1С дастурида ишни тезкор бошлаш (1с, организация, Коды, банковские счета, учетная политка)
Aylanmadan olinadigan soliq to‘lovni hisoblash
Download 356.75 Kb.
|
1С дастурида ишни тезкор бошлаш (1с, организация, Коды, банковск-fayllar.org
10. Aylanmadan olinadigan soliq to‘lovni hisoblash va hisobga olish tartibi. (soliq to’lovchilar, soliq bazasi, Soliq solish obyekti) Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) deb quyidagilar eʼtirof etiladi: 1) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi bir milliard soʻmdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari (bundan buyon ushbu boʻlimda yuridik shaxslar deb yuritiladi); 2) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million soʻmdan oshgan, lekin bir milliard soʻmgacha boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar. 463-modda. Soliq solish obyekti (1-q.) Ushbu Kodeksning 43-bobiga muvofiq aniqlanadigan jami daromad soliq solish obyektidir, bundan ushbu Kodeksning 304-moddasiga muvofiq, ushbu moddada nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda soliq solish chogʻida inobatga olinmaydigan daromadlar mustasno. (2-q.) Soliq solish maqsadida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad deganda quyidagilar tushuniladi: qurilish, qurilish-montaj, taʼmirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun - oʻz kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilishmontaj, taʼmirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. Bunda, agar yuqorida qayd etilgan xizmatlarni materiallar bilan taʼminlash majburiyati shartnomaga binoan buyurtmachining zimmasida boʻlsa, ushbu materiallarga boʻlgan mulk huquqi buyurtmachining oʻzida saqlanib qolgan taqdirda, oʻz kuchlari bilan bajarilgan xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar bajarilgan hamda tasdiqlangan xizmatlarning buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilmagan holdagi daromadi sifatida belgilanadi; mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) beruvchi yuridik shaxslar uchun - moliyaviy ijara (lizing) boʻyicha foizli daromad summasi; vositachilik va topshiriq shartnomalari hamda vositachilik xizmatlari koʻrsatishga oid boshqa shartnomalar boʻyicha vositachilik xizmatlari koʻrsatadigan yuridik shaxslar uchun - koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq summasi; tovarlarni (xizmatlarni) tekin beruvchi yuridik shaxslar uchun - agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, tovarlarning (xizmatlarning) tannarxi yoki ularni olish bahosi (tovarni olish bilan bogʻliq xarajatlarni hisobga olgan holda). Mazkur norma ekologiya, sogʻlomlashtirish hamda xayriya jamgʻarmalariga, madaniyat, sogʻliqni saqlash, mehnat, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport, taʼlim muassasalariga bepul beriladigan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi. Ushbu Kodeksning 463-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan jami daromad soliq bazasi deb eʼtirof etiladi, bundan quyidagilar mustasno: 1) Oʻzbekiston Respublikasining davlat obligatsiyalari va boshqa davlat qimmatli qogʻozlari boʻyicha daromadlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslarning xalqaro obligatsiyalari boʻyicha daromadlar; 2) soliq agentida soliq solinishi lozim boʻlgan dividendlar; 3) qaytariladigan koʻp marta aylanadigan tara qiymati, agar uning qiymati ilgari tovarlarni (xizmatlarni) sotishdan olinadigan daromadga kiritilgan boʻlsa; 4) amortizatsiya qilinadigan aktivlarni tugatishda ularni qoʻshimcha baholashda olingan, oldingi narxni tushirishlardagi summadan ortiqcha summa hisobidan olingan daromadlar; 5) hisobot yilida aniqlangan oʻtgan yillardagi daromadlar. Mazkur daromadlarga ular shakllangan davrdagi qonunchilikka muvofiq soliqlar boʻyicha qayta hisob-kitob oʻtkazilganligi inobatga olingan holda soliq solinadi; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 6) tovarlarni (xizmatlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. T/r Soliq to‘lovchilar Soliq stavkalari, foizlarda 1. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi soliq to‘lovchilar, bundan 2 — 6- bandlarda nazarda tutilganlar mustasno 4 2. Chakana savdo sohasidagi soliq to‘lovchilar 2.1. joylashgan joyiga qarab: aholisi soni yuz ming nafar va undan ko‘p kishidan iborat shaharlarda 4 boshqa aholi punktlarida 2 borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda 1 2.2. joylashgan joyidan qat’i nazar, tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tovar aylanmasi bo‘yicha 4 3. Quyidagi joylarda joylashgan ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari: aholisi soni yuz ming nafar va undan ko‘p kishidan iborat shaharlarda 3 boshqa aholi punktlarida 2 borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda 1 4. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib oluvchi, saralovchi, saqlovchi va qadoqlovchi tayyorlov tashkilotlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tovar aylanmasining 4 yoki yalpi daromadning 25 5. Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar (ushbu Kodeks 337- moddasining beshinchi qismida belgilangan qoidalarni inobatga olgan holda) 2 6. Yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamg‘armasi va 0 “O‘zbekiston Chernobilchilari” assotsiatsiyasi bo‘lgan, umumiy sonida nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va 1941 — 1945- yillardagi mehnat fronti veteranlari 50 foizdan kam bo‘lmagan va nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va 1941 — 1945- yillardagi mehnat fronti veteranlarining mehnatiga haq to‘lash fondi umumiy mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizidan kam bo‘lmagan soliq to‘lovchilar
Download 356.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling