1.«Суд ҳокимияти» тушунчаси


-modda. Sudyaga hurmatsizlik qilganlik uchun javobgarlik


Download 179.52 Kb.
bet2/95
Sana18.06.2023
Hajmi179.52 Kb.
#1589124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
HHHHHsud huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yn savol javoblar

65-modda. Sudyaga hurmatsizlik qilganlik uchun javobgarlik
Davlat organlari va boshqa organlar, korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar sudyalarni hurmat qilishi va ularning mustaqilligi prinsipiga rioya etishi shart.
Sudyaga hurmatsizlik qilish, xuddi shuningdek uni ochiqdan-ochiq mensimaslikdan dalolat beruvchi xatti-harakatlar qilish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
66-modda. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi
Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Muayyan ishni har tomonlama, to‘la va xolisona ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilish yoki g‘ayriqonuniy sud hujjati chiqarilishiga erishish maqsadida sudyalarga qanday bo‘lmasin ta’sir ko‘rsatish qonunga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Sudyadan ko‘rilgan yoki ish yuritishidagi ishlar mohiyati bo‘yicha biron-bir tushuntirishlar berishni talab qilish, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari, kimga bo‘lmasin, tanishib chiqish uchun ishlarni taqdim etish taqiqlanadi.
4. Конституциявий суднинг Ўзбекистон Республикаси ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари тизимидаги ўрни.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining maqomi
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi (bundan buyon matnda Konstitutsiyaviy sud deb yuritiladi) doimiy faoliyat yurituvchi sud hokimiyati organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi.
5. Судларни ташкил қилиш ва улар фаолиятининг асосий принсиплари.
Javob: “Sudlar to’g’risidagi” qonunning 8-12-moddalarida Odil sudning prinsiplari keltirib o’tilgan. Bular:
Qonuniylik – O’zbekiston Respublikasida odil sudlov qonunga qat’iy muvofiq holda amalga oshiriladi;

  • Sudlarning mustaqilligi – sudyalar mustaqildir, faqat qonunga bo’ysunadi. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo’l qo’yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo’ladi;

  • Sud hujjatlarining majburiyligi – qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar uchun majburiydir hamda O’zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart;

  • Qonun va sud oldida tenglik – barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi hamda ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun va sud oldida tengdir. Korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar ham qonun va sud oldida tengdir;

  • Sud ishlarini yuritishning oshkoraligi – barcha sudlarda ishlar ochiq ko’riladi. Ishlarni yopiq sud majlisida ko’rib chiqishga faqat qonunda belgilangan hollarda yo’l qo’yiladi.




Download 179.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling