1Xrom guruhiga tavsif 2Xromning tabiatda tarqalishi 3Xromning olinishi


Download 214.35 Kb.
bet1/12
Sana15.06.2023
Hajmi214.35 Kb.
#1479822
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
MOLIBDEN VA VOLFRAMNING OLINISHI, BIRIKMALARI VA XOSSALARI


Mavzu: Xrom,molibden va volfram ishlatilish soxalari va qo’llanilishi
Reja:
Kirish
1Xrom guruhiga tavsif
2Xromning tabiatda tarqalishi
3Xromning olinishi
4Xromning xossalari va birikmalari.
5Molibden va volframning davriy sistemadagi o’rni .
6Molibden va volframning tarqalgan birikmalari
7Ularning fizik va kimyoviy xossalar
8Molibden va volframning olinishi .
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Xrom, molibden va volfram 6-guruhini tashkil etadi. Shu qator bo‘ylab ionlanish energiyasi va suyuql. harorati ortib boradi. Molibden va xrom o‘xshash xossalarga ega. Xrom uchun +3 va +6 oksidlanish darajasi xarakterli, chunki +2 oksidlanish darajasiga ega birikmalar beqaror. Molibden va volframda +6 oksidlanish darajasiga ega bo‘lgan birikmalar ko‘p uchraydi. Umuman bu guruhcha elementlari uchun 0, +1, +2, +3, +4 ,+5, +6 oksidlanish darajasiga ega birikmalari uchrashi kuzatiladi.
Oddiy moddalar holatida xrom, molibden va volfram oq kumush-rang yaltiroq metallardir. Ularning orasida volfram eng yuqori su-yuqlanish haroratiga ega. Ularning xossalariga qo‘shimchalar ta’sir etadi. Texnik xrom eng qattiq moddalardan biri bo‘lgan holda toza xrom bunday xossaga ega emas.

Xrom guruhiga tavsif Xrom Sr, molebden Mo va volfram W xrom guruhini tashkil etadi. W bilan Mo siyrak elementlardir. Xrom va molebdenning sirtqi qavatida 1 ta, sirtdan ikkinchi qavatida 13 ta, volframning sirtqi qavatida 2 ta va sirtdan ikkinchi qavatida 12 ta elektron bor. Sirtqi qavatlarda elektronlari kam bo’lgani uchun, ular elektronlar berib reaksiyaga kirishadi. Bu esa ularda metallik xossalarini borligini ko’rsatadi. Ular shu xossalari jihatdan VI guruh bosh guruhi elementlardan farq qiladi. Bosh guruhcha elementlarining sirtdan ikkinchi qavatlarida ba’zilarida 8 ta, ba’zilarida esa 18 ta elektron bo’ladi, shuning uchun bu elementlar birikmalar hosil qilganda, barqaror qavatlardagi elektronlar ishtirok etmay, faqat sirtqi qavatlardagi elektronlar ishtirok etadi. YOnaki guruhcha, ya’ni xrom guruhcha elementlarida esa sirtdan ikkinchi qavat barqaror emas, shuning uchun bu qavatlarning elektronlari ham birikmalar hosil qilishda ishtirok etadi.

D.I.Mendeleyev davriy sistemasining qoʻshimcha gruppachalari metallari jumlasiga barcha d elementlar kiradi. 6-gruppaning qoʻshimcha gruppachasiga xrom, molibden va volfram kiradi va xrom gruppachasini tashkil etadi. Volfram bilan molibden siyrak metallar qatoriga kiradi. Xrom bilan molibdenning sirtqi qavatida 1 ta, sirtdan ikkinchi qavatida 13 ta,volframning sirtqi qavatida 2 ta sirtidan ikkinchi qavatida 12 ta elektron bor. Sirtqi qavatlarida elektronlari kam boʻlgani uchun, ular elektron berib, reaksiyaga kirishadi. Bu elementlarning valentligi 2 dan 6 gacha boʻladi. Xrom guruhchasidagi elementlar 6 valentli birikmalarida kislota xarakterdagi birikmalarni hosil qiladi. Bu elementlarning past valentliklarida metall xossalari namoyon boʻladi. Bu elementlarning kislotalik xossalari xromdan volframga tomon zaiflashadi. Xrom gruppachasidagi elementlar +5, +4, _3, +2 oksidlanish darajasini ham namoyon qiladi. Xrom gruppachasidagi elementlar vodorod bilan birikmalar hosil qilmaydi. Gruppachada tartib nomeri ortib borishi bilan metallarning suyuqlanish temperaturasi koʻtariladi. Ular qiyin suyuqlanuvchi birikmalardir. Volfram eng qiyin suyuqlanadigan metalldir. Xrom gruppachasidagi metallar odatdagi sharoitda havo va suv ta’siriga nihoyatda chidamli. Qizdirilganida kislorodgalogenlarazotfosforuglerodkremniy bilan oʻzaro tasirlashadi. Ularning boshqa metallar bilan hosil qilgan qotishmalari hozirgi zamon texnikasida ancha qimmatli materialdir.


Xrom metali namunalari

Download 214.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling