1."Turonbank"atbning tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etish, hamda "Turonbank" atb mirzo-Ulug'bek bank xizmatlar markazining ish faoliyati tasnifi
Download 0.69 Mb.
|
marguba
- Bu sahifa navigatsiya:
- Summa Salmog’i % Summa
- Jami daromadlar 532281113
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki tahlil qilayotgan bankimiz joriy yilda 532281113 ming so’m daromad olgan, uning 382367522 ming so’mi yani 71.84 % ini foizli daromadlar, 149913591 ming so’mi yani 28.16 %ini foizsiz daromadlar tashkil qilgan, ushbu yil bank daromadlari o’tgan yilga nisbatan 8597502 ming so’mga oshgan. Xulosa qilib aytganda bank kelgusida davrda o’zining xuddi shunday kredit va foiz siyosati yuritilishi orqali bundab ham ko’proq daromadga erishishi mumkin. XULOSA O’zbekistonda bank tizimini yanada takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari va iqtisodiyotni rivojlanishi uchun tijorat banklarining barqarorligini ta’minlash borasida jiddiy, dolzarb muammolarning mavjudligi va ularni hal qilishning ilmiy asoslangan yo’nalishlarini ishlab chiqishning zarurligi bugun bank sohasida hali kuplab ishlarni amalga oshirish kerakligidan dalolat beradi. Iqtisodiyotda tijorat banklari yuqorida keltirib o’tilgan funktsiyalarni bajarishi natijasida investitsiyalar va ishlab chiqarish hajmini kengaytirish uchun zarur bo’lgan yirik ssuda kapitali yaratish imkoniyati yuzaga keladi, bu esa o’z navbatida ishsizlik darajasini kamaytirishga, mamlakat tovar bozorini milliy ishlab chiqarish mahsulotlari bilan to’ldirishga, buning oqibatida milliy valyuta va mamlakat iqtisodiyoti barqarorligi ta’minlashga yordam beradi. Мalakaviy amaliyot hisobotini bajarish jarayonida amalga oshirilgan tadqiqot va tahlil natijalari bo’yicha iqtisodiyotni rivojlanishida tijorat banklarining o’rni va bozor infratuzilmasini davlat tomonidan qo’llab quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish va tijorat banklariningbozor infratuzilmasini muxim tarkibiy qismi sifatidagi faoliyatini takomillashtirish bilan bog’liq bo’lgan bir qator quyidagi ilmiy xulosalarni shakllantirishga muvaffaq bo’ldik: Iqtisodiyotga yo’naltirilayotgan kreditlar hajmini oshirish va banklarning investitsiya jarayonlaridagi ishtirokini yanada kengaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratiladigan kreditlar hajmini oshirish, avvalambor, investitsiya maqsadlariga, boshlang’ich sarmoyani shakllantirishga, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish hamda texnologik yangilash uchun uzoq muddatli kreditlar berishni ko’paytirish. Aynan kreditlash, mamlakatda iqtisodiy o’sishni ta’minlashga undaydi, bozorda mahsulotlar miqdorining ko’payishini rag’batlantiradi, natijada inflyatsiya darajasini pasayishiga olib keladi. Tijorat banklari kreditlari bo’yicha foiz stavkalari miqdoriga ta’sir ko’rsatuvchi omillardan biri bo’lgan Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini bosqichma-bosqich 6-8 foizgacha kamaytirish maqsadga muvofiq. Bu aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun kreditlarni maqbulligini (hammabopligini) oshirishga imkoniyat tug’diradi, pirovardida ichki talab va ishlab chiqarishni rag’batlantiradi, qarz oluvchilarni bankrotlik darajasini kamaytiradi. “2017-2021 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori halqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi davlat dasturining amaliy davomi sifatida moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va uning investitsiyaviy faolligini kuchaytirishga qaratilgan yangi davlat dasturlarini qabul qilish, kredit portfelini boshqarish bo’yicha talablarni kuchaytirish, faoliyatini nazorat qilish va tartibga solishga oid normativ-huquqiy hujjatlar bazasini yanada takomillashtirish. Davlat tomonidan nobank mikrokredit tashkilotlari tarmog’ini ayniqsa, viloyatlardagi shaharlarda, tumanlarda va aholi zich joylashgan hududlarda joriy etish va kengaytirish. Molyaviy institutlar faoliyatiga chet el investitsiyalarini keng jalb qilish maqsadida davlat tomonidan chet ellik investorlarga qulay investitsion muhit yaratish va investorlarning huquqlarini himoya qilish. Tijorat banklari kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab, tabaqalashtirilgan stavkalar bo’yicha berilgan foyda solig’i imtiyozlarini 2023 -yilgacha uzaytirish. Respublikamizning barcha tijorat banklari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga masofaviy bank xizmatlari ko’rsatilishini ta’minlash bilan bir qatorda mijozlar tomonidan bank yangi xizmat turlariga bo’lgan ishonchini oshirish uchun, moliyaviy bank xizmatlariga oid qonunchilik bazasini takomillashtirish va reklama faoliyatlarini kengaytirish lozim; Xalqaro tashkilotlardan jalb qilinishi mumkin bo’lgan mablag’larni yuridik shaxslar va aholi depozitlari oshishi hisobiga kamaytirish va buning oqibatida tashqariga chiqib ketishi mumkin bo’lgan foiz to’lovlarini mamlakat ichida ushlab qolish lozim. Tijorat banklari tomonidan aholi bo’sh pul mablag’larini yuqori foizli, jozibador omonatlarga jalb qilishi bilan bankdan tashqari pul aylanmalarini bankka jalb qilish, aholining investitsion faolligini oshirish va barqaror daromad manbaiga ega bo’lib, turmush tarzini o’sishiga xizmat qiladi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling