1.«Суд ҳокимияти» тушунчаси
Давлат Божхона қўмитасининг вазифалари
Download 179.52 Kb.
|
HHHHHsud huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yn savol javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 147. Дастлабки тергов ва суриштирув, уларнинг муносабати.
146. Давлат Божхона қўмитасининг вазифалари
3-modda. Bojxona organlarining asosiy vazifalari Bojxona organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish; o‘z vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash; bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirish; bojxona to‘lovlarini undirish; tovarlarning tashqi savdosiga doir bojxona statistikasini hamda tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasini yuritish; fuqarolarning bojxona sohasidagi huquqiy madaniyatini yuksaltirish; xavfni boshqarish tizimi qo‘llanilishi samaradorligining muntazam monitoringini amalga oshirish; bojxona organlari faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va nazoratning texnik vositalarini qo‘llash; bojxona ishini rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish; O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bojxona ishiga taalluqli qismidan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash. 147. Дастлабки тергов ва суриштирув, уларнинг муносабати. Surishtiruv va dastlabki tergov organlari mamlakatda tinchlik, barqarorlik va xavfsizligini taʻminlashda muhim oʻrin tutadi. Mamlakatimizda sud-huquq islohotlari doirasida surishtiruv va dastlabki tergov institutini takomillashtirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilganligi surishtiruv va dastlabki tergov organlarini tushunishda oʻzgacha yondoshuvga olib keldi. Surishtiruv instituti takomillashtirilgunga qadar surishtiruv va dastlabki tergov harakatlarini oʻtkazish mexanizmlari oʻrtasida muayyan takrorlanishlar mavjud boʻlib, bunday holat asoslantirilmagan uzoq muddatli jinoiy taʻqib qilish bilan bogʻliq sansalorlikka olib kelar edi. Agar surishtiruvni olib borishda dastlabki tergov organiga tegishli boʻlgan va tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bogʻliq boʻlmagan yangi jinoyat aniqlansa, jinoyat ishini ajratish va boshqalarga oʻtkazish JPKning 332 va 345-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda agar mazkur yangi jinoyat ushbu JPK 345- moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar turkumiga kirsa, ajratilgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergovni amalga oshirish prokuror tomonidan dastlabki tergov organiga topshiriladi. Turli surishtiruv organlariga tegishli jinoyat ishlari bitta ish yurituviga birlashtirilganda, prokuror surishtiruvni olib borishni ogʻirroq jinoyat toʻgʻrisidagi jinoyat ishining tergovi qaysi organga tegishli boʻlsa shu organga, jinoyatlarning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi teng boʻlganda esa, jinoyat ishi boʻyicha uzoqroq muddat davomida surishtiruv olib borayotgan organga topshiradi. Surishtiruv organlari tergoviga tegishli boʻlgan jinoyat ishlari boshqa dastlabki tergov organlari tergoviga tegishli boʻlgan jinoyat ishlari bilan bitta ish yurituviga birlashtirilganda, prokuror tergovni olib borishni ushbu JPKning 345- moddasida belgilangan tergovga tegishlilik qoidalari boʻyicha dastlabki tergov organiga topshiradi. Jinoyat qaerda sodir etilgan boʻlsa, jinoyat ishi oʻsha tuman (shahar) surishtiruv organining surishtiruvchisiga tegishli boʻladi. Surishtiruv, agar ish holatlarini ancha tez, puxta, toʻla, xolisona, har tomonlama tekshirishga yordam bersa, ish qoʻzgʻatilgan joyda yoki gumon qilinuvchi yoxud ayblanuvchi yoki guvohlarning koʻpchiligi turgan yerda ham oʻtkazilishi mumkin. Download 179.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling