1.”Sog’lomlik” tushunchasi haqida. Sog’lom turmush tarzi komponentlari


Download 52.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana05.01.2022
Hajmi52.67 Kb.
#204761
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-amaliy topshiriq

4.Baxtsiz hodisalarni oldini olish.

Baxtsiz hodisa - turli tabiiy ofat, avariya va boshqa koʻngilsiz hodisalar oqibatida 

badanga shikast yetish, mayib boʻlish yoki oʻlish hollari. Oʻzbekiston Respublikasi 

qonunlarida korxonalar, qurilish, transport, konlar va bosh joylarda xavfsizlik 

qoidalari buzilishiga yoʻl qoʻyib, Baxtsiz hodisalarga sababchi boʻlgan shaxslarga 

nisbatan tegishli jazo choralari belgilangan. Jumladan, radioaktiv materiallar va 

yadro qurilmalaridan foydapanish qoidalarini buzish, shu materiallarni konunga 

xilof tarzda ishlatish, tadqiqot ishlarini bajarishda, togʻ kon, qurilish yoki portlatish 

ishlarida xavfsizlik, mehnatni muhofaza etish, yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish 

hollari, transport harakati va vositalaridan foydalanish xavfsizligiga zid ravishda 

jinoyatlar sodir etilgani uchun Oʻzbekiston Respublikasi JKda tegishli jazo choralari 

koʻzda tutilgan. Jumladan, xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni 

muhofaza qilishga oid boshqa qoidalarning ular ijrosi uchun masʼul shaxslar 

tomonidan buzylishi oʻrtacha ogʻir yoki tan jarohati yetkazilishiga sabab boʻlsa, 

eng kam ish haqining 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 5 

yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari 

yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan, oʻsha qilmish odam oʻlishiga va 

boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, muayyan huquqdan va 5 

yilgacha ozodlikdan mahrum kilish bilan jazolanadi (257-modda). Transport 

vositasidan foydalanish uchun masʼul shaxsning Mast holatda yoki giyohvandlik 

vositalari, psixotrop moddalar yoki aql-idrokka taʼsir koʻrsatuvchi boshqa 

moddalar taʼsiri ostida boʻlgan shaxsning transport vositasini boshqarishiga yoʻl 

qoʻyishi badanga ogʻir shikast yetkazilishiga yoxud odam oʻlishiga sabab boʻlsa, 

oʻsha masʼul shaxs eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda jarima 

toʻlaydi yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan va 3 

yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi (261-modda). Transport vositalari harakati 

yoki ulardan foydalanish xavfsizligi koidalarining transport vositasini boshqaruvchi 

shaxs tomonidan buzilishi badanga oʻrtacha yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab 

boʻlsa, eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 



yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan, oʻsha qilmish odam oʻlishiga sabab boʻlsa, 

muayyan huquqdan va 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan, oʻsha qilmish 

odamlar oʻlimiga, xdlokatga va boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, muayyan 

huquqdan va 10 yilagacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi (266-



modda).

Download 52.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling