Tabiatda uchrashi. Xrom turli xil minerallarda birikmalar holida uchraydi. Eng koʻp tarqalgan mineral xromit yoki xromli temirtosh FeCr2O4. PbCrO4 – krokoit minerali tariqasida ham uchraydi. Xromga boy konlar Ural da, Kavkazda, Qozogʻistonda topilgan. Yer poʻstlogʻining 0,03% ni tashkil etadi. U quyoshda, yulduzlarda, metioritlar va oyning tarkibida topilgan.
Davriy sistemadagi oʻrni.
Kimyoviy belgisi Cr
4 davr
4-qator
6-gruppacha
Tartib raqami 24
Atom ogʻirligi 52,01
Valentligi: 2, 4, 6
Kislorodli birikmasi: CrO, Cr2O3, CrO3
Vodorodli birikmasi yoʻq
Atom tuzilishi +24)2)8)8)6
p=24, e=24, n=28
Olinishi. Xrom birikmalaridan koʻmir, aluminiy bilan qaytarish orqali va eritmalarini elektroliz qilish orqali olinadi.
FeO*Cr2O3 + 4C→ Fe + 2Cr + 4CO;
Cr2O3 + 2Al →Al2O3 + 2Cr + 131kkal
Fizik xossalari. Xrom och kul rangli, yaltiroq, metallar ichida eng qattigʻi, zichligi 7,2g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 18900C, qaynash xarorati 26800C, havo va nam ta’siriga chidamli, sababi oksid parda bilan qoplangan boʻladi, 5ta izotopi bor.
Kimyoviy xossalari. Xrom reaksiyaga kirishishi uchun avval oksid pardasini yemirish lozim, buning uchun uni qaynoq xlorid va sulfat kislotalarda eritiladi, shundagina u reaksiyaga kirishishi mumkin.
Cr + 2HCl → CrCl2 + H2; 2Cr + 3H2O → Cr2O3 + H2;
Cr + 2HF = CrF2 + H2; 2Cr + 3S = Cr2S3;
2Cr + N2 → 2CrN; Cr + Si → CrSi;
Xromning oksid va gidrooksidlari-birikmalari
Xrom 3ta oksid hosil qiladi: CrO, Cr2O3, CrO3.
CrO – asosli oksid, Cr2O3 amfoter oksid, CrO3 kislotali oksid hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |