1savol: ta'limda kredit nma


-savol. Savod õrgatish davrida õquvchilar nutqini õstirish haqida malumot bering


Download 94.24 Kb.
bet47/56
Sana17.02.2023
Hajmi94.24 Kb.
#1206393
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56
Bog'liq
Metodika

27-savol. Savod õrgatish davrida õquvchilar nutqini õstirish haqida malumot bering Ta'limning yangi mazmuni o’quvchilarning har tomonlama kamol topishga, ularni faollashtirishga qaratilgandir. Ayniqsa, bolalarni xat-savodga o’rgatish,luq’atni boyitish nutqlarni rivojlantirish orqali boshqa o’quv fanlarini o’zlashtirishga erishmoq lozim. Xat savod o’rgatish ta'limning muhim bosqichi bo’lib, bu davrda o’quvchilarga to’g’ri o’qish, chiroyli yozish hamda o’qiganlarni so’zlab berish o’rgatiladi. Nutqni gaplarga gapni so’zlarga so’zni bo’qinlarga ajratish tovushlarni eshitib va talaffuz qilib bir-biridan farqlash so’zda tovushlarning birin-kеtinligiga e'tibor berishni ham bilib olishlari ta'minlanadi. Bolalarning nutqni o’stirishda kеsma harflar bilan ishlashga o’rgatish alohida ahamiyat kasb etadi. Ular yordamida bolalar boq’inlar tuzishga tеz o’rganadilar. Ochiq va yopiq bo’q’inlarni turli ko’rinishdan to’zilgan gaplar tuzishni ham mashq qiladilar. Kichik matnlarni ovoz chiharib bo’g’inlab ongli to’g’ri va ravon o’qishda o’rganadilar. Bu davrda bolalarni sidirqa ya'ni so’zlarni bo’g’inlab o’qishlariga aloqida ahamiyat berish lozim. Bola avval ichida bo’g’inlab o’qish so’ng ovoz chiharib so’zni butunicha aytish o’qish yozuv bilan uzviy boq’lab olib boriladi. Bu usul bolalarning oqzaki va yozma nutqning baravar rivojlantirishga yordam bеradi. O’qish darslarida o’quvchilar so’zdagi harflarni bir-biriga boq’lab yozish so’z va gaplarni kichik hamda bosh harflarni alifbе kitobida bеrilgan tartibda yozishga o’rgatiladi. Xat savod o’rgatish davrida bolalarni bosma harflar bilan yozma harflarning o’xshash tomonlarini farqlab bosma harflarni yozma ravishda ko’chirib yozishga ham o’rgatish foydalidir. Chunki ular ko’pincha bosma harflarni aralaShtirib yozib qo’yadilar.Shunday paytda ular e'tiborini yozuv namunalariga jalb qilish, yozuvlarini to’g’ri va chiroyli bo’lishiga erishmoq lozim.Bolalarning oq’zaki nutqini rivojlantirish ishlari ham bu davrning asosiy vazifalaridan biridir.
28-savol. Savod õrgatish jarayonida yozuvga õrgatish haqida malumot bering. Savod o’rgatish jarayonida o’quvchilar o’qishga o’rganish bilan parallel ravishda yozuvdan ham elementar malaka hosil qiladilar. Dasturga muvofiq o’quvchilar yozuvdan quyidagi malakalarni egallashlari lozim:Partada to’g’ri o’tirish, daftarni to’g’ri qo’yish, chiziqlarni chamalash, yozayotganda ruchkadan to’g’ri foydalanish, hoshiyaga rioya qilish.Ish daftari yoki alifbe asosida o’zbek alifbosidagi barcha katta va kichik harflarni yozish, shuningdek, harflarni so’zda bir-biriga bog’lab yoza olish: bosma matnni yozma matnga aylantirib yozish.Tahlil qilingan so’z va ikki-uch so’zli gaplarni o’qituvchi yordamida yozish.Talaffuzi bilan yozilishida farq qilmaydigan so’zlarni ko’chirib yozish va diktovka bilan yozish: yozganlarini matnga qarab, izohlab o’qish bilan tekshirish.Og’zaki tuzilgan hikoyadan olingan gapni yozish.Analitik-sintetik tovush metodi tamoyiliga muvofiq, o’qish va yozuv birligi saqlanadi. Harflarni yozishda o’qishga o’rgatishdagi tarkib asos qilib olinadi, ya’ni o’qish darsida o’quvchilar harfni o’zlashtiradilar, matnni o’qiydilar, yozuv darsida esa shu harfli so’zni yozadilar.YOzuvga o’rgatish, birinchi navbatda, grafik malaka hosil qilishdir. Har bir malaka ham ta’lim berish, ko’nikmani shakllantirish va shu asosda qator mashqlarni bajarish natijasida hosil qilinadi.Grafik malaka, birinchidan, qo’l-harakat malakasidir, bu harakat birinchi qarashda muskul kuchiga asoslanadi. Ikkinchidan, yozuv jarayonida nutqning o’zlashtirilgan birligi bo’lgan tovush grafik belgilarga, ya’ni harfga tarjima qilinadi. Bu yozuvga ongli faoliyat tusini beradi. YOzuvning ongliligi, birinchidan, tovush va harfning to’g’ri nisbatini, ikkinchidan, bir qancha grafik va orfografik qoidalarga rioya qilishni, uchinchidan, o’z fikrini, taassurotini ifodalashda yozuv malakalaridan foydalanishni talab qiladi.YOzishdan birdan bir maqsad fikrni ifodalashda yozuv malakalaridan foydalanish hisoblanadi. Bu maqsadni bolalar qanchalik tez anglab etsalar, ularda yozma nutq malakasi shunchalik muvaffaqiyatli va to’g’ri shakllanadi. Savod o’rgatish jarayonida bolalar juda sekin yozadilar, o’z fikrini, hatto bir so’z bilan yozma ifodalash uchun ham yarim oylar o’tadi.

Download 94.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling