1."Windows operatsion sistemasi" haqida ma'lumotlar
Download 35.8 Kb.
|
Mirzayeva Gulasal Botirjonovna kurs ishi A1 guruh
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI Matematika-informatika fakultiteti Informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi Ikkinchi mutaxassislik 4-kurs SIOM22А1-20 guruh talabasi MIRZAYEVA GULASAL BOTIRJONOVNANING “lnformatika o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish” fanidan KURS ISHI
Bajardi: Mirzayeva G.B Ilmiy rahbar: k.o‘q. Qo’chqorova.S. S MUNDARIJA:KIRISH 3 1.“WINDOWS OPERATSION SISTEMASI" HAQIDA MA'LUMOTLAR. WINDOWS OPERATSION SISTEMASINING KELIB CHIQISH TARIXI 5 2 . MAVZUNI O’QITISHDA MODULLI-DIDAKTIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH 10 3. INFORMATIKA FANIGA DOIR TURLI XIL O’YIN METODLARI VA ULARNING O’QUVCHILARNI BILISH JARAYONIDAGI O’RNI 11 XULOSA 12 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 13 1. “WINDOWS OPERATSION SISTEMASI" HAQIDA MA'LUMOTLAR. WINDOWS OPERATSION SISTEMASINING KELIB CHIQISH TARIXI…………………………………………………………… 4 2. MAVZUNI O’QITISHDA MODULLI-DIDAKTIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH............................................. 24 3. INFORMATIKA FANIGA DOIR TURLI XIL O’YIN METODLARI VA ULARNING O’QUVCHILARNI BILISH JARAYONIDAGI O’RNI...............................................................................12 XULOSA………………………………………………………… 23 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …………………………….24 KIRISHHar birimizga ma`lumki ta’limning bugungi vazifasi o‘quvchilarni kun sayin ortib borayotgan axborot — ta’lim muhiti sharoitida mustaqil faoliyat ko‘rsata olish, turli sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali qo‘llash va axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishdan iborat. Shu maqsadda, o‘quvchilarga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish hamda ijodiy fikrlash va mustaqil qarorlar qabul qilishga o‘rgatish zarur. Hozirgi kunda zamon bilan ham nafas bo`lishda dunyo tez suratlarda rivojlanmoqda va bunda o`z-o`zidan zamonaviy kompyuter texnologiyalari to’g’risida so’z yuritiltiladi va hozirda hamma sohalarda zamonaviy ilm-fan texnikalari keng qo`llanilmoqdadir. Buning sababi, inson ongining o`sishi,shaxsiy kompyuterlarning ixtiro etilishi axborot texnologiyalarining ommaviylashishiga va uni keng miqyosda tadbiq etilishiga olib kelinganligidadir. Chunki shaxsiy kompyuterlarning paydo bo’lishi natijasida axborot texnologiyalarining mahsuli bo’lgan dasturiy vositalarga zaruriyat ortib,kundalik ehtiyojga aylanib bormoqda. Windows operatsion tizimi haqida so’z yuritganda, hozirgi kunda hech bir kompyuter, bu operatsion tizimsiz ishlamasligining guvohi bo’lamiz. Windows operatsion tizimining bir qancha versiyalari mavjud, bo’lib hamma o’ziga qulay bo’lgan hamda imkoniyatlari juda ko’p bo’lgan operatsion tizimdan foydalanadi. Hozirgi kunda zamonaviy texnalogiyalar juda ham rivojlanib ketmoqda. Axborot texnalogiyalari jamiyatimizning har bir sohasiga kirib bormoqda. Operatsion tizim - bu maxsus dastur bo’lib, bu dastur asosiy vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini ta‘minlash va boshqalardir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlab o‘tganidek ”Bizni yana bir o‘ylantirib keladigan yana bir masala — bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim — yoshlar. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da'vat ularning qalbida doimo aks — sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”, deya ta'kidladi. ''Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ta'lim-tarbiya sohasida ulkan odimlarni boshlab berdi. Bu esa har bir pedagog zimmasiga quyidagi asosiy talablarni ta'lim berish, tarbiyalay olish va ta'lim oluvchining bilimlarini xolisona baholay olish, qolaversa nazorat qilish mahoratini rivojlantirish vazifasini yuklaydi. Ta'lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish, farzandlarimizning mustaqil fikrlash, bilim olish ko‘nikmalarini shakillantirish va rivojlantirish va ta'lim sohasi vakillarining oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Download 35.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling