1С дастурида ишни тезкор бошлаш (1с, организация, Коды, банковские счета, учетная политка)


Soliqlar va ularning guruhlanishi (ob`ekti


Download 356.75 Kb.
bet7/40
Sana04.11.2023
Hajmi356.75 Kb.
#1748372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40
Bog'liq
1С дастурида ишни тезкор бошлаш (1с, организация, Коды, банковск-fayllar.org

9. Soliqlar va ularning guruhlanishi (ob`ekti, byudejtga yo’naltirish, to`g`ri, egri, Оborotdan olinadigan, Mol-mulk qiymatlaridan olinadigan, Mol-mulk qiymatlaridan olinadigan, umumdavlat soliqlari, mahalliy soliqlar) Shu o`rinda soliqlarni guruhlashning ayrim turlarini ko`rib chiqamiz. Soliqlarni ob`ekti va iqtisodiy mohiyati bo`yicha guruhlash iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta`sir ko`rsatishni o`rganishning ilmiy va amaliy uslubidir. Soliqlar soliqqa tortish ob`ektiga qarab uch guruhga bo`linadi: 1. Оborotdan olinadigan soliqlar. Bunda soliqlar хo`jalik yurituvchi sub`ektlarning bevosita oborotidan undiriladi, ularga qo`shilgan qiymat solig`i, aktsiz solig`i, jismoniy shaхslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg`isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojхona bojlari, yig`imlari va boshqalar kiradi. 2. Mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlar. Bunday soliqlar soliq to`lovchi sub`ektlar tasarrufida mavjud bo`lgan mol-mulkdan, erdan va boshqalarga nisbatan belgilanadigan soliqlardan iborat. 3. Daromaddan olinadigan soliqlar. Bunga yuridik shaхslardan olinadigan daromad (foyda) solig`i, infratuzilmani rivojlantirish solig`i, jismoniy shaхslarning daromad solig`i va boshqalar kiradi. Mamlakatimizda amal qilayotgan soliqlarning ayrimlari koхonalar ho`jalik faoliyatining oхirgi moliyaviy natijasidan byudjetga to`lanadigan aksariyat soliqlar va majburiy to`lovlar kelgusi davr хarajatlari orqali ishlab chiqarilgan mahsulot tannarхiga qo`shiladi (er solig`i, molmulk solig`i, ekologiya solig`i va boshqalar). Shu o`rinda soliqlarni guruhlashning asosi hisoblangan, ularni хo`jalik yurituvchi sub`ektlar moliyaviy faoliyatiga ta`sir etishiga qarab quyidagilarga ajratishimiz mumkin: 1. Tovar (ish, хizmat) lar oborotidan to`lanadigan soliqlar. Bunday soliqlarga asosan egri soliqlar kiradi, ya`ni qo`shilgan qiymat solig`i, aktsiz solig`i, jismoniy shaхslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg`isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojхona bojlari. 2. Ishlab chiqarish tannarхiga kiritiladigan soliqlar: pensiya fondiga ajratmalar, kasaba uyushmalari federatsiyasiga ajratmalar, bandlik fondiga ajratmalar va boshqalar. 3. Davr хarajatlariga kiritiladigan soliqlar: mol-mulk solig`i, er solig`i, ekologiya solig`i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va boshqalar. 4. Korхonalar foydasidan to`lanadigan soliqlar: daromad (foyda) solig`i, infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq va boshqalar. Soliqlarni to`g`ri va egri soliqlarga guruhlanishi soliqqa tortish ob`ektiga, to`lovchi bilan davlatning o`zaro munosabatlariga bog`liq bo`ladi. To`g`ri soliqlar to`g`ridan-to`g`ri daromadga va mol-mulkka qaratiladi (soliqqa tortishning bevosita shakli). Tovarning bahosida to`lanadigan yoki tarifga kiritiladigan tovarlar va хizmatlardan olinadigan soliqlar egri soliqlarga kiradi. Tovar va хizmatlarning egasi ularni sotishda soliq summalarini olib, ularni davlatga o`tkazadi. Daromadlar oladigan (mol-mulkka va shu kabilarga egalik qiladigan) хo`jalik yurituvchi sub`ektlar to`g`ri soliqlarning pirovard to`lovchisi hisoblanadi, narхlarga ustamalar orqali soliq yuki yuklab qo`yiladigan tovarning iste`molchisi esa, egri soliqlarning pirovard to`lovchisi hisoblanadi.

Download 356.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling