150. Адвокатура тушунчаси, унинг вазифаси ва адвокатлик фаолиятининг турлари
Advokatura – huquqiy institut bo‘lib, advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning mustaqil, ko‘ngilli, kasbiy birlashmalarini va xususiy advokatlik amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi alohida shaxslarni o‘z ichiga oladi 1-modda. Advokatura va uning vazifalari Advokatura — huquqiy institut bo‘lib, u advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar hamda xususiy advokatlik amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi ayrim shaxslarning mustaqil, ko‘ngilli, kasbiy birlashmalarini o‘z ichiga oladi. Advokatura O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yuridik yordam ko‘rsatadi.
5-modda. Advokatlik faoliyatining turlari Jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko‘rsatish maqsadida advokat:
➢ huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar va tushuntirishlar, qonunchilik yuzasidan og‘zaki va yozma ma’lumotnomalar beradi;
➢ huquqiy xususiyatdagi arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlarni tuzadi;
➢ fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy ishlari hamda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sudda, boshqa davlat organlarida, jismoniy va yuridik shaxslar oldida vakillikni amalga oshiradi;
➢ jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv, dastlabki tergov bosqichida va sudda himoyachi,
➢ tadbirkorlik faoliyatiga yuridik xizmat ko‘rsatadi.
➢ hakamlik sudida va xalqaro tijorat arbitrajida (sudida) vakillikni amalga oshiradi.
➢ Advokat qonunchilikda man etilmagan boshqa turdagi yuridik yordam ham ko‘rsatishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |