiqodlarda “Xorazm” atamasining o‘zagi qadimgi turkiy asoslarga ega bo‘lishi mumkin degan fikrlar ilgari surilib (“Xuar” (“Suvar”) – “suv”(“xu”) – suv, “Ar”-er, odam, “m”- birinchi shaxs qo‘shimchasi) va u O‘lkamiz hududlarida qadimgi shaharsozlik madaniyatining asoslari quyidagilardan iborat: aholining o‘troq dehqonchilikka o‘tishi va keng vohalar bo‘ylab yoyilishi; hunardmanchilik ishlab chiqarishining rivojlanishi natijasida iqtisodiy hamda madaniy aloqalar va savdo-sotiqning taraqqiy etishi; tabiiy-geografik hamda harbiy-strategik shart-sharoitlar. Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga qaraganda shahar madaniyati dastavval Shimoliy Baqtriyaga (Surxon vohasi) keyin esa So‘g‘diyona (Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro vohasi), Xorazm va Farg‘ona hududlariga tarqaladi. Qadimgi shaharlar -tarixiy rivojlanishdagi urbanistik jarayonda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy asosi hisoblanadi. Fikrimizcha, shaharlar tarixini o‘rganish jarayonida dastavval eng qadimgi shaharlar shakllanishi va rivojlanishi; aniq hududlar yoki viloyatlardagi tarixiy-madaniy shart-sharoitning ta’siri, ekologik, geografik, ijtimoiy, iqtisodiy va demografik muhitlarning darajasi va ta’sir doirasi, shaharlarning vazifasi, qadimgi shahar markazlarining tarixiy-madaniy jarayonlardagi o‘rni va ahamiyati masalalariga keng e’tibor qaratish lozim. Ko‘pchilik tadqiqotlar natijalarini tahlil etar ekanmiz, shunday xulosaga kelish mumkinki, O‘rta Osiyo hududlarida dastlabki shaharsozlik madaniyati mil avv. II ming yillikdayoq, ya’ni, bronza davridayoq shakllana boshlaydi. Bu davrda ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘sishi natijasida mehnat unumdorligi ortib boradi. Natijada turli tarixiy viloyatlarda joylashgan yirik mustahkam manzilgohlar o‘rni va atroflarida (Sopolli, Jarqo‘ton, Namozgoh, Qiziltepa, Yerqo‘rg‘on, Bandixon, Uzunqir) dastlabki shahar markazlari shakllanib rivojlana boshlaydi. Xullas, O‘rta Osiyodagi urbanizatsiya jarayonining xronologiyasi va shakllari nisbatan turlicha bo‘lib, bu jarayon faqat ichki tabiiy-geografik va ijtimoiy-siyosiy sharoitlar hamda qo‘shni jamoalardagi madaniy ta’sir bilan bog‘liq bo‘lmasdan, dastavval, Yaqin va O‘rta Sharqdagi (Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Eron) jahon urbanistik markazlari bilan ham chambarchas bog‘liq edi. O‘lkamiz hududlaridagi ilk shaharlar qishloqlardan iqtisodiy, siyosiy va madaniy mavqesi bilan ajralib turgan. Bu shaharlar asosan aholisi sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullangan vohalarda, qadimgi savdo yo‘llari bo‘ylarida, hukmdorlar qarorgohlari atroflarida paydo bo‘lgan. Bunday shaharlar o‘zlari joylashgan vohalarining siyosiy, iqtisodiy, madaniy, diniy va harbiy markazlari vazifasini bajargan bo‘lishi shubhasizdir. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling