Xrom birikmalari. 2, 3 va 6 valentli xromning har xil birikmalari va CrO, Cr2O3 CrO3 oksidlari bor.
CrO asosli oksid, Cr2O3 , amfoter oksid, CrO3 esa kislotali oksid.
Ikki valentli oksid. Xromga xlorid kislota ta’sir ettirilsa, uning xloridi - CrCl2, sulfat kislota ta’sir ettirilganda esa sulfati - CrSO4 hosil bo’ladi. Bular ko’k tuslidir. CrF2 yashil, CrBr2 sariq, CrI2 esa qizil tusli tuzlardir. Cr2+ ga ishqor ta’sirida qo’ng’ir sariq tusli Cr(OH)2 hosil bo’ladi.
CrCl2 + 2NaOH = Cr(OH)2 + 2NaCl
Cr(OH)2 + H2SO4 = CrSO4 + 2H2O
Cr(OH)2 → CrO +H2O
3CrO → Cr2O3 + Cr
Uch valentli xrom birikmalari.
Uch valentli xrom oksidi Cr2O3 barqarordir. Tabiatda xromning shu oksidi boshqa metallarning oksidlari bilan birga uchraydi
(masalan, FeO• Cr2O3).
Olinishi. Sanoatda toza xrom olish uchun, qo’shimcha, yuqorida aytilgani kabi FeO• Cr2O3 dan avval Cr2O3 olinib, keyin Cr2O3 dan alyuminotermiya usuli bilan xrom olinadi. FeO•Cr2O3 dan Cr2O3 ni olish uchun unga soda qo’shilib, kislorod ishtirokida qizdiriladi:
FeO•Cr2O3+8Na2CO3+7O2=2Fe2O3+8Na2CrO4+8CO2
Hosil bo’lgan Na2CrO4 ga H2SO4 ta’sir ettirilib, Na2Cr2O7 olinadi:
2Na2CrO4 + H2SO4 = Na2Cr2O7 + Na2SO4 + H2O
Na2Cr2O7 ko’mir bilan qaytariladi:
Na2Cr2O7 + 2C = Cr2O3 + Na2CO3 + CO
Cr2O3 laboratoriyalarda (NH4)2Cr2O7 dan olinadi. Buning uchun (NH4)2Cr2O7 qizdiriladi:
t
(NH4)2Cr2O7 → Cr2O3 + 4H2O + N2
Olti valentli xrom birikmalari.
CrO3- to’q qizil tusli kristall modda, suvda yaxshi eriydi, unda kuchli oksidlash xossasi bor, chunki oson parchalanib kislorod chiqaradi:
4CrO3 = 2Cr2O3 + 3O2
K2Cr2O7 +H2SO4 → K2SO4 + 2CrO3 +H2O
CrO3 ta’siridan metil spirti yonadi:
2CrO3 + CH3OH = Cr2O3 + SO2 + H2O
U kuchli oksidlovchisi bo’lgani sababli, K2Cr2O7 ning odatdagi haroratda to’yingan eritmasi (1 hajm) bilan konsentrlangan H2SO4 eritmasi (1 hajm) aralashmasi laboratoriyada “xrom aralashmasi” nomi bilan yuritiladi, bu suyuqlik kimyoviy idishlarini yuvishda ishlatiladi.
CrO3 kislotali oksid ya’ni angidriddir, uning xromat – H2CrO4 va bixromat - H2Cr2O7 kislotalari bor.
Cr2O3 + H2O = H2CrO4 (xromat kislota)
2Cr2O3 + H2O = H2Cr2O7 (dixromat kislota)
Do'stlaringiz bilan baham: |