1savol: ta'limda kredit nma


Tovush murakkab tushuncha bo'lgani uchun boshlang'ich sinflarda unga ta ’rif berilmaydi


Download 194.6 Kb.
bet54/57
Sana11.11.2023
Hajmi194.6 Kb.
#1767037
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
1savol ta\'limda kredit nma-fayllar.org

38.Tovush murakkab tushuncha bo'lgani uchun boshlang'ich sinflarda unga ta ’rif berilmaydi. Shunga qaramay, bolalarda tovush haqida to'g'ri ilmiy tasaw ur amaliy mashqlar yordamida hosil qilinadi. Bunda yetakchi usul so'zdagi tovushlarning talaffuzi hamda so'zning leksik m a’nosi so'zdagi tovushlarning tarkibiga bog'liqligi ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan, aka, uka, opa, ona, ola, kul, gul, qora, qara kabi bir unli yoki bir undosh bilan farqlanadigan so'zlar har xil lug'aviy m a’noni ifodalaydi. So'zning tovush tarkibi ustida ishlash savod o'rgatish davridanoq boshlanadi. Bolalar bu davrda talaffuz qilingan yoki eshitilgan so'z tovushlardan tuzilishini bilib oladilar. Ular so'zni tovush tom onidan tahlil qilishga o'rganadilar, ya’ni so'zni bo'g'inlarga bo'ladilar, so'zdagitovushlami tartibi bilan aytadilar. Bunda tovush tom ondan tahlilni harf tom ondan tahlil bilan aralashtirmaslikka alohida aham iyat beriladi. So'zning tovush tarkibini to ‘g‘ri tasaw ur etish undagi harflarni tushirib qoldirmay yoki o ‘rnini alm ashtirm ay yozish malakasini shakllantirish uchun ham , so‘zni to ‘g‘ri talaffuz qilish uchun ham katta ahamiyatga ega. Shuning uchun savod o'rgatishdan so'ng ham so'zni tovush tom ondan tahlil qilish mashqlari yordamida so'zdagi tovushlar tarkibini aniqlash ko'nikmasini takomillashtirish ustida ishlab borish zarur. M a’lumki, nutq tovushlari ikki katta guruhga bo'linadi: unli tovushlar va undosh tovushlar. Buni o'quvchilarga tushuntirishda ularning quyidagi belgilari hisobga olinadi: 1) talaffuz qilinish usuli (unli tovush talaffuz qilinganda havo oqimi og'iz bo'shlig'idan erkin ravishda o'tadi, undosh tovush talaffuz qilinganda, havo og'iz bo'shlig'ida to'siqqa uchraydi); 2) ovoz va shovqinning ishtiroki (unli tovushlar faqat ovozdan iborat, undosh tovushlar talaffuz qilinganda shovqin eshitiladi, ba’zan shovqin va qisman ovoz eshitiladi); 3) bo'g'in hosil qilish xususiyati (unli tovushlar bo'g'in hosil qiladi, undosh tovushlar bo'g'in hosil qilmaydi). O'quvchilar bu belgilarni yodlab olishlariga yo'l qo'ymaslik, aksincha, 1-sinfdanoq bolalarda tovushni talaffuz qilganda, ovoz yoki shovqin eshitilganda nutq a’zolarining vaziyatini kuzatish ko'nikmasini o'stirib borish lozim. Bunday kuzatishlar 4-sinfda davom ettiriladi va umumlashtiriladi. Tovushlam i o'zlashtirishga bunday yondashish, unli va undosh tovushlam i puxta o'zlashtirishga im kon berishi bilan birga, o'quvchilam ing aqliy qobiliyatini o'stirish vazifasini ham bajaradi; xususan, bolalar kuzatilgan hodisaning bir necha belgilarini taqqoslashga, umumlashtirishga o'rganadilar
39.«Ona tili o‘qitish metodikasi fanning boshqa fanlar bilan aloqasi. «Ona tili o‘qitish metodikasi» fani falsafa, tilshunoslik siklidagi fanlar, didaktika, ruxshunoslik bilan uzviy bog‘liqdir. Demak, maktabda «Ona tili» o‘quv fanidan dars beriladigan etuk mutaxassis bo‘lishi uchun u shu fanlarni po‘xta bilishi zarur.«Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining falsafa bilan aloqadorligi. «Ona tili o‘qitish metodikasi» xususiy pedagogik sikldagi fan bo‘lganligi uchun ham, ijtimoiy fanlar guruxiga kiradi va ijtimoiy fanlarning asosini tashkil etadigan falsafa bilan chambarchas bog‘langan. Mazkur fanning falsafa bilan aloqadorligi ona tilining maqsad va vazifalarini tushunishingizga, bu fanning ta’lim mazmunini to‘g‘ri belgilashingizga, o‘quvchi faoliyatini to‘g‘ri uyushtirishingizga, o‘qitishning eng samarali metod, vosita va usullarini tanlashingizga, faoliyat mahsulini nazorat qilishingizga yordamlashadi.O‘quvchiga o‘z ona tilini o‘rgatish tafakkur bilan chambarchas bog‘langan. Chunki til hodisalarining o‘quvchi ongida voqealanishi tafakkur orqali yuzaga chiqadi. Til tafakkurning aloqadorligi ona tili darslarida ijodiy tafakkur sohibini tarbiyalash muammosini hal qilishga ko‘maklashadi.Ma’lumki, falsafada har bir umumiy tushuncha yakka, juz’iy tushunchalar yig‘indisidan tashkil topadi, degan qoida mavjud. Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchi faoliyatini tashkil etishda ham biz xuddi shu qoidaga asoslanamiz. Muayyan bo‘laklarga ajratilgan til hodisalarini kuzatish, ularning birini ikkinchisi bilan taqqoslash orqali o‘quvchi umumiy ta’rif, qoida va xulosalarga keladi.Falsafa fikrlash va rivojlanishni o‘zaro uyg‘unlikda qaraydi. Sharqning buyuk enseklopedist olimlari (Abu Rayxon Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Umar Hayyom, Abu Ali ibn Sino v.b.) rivojlantirishni fikrlashning mahsuli deb biladilar. Masalan, Umar Hayyom o‘zining «Matematik traktatlari»da «Ozgina o‘yla, o‘zing topasan», «Ozgina fikrla, bilib olasan» singari xitoblari orqali ma’lumdan noma’lumga borish g‘oyasini ilgari surgan.Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining tilshunoslik fanlari bilan aloqasi. «Ona tili o‘qitish metodikasi» garchand pedagogik sikldagi fan sanalsa-da, ammo uning ilmiy asosini tilshunoslik fanlari tashkil etadi. Til ilmi sohasida qo‘lga kiritilgan har bir ilmiy yutuq, shubhasiz, maktab ona tili kursining mazmuniga ta’sir ko‘rsatadi: zaruriyat tug‘ilganda uni yangilash yuzaga keltiradi. Ayni vaqtda shuni ham unutmaslik lozimki, tilshunoslikda fan erishgan barcha yutuqlarni umumiy o‘rta maktab o‘quvchisiga o‘rgatishning iloji yo‘q hamda bunga extiyoj ham sezilmaydi. Modomiki, shunday ekan, «Ona tili o‘qitish metodikasi» fani ana shu til ilmi sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlardan nimani ajratib olib o‘quvchiga o‘qitish lozimligini ham hal qiladi

Download 194.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling