1savol: ta'limda kredit nma
O’zbek tilining tovush tizimi va yozuvi haqida ma’lumot bering? (K.Qosimova va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent – 2009. 20-22-betlar)
Download 194.6 Kb.
|
1savol ta\'limda kredit nma-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21.Oʻqish va yozish jarayonining psixofiziologik tavsifi.
20.O’zbek tilining tovush tizimi va yozuvi haqida ma’lumot bering? (K.Qosimova va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent – 2009. 20-22-betlar)O'zbek tilining tovush tizimi va yozuvi. O'zbek tili yozuvi fonematik yozuv hisoblanadi. 1993-yil 2-sentabrdagi ,,Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida"gi qonunga muvofiq o'zbek tili yozuvi uchun lotin grafikasi asos qilib olindi. Nutqning har bir tovushi uchun unga mos grafik shakl qabul qilindi.O'qituvchi savod o'rgatish jarayonida o'quvchilarni tovush va harflar bilan tanishtirishda, ularni sintezlab o'qishga o'rgatishda o'zbek tilining fonetik xususiyatlarini hisobga olishi zarur.Savod o'rgatish analitik-sintetik tovush metodiga asosan olib boriladi. So'z bo'g'inga bo'linadi, bo'g'indan kerakli — o'rganilayotgan tovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi, o'rganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butun o'qish jarayoni o'zlashtiriladi. Bunda o'zbek tili grafik tizimi, tovushlarni yozuvda belgilash xusu-siyatlari hisobga olinadi. Savod o'rgatishda o'zbek tili grafik tizimining quyidagi xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega:1. Savod o'rgatishda tovush-harf bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi. Hozirgi o'zbek tilida 6 ta unli fonema mavjud: a, o, i, e, u, o`.E harfi so'z va bo'g'in boshida qo'llanadi (ekin, echki, aeroplan), undoshdan keyin o'rta keng lablanmagan unli tarzida o'qiladi (kel, tez). Savod o'rgatishda oldin so'z boshida keladigan e, so'ngra undoshdan ki-yin keladigan e tovush-harfi bilan tanishtiriladi.
21.Oʻqish va yozish jarayonining psixofiziologik tavsifi.Oʻqish ham, yozish ham murakkab nutq faoliyati hisoblanadi.Bu jarayonlar kichik yoshdagi oʻquvchilar iroda,aql,hatto jismoniy harakatlar ni ham talab qiladi.Kichik yoshdagi oʻquvchini oʻqishga oʻrgatishga quyidagilar kuzatiladi:1.Bola oʻqish paytida bitta harfni koʻradi,uni bilish uchun rasmlarni koʻz oldiga keltiradi, rasmlarni yoki boshqa harflarni eslaydi,esga tushurgach,uni aytishga oshiqadi,biroq oʻqituvchi aytishga yoʻl qoʻymaydi,undan binni aytishni talab qiladi,oʻquvchi 2-harfni eslaguncha 1-si esdan chiqadi yoki ularni qoʻshib boʻgʻin , boʻgʻindan soʻz hosil qilguncha oʻqish jarayoni sustlashadi2.Koʻpincha bola oʻqiyotgan qatorni yoʻqotadi,harfni,boʻgʻinni , soʻzni qayta oʻqishga toʻgʻri keladi.Oʻquvchining diqqati kengaygan sari boʻgʻin va soʻzni butunligicha idrok etadi.3.Oʻqishni endi oʻrganayotgan bola oʻqiyotgan matn mazmunini oʻzgartirmaydi, chunki u soʻzni qanday oʻqishga koʻp kuch beradi.Darslikdagi rasmlar oʻqituvchining savollari koʻrgazmali qurollar ularning ongli oʻqishini taʼminlaydi.4.Tajribasiz kitobxon soʻzni birinchi boʻgʻinidan yoki rasmga qarab topadi.Bu xato oʻqishga olib keladi.Bunday xatoning oldini olish uchun soʻz bilan oʻqitiladi,soʻzni boʻgʻin tovush tomonidan tahlil qilishga,tovush -harf tomonidan analiz va sintez qilishga diqqat qaratiladi.Oʻqishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun oʻquvchilarning idroki ,xotirasi, tafakkuri va nutqini oʻstirishga katta eʼtibor beriladi.Savod oʻrgatishgafonematik eshitish qobiliyatlarini oʻstirishga,yaʼni tovushni aniq talaffuz qilishga,boshqa tovushlardan farqlashga oʻrgatish,boʻgʻin yoki soʻzdan oʻsha soʻzni ajratish koʻnikmasini oʻstirish muhim sanaladi.Fonematik eshitish imloviy malakaning hosil qilishning muhim sharti.Yozuv jarayonida oʻquvchilar ruchkani toʻgʻri ushlashni daftarni toʻgʻri qoʻyishni,harfni yozilda yozuv chiziqlari, ular boʻylab qoʻlni harakatlantirishni esda saqlash, harfni harfga qanday ulash, qatorga sigʻish sigʻmasligaini moʻljallashi lozim. Download 194.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling