«energetika» fakulteti «Fizika» kafedrasi «yadro reaktori» to‘garagi nizomi kafedra uslubiy seminarida muxokama qilingan
Download 20.09 Kb.
|
Nizom Yadro reaktori
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Fizika» kafedrasi «YADRO REAKTORI» to‘garagi NIZOMI Kafedra uslubiy seminarida muxokama qilingan
- II. To‘garakning asosiy vazifalari va funksiyalari
- III. Ish faoliyatini tashkil etish
- V. Yakuniy qoidalar
“TASDIQLAYMAN” Energetika fakulteti dekani _____________ dots. M.O.O’zbekov _____________ 2022 yil. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARGʻONA POLITEXNIKA INSTITUTI «ENERGETIKA» fakulteti «Fizika» kafedrasi «YADRO REAKTORI» to‘garagi NIZOMI Kafedra uslubiy seminarida muxokama qilingan (bayon №__, __ _______ 2022 yil) Farg‘ona - 2022 I. Umumiy qoidalar 1. «Yadro reaktori»to‘garagi (keyingi o‘rinlarda – to‘garak) Farg‘ona politexnika instituti (keyingi o‘rinlarda – FarPI) «Fizika» kafedrasining tarkibiy qismi hisoblanadi va ta’lim-tarbiya berish, talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirishga mo‘ljallangan. 2. To‘garak o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 1998 yil 10 iyuldagi “Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash, va ularni maqsadli tayyorlash to‘g‘risida”gi 185-son, 2001 yil 11 oktyabrdagi “Iqtidorli talabalar bilan ishlash faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 249-son hamda 2002 yil 30-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalar bilan ishlashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 279-sonli buyruqlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi. II. To‘garakning asosiy vazifalari va funksiyalari Quyidagilar to‘garakning asosiy vazifalari hisoblanadi: har tomonlama rivojlangan ijodiy shaxsni shakllantirish maqsadida ta’lim-tarbiya sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish; kafedra fanlari va ustuvor ilmiy yo‘nalishlari hamda iqtidorli talabalar ehtiyojlariga javob beruvchi ta’lim-tarbiyaning mazmunini muntazam ravishda yangilab borish; qo‘shimcha bilimlar, malakalar egallashga bo‘lgan ehtiyojlarni shakllantirish va ularni yanada boyitish; har bir talabaning tabiiy bilimdonlik darajasi va ijodiy imkoniyatlarini aniqlash va rivojlantirish; hayotning oliy qadriyati bo‘lgan mehnatga munosabatni tarbiyalash; talabalarning dasturlash asoslari bo‘yicha bilimlarini kuchaytirish, ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish, ilmiy va ommabop maqolalar tayyorlash va nashr etish; talabalar ishtirokida tadbirlar tashkil etish va o‘tkazish; talabalarni nomdor davlat stipendiyalariga tayyorlash va tavsiya etish; talabalarning o‘qishdan tashqari bo‘sh vaqtlarini samarali tashkillash va o‘tkazish; to‘garak a’zolarini o‘qitish va tarbiyalash sifatini yaxshilash maqsadida o‘quv-tarbiya va uslubiy ishlarni takomillashtirish. To‘garak o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: FarPI 1-kursidan 4-kursigacha hamda magistratura 1-2 kurslarida tahsil oluvchi barcha talabalarga ularning har tomonlama kamol topishlari va bo‘sh vaqtlarini o‘zlari belgilashlari uchun imkoniyat yaratadi; talabalar shaxsining rivojlanishiga, ularning qiziqishlariga, iqtidoriga, mustaqil bilim olishlariga va ijodiy mehnat qilishlariga shart-sharoitlar yaratadi; talabalar bilimi va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va mustahkamlashga oid chora-tadbirlarni amalga oshiradi; dasturlash asoslari bo‘yicha qo‘shimcha ta’lim beradi; talabalar o‘rtasida qobiliyatli, iqtidorli yoshlarni aniqlash, shaxsni rivojlantirishga qaratilgan olimpiada, tanlovlar hamda boshqa tadbirlarni uyushtiradi va o‘tkazadi. III. Ish faoliyatini tashkil etish Talabalarning shaxsiy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, ularning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil etish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish. To‘garak faoliyatini tizimli tashkil etish, to‘garak a’zolariga tegishli (ma’ruza, amaliy, master-klass va boshqalar) mashg‘ulotlar o‘tkazish. To‘garakka kafedra tomonidan belgilangan o‘qituvchi rahbarlik qiladi, uning faoliyatini tashkil qiladi. To‘garakning ish rejalari har o‘quv yili boshida kafedra majlisida tasdiqlanadi. To‘garak faoliyati kafedra tomonidan nazorat qilinadi, to‘garak rahbari kafedra majlislarida muntazam hisobot berib boradi. V. Yakuniy qoidalar To‘garak faoliyati kafedra tomonidan nazorat qilinadi. To‘garak faoliyati kafedra majlisi qarori asosida qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. Download 20.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling