1.«Суд ҳокимияти» тушунчаси


-modda. Ichki ishlar organlarining majburiyatlari


Download 179.52 Kb.
bet6/95
Sana18.06.2023
Hajmi179.52 Kb.
#1589124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
HHHHHsud huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yn savol javoblar

16-modda. Ichki ishlar organlarining majburiyatlari
Ichki ishlar organlari:
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, yuridik va jismoniy shaxslarning mulkini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini himoya qilish bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida barcha zarur choralarni ko‘rishi;
jamoat joylarida, shu jumladan ko‘chalarda, maydonlarda, istirohat bog‘larida, transport magistrallarida, vokzallarda, aeroportlarda, shuningdek ommaviy tadbirlarni o‘tkazish chog‘ida fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashi;
jinoyatlar, boshqa huquqbuzarliklar va hodisalar to‘g‘risidagi arizalarni, xabarlarni va boshqa axborotni, shu jumladan elektron shakldagi shunday arizalarni, xabarlarni va boshqa axborotni qabul qilishi hamda ro‘yxatga olishi, murojaat etuvchiga qonunchilikda belgilangan tartibda keyinchalik xabar bergan holda ular bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rishi;
13.Давлат чегараларини қўриқлаш органлари ва уларнинг вазифалари.
28-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi kuchlar va vositalarni, o‘tkaziladigan tadbirlarni moliyalash va resurslar bilan ta’minlashni amalga oshiradi;
Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasida normativ hujjatlar chiqaradi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, ijro hokimiyati mahalliy organlarining Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
29-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati:
Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Davlat chegarasi himoya qilinishi va qo‘riqlanishini ta’minlaydi;
chegara qo‘shinlarini boshqarishni amalga oshiradi;
davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib turadi;
Davlat chegarasi xavfsizligiga tahdidlar to‘g‘risida belgilangan tartibda axborot taqdim etadi;
razvedka, kontrrazvedka va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiradi;
belgilangan tartibda kontrabandaga qarshi kurash choralarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasida boshqa davlatlarning tegishli chegara idoralari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
Davlat chegarasi chizig‘ining o‘tishini belgilashda ishtirok etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlashga doir qismini shakllantirish yuzasidan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga kiritadi;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Download 179.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling