1С дастурида ишни тезкор бошлаш (1с, организация, Коды, банковские счета, учетная политка)
Aylanmadan olinadigan soliq to‘lovi (Soliq
Download 99.69 Kb.
|
New Microsoft Word Document
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha
11. Aylanmadan olinadigan soliq to‘lovi (Soliq davri. Hisobot davri, soliq hisobotlarini taqdim etish,soliq stavkalari) 469-modda. Soliq davri. Hisobot davri (1-q.) Kalendar yil soliq davridir. (2-q.) Bir oy hisobot davridir. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 470-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi (1-q.) Agar ushbu Kodeksning 470-1-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha soliq summasi soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil ravishda aniqlanadi. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (2-q.) Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, hisobot davri yakunlari boʻyicha soliq summasi soliq davri boshidan ortib boruvchi yakun bilan soliq bazasining mos soliq stavkasiga foiz ulushi sifatida hisoblab chiqariladi. (3-q.) Soliq hisoboti soliq toʻlovchi tomonidan soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi: 1) hisobot davri yakunlari boʻyicha - hisobot davridan keyingi oyning oʻn beshinchi kunidan kechiktirmay; 2) soliq davri yakunlari boʻyicha - soliq davridan keyingi davrning 15-fevralidan kechiktirmay. 12. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq (Soliq davri, Hisobot davri, soliq stavkalari,) Soliq to‘lovchilar qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashni tanlashga haqli. Soliqni qat’iy belgilangan summada to‘lovchi soliq to‘lovchilar uchun soliq stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilanadi: T/r Soliq to‘lovchilar Bir yillik soliq stavkalari (mln so‘mda) 1. Jami daromadi besh yuz million so‘mdan oshmagan soliq to‘lovchilar 20 2. Jami daromadi besh yuz million so‘mdan yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilar 30 Qat’iy belgilangan summadagi soliq stavkasi bo‘yicha soliq to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari Soliq to‘lovchilar qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashga o‘tish to‘g‘risida o‘zi soliq hisobida turgan joydagi soliq organini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda keyingi oy boshlanguniga qadar o‘n kundan kechiktirmay xabardor qiladi. Yangi tashkil etilgan soliq to‘lovchilar davlat ro‘yxatidan o‘tish chog‘ida qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashni tanlashga haqli. 3.Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq. Qat’iy belgilangan miqdorlardagi soliq stavkalari T/r Faoliyat turi Bir oylik soliq stavkalari (so‘mda) Toshkent shahri Nukus shahri va viloyat markazlari bo‘lgan shaharlar boshqa shaharlar boshqa aholi punktlari 1. Chakana savdo: oziq-ovqat tovarlari va nooziq-ovqat tovarlari bilan 825 000 660 000 330 000 220 000 dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan 275 000 165 000 110 000 55 000 gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan 275 000 165 000 110 000 55 000 2. Maishiy xizmatlar 275 000 165 000 110 000 55 000 3. Boshqa faoliyat turlari 250 000 165 000 110 000 55 000 4. Avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari: 3 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari 165 000 uchun 3 tonnadan ortiq yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun 250 000 Soliq to‘lovchi: bir nechta faoliyat turi bilan shug‘ullanganida, har bir faoliyat turi uchun alohida-alohida qat’iy belgilangan miqdordagi soliqni to‘laydi, faoliyat bilan ikki va undan ortiq aholi punktlarida shug‘ullanganida esa, ushbu aholi punktlari uchun o‘rnatilgan yuqori stavkada soliq to‘lanadi; tadbirkorlik faoliyatini ijaraga olingan uskunalarda va binoda amalga oshirgan taqdirda, yashash joyidagi soliq organiga ijaraga beruvchi to‘g‘risida ma’lumotnoma (axborot) taqdim etishga majbur; I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs hisoblanganida faoliyat turidan va uni amalga oshirish joyidan qat’i nazar, oyiga qat’iy belgilangan miqdordagi soliqning 50 foizini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘laydi; “Hunarmand” uyushmasi a’zosi bo‘lgan va hunarmandchilik mahsulotlarini (tovarlarini, xizmatlarini) ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilishni amalga oshirganida qat’iy belgilangan miqdordagi soliqni to‘lashdan ozod etiladi; bolalar o‘yin avtomatlari bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatsa, har bir jihozlangan joy (birlik) uchun qat’iy belgilangan miqdordagi soliqni to‘laydi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olingan daromadlariga ushbu Kodeksning 381-moddasi birinchi qismida belgilangan stavkada soliq solinadi. Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan miqdordagi soliq summalariga faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlariga, shuningdek faoliyat amalga oshiriladigan turlarining mavsumiyligi qarab 0,7 dan 1,3 gacha kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilashga haqli. Soliq davri. Hisobot davri Kalendar yil soliq davridir. Soliq agentlari uchun hisobot davri bir oydir.
Download 99.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling