23.Адлия вазирлиги тузилиши, унинг тизими, фаолиятининг асосий ҳуқуқлари ва мажбуриятлари, бошқа ҳуқуқни муҳофаза қилувчи идоралар билан ҳамкорлиги.
Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
➢ Vazirlik markaziy apparati;
➢ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, davlat xizmatlari markazlari va FXDYo organlari;
➢ X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi;
➢ “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi” davlat muassasasi;
➢ “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi;
➢ “Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi;
➢ “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi;
➢ davlat notarial idoralari va arxivlari;
➢ Yuristlar malakasini oshirish markazi;
➢ Toshkent davlat yuridik universiteti;
➢ yuridik texnikumlar;
➢ Akademik litsey.
➢ Adliya organlari va muassasalari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va bevosita Vazirlikka bo‘ysunadilar.
24.Нотариус, унинг фаолияти йўналишлари ва унга қўйиладиган талаблар.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasida notariat
O‘zbekiston Respublikasida notariat qonunda nazarda tutilgan notarial harakatlarni hamda ular bilan bevosita bog‘liq huquqiy va texnik tusdagi harakatlarni notariuslar tomonidan amalga oshirish yo‘li bilan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga da’vat etilgan huquqiy institutdir.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasida notarius
Yigirma besh yoshdan kichik va oltmish besh yoshdan katta bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga, yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan, shu jumladan notarial idorada kamida bir yil stajirovka o‘tagan, malaka imtihonini topshirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius bo‘lishi mumkin. Sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bog‘liq lavozimlarida kamida uch yil ishlagan shaxslar uchun stajirovkadan o‘tish talab qilinmaydi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, adliya organlarining ishi notariat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqaruv xodimi yoki advokat sifatida kamida uch yil ishlagan shaxslar, agar ularning vakolatlari tugatilgan paytdan e’tiboran besh yil o‘tmagan bo‘lsa, olti oy muddat stajirovka o‘taydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |