1.”Sog’lomlik” tushunchasi haqida. Sog’lom turmush tarzi komponentlari


Individual profilaktika shaxs salomatligining asosidir


Download 52.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana05.01.2022
Hajmi52.67 Kb.
#204761
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-amaliy topshiriq

3.Individual profilaktika shaxs salomatligining asosidir.

Profilaktika (yun. profi laktikos saklovchi, oldini oluvchi) — odamlarning uzoq umr 

kurishi, ishlash krbiliyatini saqlab qolishi, aholining jismoniy rivojlanishini 

yaxshilash. kasalliklarning yuzaga kelishi va tarqalishini oldini olish hamda 

salomatlikni himoya qilishga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, gigiyenik va tibbiy 

chora-tadbirlar majmui. P. jamoat tashkilotlari va alohida fuqarolar tomonidan 

amalga oshiriladi.

P. tushunchasi va uning amaliy shakli jamiyatning tarixiy taraqqiyoti davrida 

iqtisod, davlat tuzumi va ilm-fanning rivojlanishiga qarab oʻzgarib turgan. P. qadim 

zamondan maʼlum. Qad. tibbiyotda shaxsiy gigiyena va toʻla-toʻkis ovqatlanish 

qoidalariga amal qilish bilan kasalliklarning oldini olishga katta ahamiyat berilgan, 

lekin P. 19-asrdan boshlab ilmiy jihatdan asoslab berildi. Kasalliklarning paydo 




boʻlishi va tarqalishida tashqi muhitning ahamiyatini oʻrganish, mikrobiologiya, 

fiziologiya, immunologiya va gigiyena sohasida qoʻlga kiritilgan yutuqlar ilmiy 

P.ning tashkil topishiga imkon berdi.

Zamonaviy P. inson salomatligiga salbiy taʼsir etadigan omillarni yoʻqotishni koʻzda 

tutadigan hamda ularning jismoniy va maʼnaviy irodalarini har tomonlama 

oʻstirishni taʼminlaydigan, davlat va jamoat ahamiyatiga ega boʻlgan kompleks 

tadbirlar tizimini oʻz ichiga oladi.

Shaxsiy, jamoat, tibbiy P. farqlanadi. Shaxsiy P.ga insonning oʻz sogʻligʻini saqlashi 

va mustahkamlashiga qaratilgan choralar, yaʼni sogʻlom turmush tarziga amal 

qilish, shaxsiy gigiyena, nikoh va oila, shuningdek, kiyim-kechak, ovqatlanish 

gigiyenasi, oʻsib kelayotgan avlodni gigiyenik tar-biyalash, ratsional ishlash va dam 

olish, faol jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish kiradi.

Jamoat P.siga jamoat tashkilotlari tomonidan fuqarolarni jismoniy va maʼnaviy 

rivojlantirishni taʼminlovchi, xalq sogʻligʻiga yomon taʼsir qiluvchi omillarni 

kamaytirishga kara-tilgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, qonuniy, tarbiyaviy, sanitar-

texnik, sanitargigiyenik, epidemiologik va tibbiy chora-tadbirlar kiradi.

Tibbiy P. birlamchi va ikkilamchi boʻladi. Birlamchi tibbiy P. kasalliklarning kelib 

chiqish sabablari va rivojlanishiga qarshi qaratilgan ijtimoiy, tibbiy, gigiyenik va 

tarbiyaviy choralar; tashqi muxitning nomaqbul taʼsiriga organizmning 

chidamliligini oshirish; organizmning soglom holatini saklab qolish, unga pa-

tologik taʼsir kursatuvchi omillarning oldini olish; dispanserizatsiya oʻtkazish va 

yuqumli kasalliklarga qarshi emlashdan iborat. Ikkilamchi tibbiy P. kasalliklarni 

erta aniklash, patologik jarayonning rivojlanishi, uning asoratlari va retsidivlarining 

oldini olishga karatilgan chora-tadbirlar.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng insonlarning sogʻlom turmush tarzini 

yaxshilashga, atrof-muhitni himoya qilish, onalik va bolalikni muhofaza qilish

sportning ommala-shuvi va profilaktik tibbiyotni rivojlantirishga karatilgan 

qonunlar, dasturlar qabul qilindi.




Onalik va bolalikni muhofaza qilish tadbirlari ona va bolalar kasalliklari va 

oʻlimining keskin kamayishiga, chilla davri kasalliklarining oldini olishga, soglom 

avlod yaratilishiga yordam bermoqda. Hozirgi oldingi poliklinikalar va shifoxonalar 

oʻrniga oilaviy poliklinika va "Onalar va bolalar" markazlari tashkil etildi. Tibbiyot 

intlarida oilaviy shifokorlar tayyorlash dasturiga oʻtildi. Tugʻruqxonalar oʻrnini 

perinatal markazlar egalladi.




Download 52.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling