1.«Суд ҳокимияти» тушунчаси


Фуқаролик ҳолати далолатномаларини ёзиш органларининг фаолияти


Download 179.52 Kb.
bet15/95
Sana18.06.2023
Hajmi179.52 Kb.
#1589124
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   95
Bog'liq
HHHHHsud huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yn savol javoblar

25.Фуқаролик ҳолати далолатномаларини ёзиш органларининг фаолияти.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi “Davlat
huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–5415-son Farmoniga asosan 2018 yil 1 iyuldan boshlab FHDYO organlarining huquqni qoʻllash amaliyotini muvofiqlashtirish, faoliyatini metodik taʻminlash, “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimini yuritish, FHDYoning hududiy arxivlariga rahbarlik boʻyicha vazifalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi zimmasiga yuklatilgan holda, FHDYO organlari tumanlar (shaharlar) hokimiyatlari tasarrufiga oʻtkazildi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 iyundagi “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–3785-son qarori2 qabul qilinib, ushbu qaror asosida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan bir qator tadbirlar amalga oshirildiXususan, mazkur qarorga koʻra majburiyatlarni muvofiq taqsimlash va javobgarlik sohalariga asosan:
tumanlar (shaharlar) hokimlari FHDYO boʻlimlari va nikoh uylari faoliyati, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ular xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshirishi;
tumanlar (shaharlar) hokimlarining oʻrinbosarlari — tuman (shahar) xotinqizlar qoʻmitalari raislari oilani mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish tugʻilish
va nikohni oʻz vaqtida qayd etish, targʻibot va maʻrifat boʻyicha chora-tadbirlarni
koʻrishga shaxsan masʻul hisoblanishi;
26.Ўзбекистон Республикасининг «Адвокатура» тўғрисидаги қонуни, «адвокат» тушунчаси, адвокатлик фаолиятининг аҳамияти ва турлари.
Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrdagi “Advokatura toʻgʻrisida”gi 349-I-son qonunining1 1-modddasida belgilanishicha, Advokatura — huquqiy institut boʻlib, u advokatlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar hamda xususiy advokatlik amaliyoti bilan shugʻullanuvchi ayrim shaxslarning mustaqil, koʻngilli, kasbiy birlashmalarini oʻz ichiga oladi. Advokatura Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yuridik yordam koʻrsatadi. Advokatlik faoliyati advokatlar tomonidan amalga oshirilib, qonunchilikka koʻra, oliy yuridik maʻlumotga ega boʻlgan va advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani belgilangan tartibda olgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasida advokat boʻlishi mumkin. Advokatura – huquqiy institut bo‘lib, advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning mustaqil, ko‘ngilli, kasbiy birlashmalarini va xususiy advokatlik amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi alohida shaxslarni o‘z ichiga oladi
3-modda. Advokat Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan va advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) olgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi O‘zbekiston Respublikasida advokat bo‘lishi mumkin. Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarning advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Advokat quyidagilardan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishga haqli emas: ilmiy va pedagogik faoliyat; O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasidagi (bundan buyon matnda Advokatlar palatasi deb yuritiladi) va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyat; patent vakili va mediator sifatidagi faoliyat; shartnomaviy-huquqiy asosda davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi sifatidagi faoliyat; hakamlik sudlarida va xalqaro tijorat arbitrajlarida (sudlarida) sudya sifatidagi faoliyat.
5-modda. Advokatlik faoliyatining turlari
➢ Jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko‘rsatish maqsadida advokat:
➢ huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar va tushuntirishlar, qonunchilik yuzasidan og‘zaki va yozma ma’lumotnomalar beradi;
➢ huquqiy xususiyatdagi arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlarni tuzadi;
fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy ishlari hamda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sudda, boshqa davlat organlarida, jismoniy va yuridik shaxslar oldida vakillikni amalga oshiradi;
➢ Oldingi tahrirga qarang.
➢ jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv, dastlabki tergov bosqichida va sudda himoyachi, jabrlanuvchining vakili, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar sifatida ishtirok etadi;
➢ tadbirkorlik faoliyatiga yuridik xizmat ko‘rsatadi.
➢ hakamlik sudida va xalqaro tijorat arbitrajida (sudida) vakillikni amalga oshiradi.
➢ Advokat qonunchilikda man etilmagan boshqa turdagi yuridik yordam ham ko‘rsatishi mumkin.

Download 179.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling