1Qutqaruv ishlari nimalardan iborat? 2Tiklash ishlariga nimalar kiradi?


Download 37.94 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.10.2020
Hajmi37.94 Kb.
#138827
Bog'liq
5-topshiriq


5-toshiriq

1Qutqaruv ishlari nimalardan iborat?

2Tiklash ishlariga nimalar kiradi?

3Yadroviy shikaslangan о‘choqda qutqaruv va tiklov ishlari nimalardan iborat bо‘ladi?

1Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish

yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish

tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari

B.A.Xo‘jayev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2010-yil 5-yanvar,

2-son


Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga

ILOVA


Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish

tartibi to‘g‘risida

NIZOM

I. Umumiy qoidalar



1. Mazkur Nizom “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi

Qonunining 16-moddasiga muvofiq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda qutqaruv ishlarini

(keyingi o‘rinlarda “qutqaruv xizmatlari” deb ataladi) amalga oshirishga qutqaruv xizmatlari va

qutqaruv tuzilmalarini jalb qilish sohasida huquqiy tartibga solishni belgilaydi.

2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

qutqaruv xizmatlarini jalb qilish — qutqaruv ishlarini amalga oshirishda boshqaruv organlarining,

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish vazifalarini hal etish uchun zarur bo‘lgan

kuch va vositalarning qatnashishini tashkil etish;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish — favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda o‘tkaziladigan hamda

odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar

va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan

zonalarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslikka hamda xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan

qutqaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar kompleksi;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar — bu qutqaruv ishlarini har

tomonlama ta’minlash, favqulodda vaziyatlarda jabrlangan aholiga tibbiy va boshqa yordam


ko‘rsatish, odamlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash uchun eng kam zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni

yaratish, ularning ish qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha faoliyat;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbari — favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga

jalb etilgan kuchlar va vositalarga bevosita rahbarlik qiladigan hamda o‘z vakolatlariga muvofiq

ularning o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtiradigan mansabdor shaxs;

favqulodda vaziyatni bartaraf etish shtabi — favqulodda vaziyatning xususiyatini baholash, uni

lokalizatsiya qilish va bartaraf etish, bevosita ofat yuz bergan tumanda aholi, hududlar va atrof

muhitni himoya qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish uchun favqulodda vaziyatni bartaraf etish

ishlari rahbarining qarori bilan tashkil etiladigan organ.

II. Qutqaruv xizmatlarini jalb qilish tartibi

3. Qutqaruv xizmatlarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish:

xizmat ko‘rsatilayotgan obyektlar va hududlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni

bartaraf etishga doir harakatlar rejasiga muvofiq;

favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan va ularning ko‘lami kengaya boshlagan taqdirda belgilangan

tartibda;

mazkur qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari faoliyatiga rahbarlik qilayotgan yoki buning

uchun qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarga ega bo‘lgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy

davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, shu jumladan jamoat birlashmalari mansabdor

shaxslarining qaroriga binoan amalga oshiriladi.

4. Yirik ko‘lamli tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda shoshilinch qutqaruv

ishlarini bajarish va jabrlangan aholiga yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining muhandislik—sapyorlik

bo‘linmalari, kimyoviy himoya bo‘linmalari va boshqa harbiy bo‘l inmalari, harbiy-transport

aviatsiyasi va harbiy-tibbiy xizmat muassasalari jalb etilishi mumkin.

5. Qutqaruv xizmatlarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb etish vakolatiga ega bo‘lgan

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlarning, shu jumladan

jamoat birlashmalarining mansabdor shaxslari qarori bilan qutqaruv xizmatlari va qutqaruv

tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasi tomonidan belgilangan obyektlar va hududlarning favqulodda vaziyatlardan

himoyalanganligi darajasini ta’minlaydigan chora-tadbirlar majburiy tartibda ko‘rilishi bilan birga

olib borilishi kerak.

6. Qutqaruv xizmatlarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida favqulodda vaziyatlarni

bartaraf etishga jalb etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi.

3Radiatsiya bu elektromagnit nurlanish bo’lib, bunga chiroq, radionurlar, quyosh va kosmos nurlari

kiradi.

Ularning kelib chiqishi: quyosh nurlanishi, tuproq, havo va xo’jalik faoliyatida qo’llaniladigan



materiallar tarkibidagi radioaktiv elementlar.

Radiatsiya holati – belgilangan xavfsizlik me’yorlaridan yuqori bo’lgan hamda radioaktiv mahsulotlar

va ionlashtiruvchi nurlarning paydo bo’lish(chiqishi)i favqulodda vaziyatga olib keladi. Dunyoning bir


qator mamlakatlarida halokatlarga olib kelishi mumkin bo’lgan radiatsiyaviy xavfli inshootlarning

turlari ko’p. Ular atom elektr stansiyalari, yadro yoqilg’isi ishlab chiqaruvchi korxona, yadro reaktori

mavjud bo’lgan ilmiy-tadqiqot institutlari va h.k..

Radiatsiyaviy avariya – uskuna nosozligi, xodimlarning xattiharakatlari, tabiiy va texnogen

xususiyatli favqulodda vaziyatlar tufayli kelib chiqqan, fuqarolarning belgilangan normalardan

ko’proq nurlanish olishiga yoki atrof muhitning radioaktiv ifloslanishiga olib kelishi mumkin bo’lgan

yoxud olib kelgan ionlashtiruvchi nurlanish manbai ustidan boshqaruvning izdan chiqishi.

Radioaktivlik miqdori chegaralangan me’yordan oshmasligi va inson hayoti uchun xavfli vaziyatni

vujudga keltirmasligi lozim.

Yadro portlashi — zanjirli yadro reaksiyasi yoki termoyadro reaksiyalari natijasida juda katta

energiyaning nihoyatda tez ajralib chiqishi tufayli sodir boʻladigan portlash. Unga ogʻir yadrolar

(mas, 23511 yoki 239Ri)ning boʻlinish zanjir reaksiyasi yoki yengil yadrolar (mas, geliy yadrosi) ning

sintez boʻlinish termoyadro reaksiyasi olib keladi. Uning shikastlantiruvchi va vayron qiluvchi taʼsiri

bir vaqtda zarb toʻlqini, yorugʻlik nurlanishi, singuvchi radiatsiya, radioaktiv zaharlanish va

elektromagnit impuls orqali sodir boʻladi. Zarb toʻlqini yoʻlida uchragan barcha obʼyektlarga taʼsir

qiladi. Yorugʻlik nurlanishi turli moddalarni eritib, kuydirib, yondirib yuboradi. Singuvchi radiatsiya

(gammanurlar va neytron oqimi) nurlanish kasalligini keltirib chiqaradi. Radioaktiv zaharlanish

Yadro portlashida paydo boʻladigan bulutdan radioaktiv moddalarning tushishi natijasida hosil

boʻladi va u ham nurlanish kasalligiga olib keladi. Elektromagnit impuls antennalar, simlar, kabel

liniyalari, aloqa vositalariga taʼsir qilib, ularni ishdan chiqaradi.

YA.p. havoda, yer ustida, yer ostida, suv ustida va suv ostida amalga oshirilishi mumkin. Havoda

Yadro portlashi yadro qurollarining quvvatiga qarab 100 m dan bir necha km gacha balandlikda

boʻlib, zarb toʻlqini, yorugʻlik nurlanishi va singuvchi radiatsiya orqali shikast yetkazadi. Yer ustida

Yadro portlashida shamol yoʻnalishi boʻylab tarqalgan radioaktiv bulutlar joylarni kuchli

radioaktivzaharlaydi. Yer ostida Yadro portlashi davrida koʻp miqdordagi tuproq bir necha km

yuqoriga otiladi. Asosiy shikastlantiruvchi omil yerda tarqaladigan qisilgan toʻlqindan iborat. Yerdagi

seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi tuproq tarkibiga qarab 5–10 km/sek boʻlishi mumkin. Suv

yuzasida Yadro portlashining shikastlantiruvchi omillari: havodagi zarb toʻlqin va suv yuzasida

vujudga keladigan toʻlqinlardan iborat. Suv ostida amalga oshirilgan Yadro portlashining

shikastlovchi omili: suvda tarqalish tezligi oʻrtacha 1500 m/sek boʻ lgan zarb toʻlqinidan iborat. Bu

zarb toʻlqinlari kemalarning suv osti qismlarini va turli gidrotexnika inshootlarini shikastlantiradi.

Yadro portlashi



YA.p.ning shikastlantiruvchi omillari bir vaqtda taʼsir qilsada, portlash markaziga yaqin masofadagi

kishilarda kontuziya, kuyish, singuvchi radiatsiya va radioaktiv moddalardan shikastlanish ogʻirroq

boʻladi.

2Favqulodda holatlarda O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini

markazlashgan holda boshqarishning umumiy

QOIDALARI

Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonuni,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 20-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi

telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-

tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-589-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, favqulodda holatlarda

O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarish tizimi

ishlashining tamoyillari hamda asosiy qoidalarini belgilaydi.



I. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:

Oldingi tahrirga qarang.

maxsus iste’molchilar — telekommunikatsiyalar resurslari ustuvor tartibda taqdim etiladigan alohida

toifadagi telekommunikatsiyalar xizmatlarining iste’molchilari hisoblangan Mudofaa vazirligi, Ichki

ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati;

(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va

telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 26-iyuldagi 43-mh, 9, 60, 6, 23-

sonli qarori (ro‘yxat raqami 1742-1, 12.08.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 33-son, 444-

modda)

telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarish —



telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini maxsus vakolatli organ tomonidan favqulodda

holatlarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, maxsus iste’molchilar manfaatlari uchun

telekommunikatsiyalar tarmoqlarining ishlashini ta’minlash hamda aloqalarni tiklash maqsadida

telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini boshqarish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasi;

telekommunikatsiyalar tarmog‘ini boshqarish tizimi — telekommunikatsiyalar tarmoqlarini

rejalashtirish, texnik xizmat ko‘rsatish, ekspluatatsiya qilish, tezkor va ma’muriy boshqarish bo‘yicha

axborot texnologiyalari majmuasi asosida tarmoqni boshqarish hamda ko‘rsatiladigan xizmatlar

bo‘yicha funksiyalarni bajaradigan tizim.



Download 37.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling