1savol: ta'limda kredit nma
-sinf matematika kursi mazmuni
Download 194.6 Kb.
|
1savol ta\'limda kredit nma-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 49. 2-sinf matematika kursi mazmuni.
48. 1-sinf matematika kursi mazmuni.1-sinf matematika kursi 5 bòlimni o‘z ichiga oladi. I bòlim. 1dan 10 gacha bòlgan sonlar ustida qòshish ayirish amallari kòrib òtiladi. Bu bòlimda narsalar va ularning xossalari, narsalarni taqqoslash, joylashuvi, xossalari bòyicha tòplamlarga ajratish, tòplamlarbi taqqoslash, 1 dan 10gacha bòlgan sonlarni taqqoslash, sanash kabilar hamda "katta" "kichik" "teng" "teng emas" tushunchalari òrganiladi. Vaqt tasavvurlari, juft va toq sonlar, nuqta,kesma, siniq chiziq,egrichiziq, nur kabilar òrganiladi. Shular b.n bir qatorda bir nechta tayoqchalardan har xil shakllar tuzish, juft rasmlardagi farqlarni topish, sodda rasmlar ketma-ketligini davom ettirish yoki begona rasmni topishlar kòrib òtiladi.II bòlim.Bu bòlimda 11dan 20gacha bòlgan sonlarning atalishi, ònlik tarkibi,qavslar, sonlarni ònlikdan òtib qòshish va ayirish , qòshish va ayirish jadvallari, uzunlik va uning birligi, santimetr, chizĝich bilan ishlash, kesmaning uzunligini òlchash va taqqoslash kabbilar òrganib òtiladi.III bòlim.21dan 100 gacha sonlarni òqish va yozish, yuzgacha bòlgan sonlarni taqqoslash, 100 ichida qòshish va ayirish, 100 dan bir va ikki xonali sonni ayirish, sonli ketma ketliklarni davom ettirish, matnli masalalar, oshirish va kamaytirish,sonli ifodalar, tarkibli masalalar organiladi.IV bòlim.Bu bòlimda geometrik shakllar va kattaliklar òrganib òtiladi. Yani, burchak turlari, uchburchaklar va tòrtburchaklar, kopburchaklar, uzunlik birliklari,aylana va doira , simmetriya, qismlardan butunni- butundan bòlaklarni hosil qilish, turli shakllar yasash, sodda fazovish shakllar, massa va siĝim òlchov birligi kabilar òrganiladi.Oxirgi bòlim yani 5- bòlimdaMa‘lumotlar bilan ishlash kòrib òtiladi. Jadvallar, mabtiqiy tushunchalar sonlar va rasmlar ketma ketligiga doir masalalar òrganiladi
49. 2-sinf matematika kursi mazmuni.2-sinfda birinchi navbatda 1-sinfda òtilganlarni takrorlash mavzulari olib boriladi. Undan sòng 2-sinfning 8 ta bòlimi kòrib òtiladi. I bòlim . Yuz ichida sonlarni qòshishBu bòlimda sonlar nuri tushunchasi, ikki xonali sonlar, yuz ichida sonlarni xonadan òtib qòshish usullari, ustun shaklida qòshish, qo‘shishga doir tarkibli masalalarII bòlim. Yuz ichida sonlarni ayirishYuz ichida sonlarni xonadan òtib ayirish usullari, sonlarni ayirishning ustun shakllari, ayirishga doir tarkibli masalalar, qòshish va ayirish amali natijalarini tekshirish, qòshish va ayirishga doir misol masalalar, sonlar va shakllar ketma ketligini mantiqiy davom ettirish III bòlim. Geometrik shakllar Yassi geometrik shakllar, sodda geeometrik shakllardan murakkab shakkllar hosil qilish, kvadrat va tòĝri tòrtburchak, kòpburchak va uning perimetri, fazoviy geometrik shakllar.IV bòlim. Sonlarni kòpaytirish.Teng qoshiluvchilar yigindisi, kòpaytirish amali va uning manosi, 2 sonini bir xonali songa kòpaytirish, boshqa sonlarni ham bir xonali songa kopaytirish, 0 ga 1 ga va 1o ga kopaytirish, bir xonali sonlarning kòpaytirish jadvali, kòpaytirishga doir tarkibli masalalar. V bòlim. Sonlarni bòlish.Teng qismlarga bòlish,sonlarni bòlish, sonni 2 ga bòlish, kòpaytirish va bòlishga doir sodda masalalar sonlarni turli sonlarga bòlish, kòpaytirish va bòlishga doir masalalar. Kòpaytirish va bòlish natijalarini tekshirish, bòlishga doir tarkibli masalalar, 1 va 10ga bòlish, uzunlik òlchov birligi millimetr, tòĝri tòrtburchak va kvadratning yuzi, katakli daftarga chizilgan shakllar yuzi.VI bòlim. Sonli va harfli ifodalar va tenglamalar.Sonli ifodalar, qavsli va qavssiz sonli ifodalar, harfli ifodalar, komponentlar orasidagi boĝlanishlar, tenglama va uni yechishning tanlash usuliVII bolim. Ulushlar.Aylana va doira sirkul, sonning ulishi va ularni so‘zlar yordamida ifodalash, bòlaklari bòyicha shaklni yasash va bòlaklarga ajratish, vaqt va vaqt birliklari.VIII bòlim. Ma‘lumotlar bilan ishlash va vaqt.Jadvallar, ma‘lumotlarni jadval kòrinishida ifodalash, jadvalga doir masalalar yechish, kundalik hayotda uchraydigan joylarni koordinatalarda ifodalash.Va yil davomida òtilganlarni takrorlash darslari òtib boriladi. Download 194.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling