1Xrom guruhiga tavsif 2Xromning tabiatda tarqalishi 3Xromning olinishi


Download 214.35 Kb.
bet4/12
Sana15.06.2023
Hajmi214.35 Kb.
#1479822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
MOLIBDEN VA VOLFRAMNING OLINISHI, BIRIKMALARI VA XOSSALARI

S+CrO3→3SO2+Cr2O3 2500 C qizdirilganida parchalanadi. CrO3→Cr2O3+3O2
CrOkislota xossasiga ega, suvda oson eriydi. CrO3+H2O → H2Cr2O7
Xromatlar va bixromatlar kuchli oksidlovchilardir. Ular toʻqimachilik sanoatida, teri oshlashda, kimyo laboratoriyalarida ishlatiladi. Ularning kompleks birikmalari kuchli zahar hisoblanadi.

Tabiatda uchrashi. Xrom turli xil minerallarda birikmalar holida uchraydi. Eng koʻp tarqalgan mineral xromit yoki xromli temirtosh FeCr2O4. PbCrO– krokoit minerali tariqasida ham uchraydi. Xromga boy konlar Ural da, Kavkazda, Qozogʻistonda topilgan. Yer poʻstlogʻining 0,03% ni tashkil etadi. U quyoshda, yulduzlarda, metioritlar va oyning tarkibida topilgan.
Xrom (Srom) Cr. Xrom er po’stlog’ining 0,03% ni tashkil etadi. U 1727 yilda Sibir rudasi PbCrO4 dan topilgan va chiroyli rangda bo’lgani uchun xrom (rang) deb atalgan: 4 ta tabiiy va 6 ta sun’iy izotopi mavjud.
Xrom tabiatda ko’pincha xromit (xromli temirtosh) Fe(CrO2)2 holida uchraydi va odatda FeO • Cr2O3 shaklida yoziladi. Xrom ba’zan krokoit PbCrO4 holda ham uchraydi. Bizda xromning eng muhim konlari Ural, Kavkaz va Qozog’istondadir. Oyda ham xrom borligi aniqlandi.
Olinishi FeO • Cr2O3 ga ko’mir ta’sir ettirilsa, undan temir va xrom qaytariladi:
FeO • Cr2O3 + 4C=Fe + 2Cr +4CO; Fe(CrO2)2 + 4CO → Fe + 2Cr +4CO2
Bundan temir bilan xrom qotishmasi olinadi, bu qotishma ferroxrom deb ataladi va to’g’ridan – to’g’ri xromli po’latlar ishlab chiqarishga ketadi. Agar toza xrom olinishi kerak bo’lsa, xrom rudasidan avval Cr2O3 olinadi, keyin u alyuminotermiya usuli bilan qaytariladi:
Cr2O3 + 2Al = Al2O3 + 2Cr
Bu usulda olingan xrom toza bo’lmay, unga ozroq alyuminiy aralashib qoladi. SHu sababli toza xrom olish uchun Cr2O3 kremniy bilan qaytariladi:
2Cr2O3 + 3Si → 3SiO2 + 4Cr
Xossalari Xrom och kulrang tusli qattiq va yaltiroq metalldir: uning solishtirma og’irligi 7,1 ga teng to=18900, tqay= 26600 havo va nam ta’siriga berilmaydi, ya’ni korroziyalanmaydi, chunki xrom havoda oksidlanib uning sirtqi yupqa zich oksid Cr2O3 qavat bilan qoplanib qoladi, bu qavat xromni havo va nam ta’siridan saqlaydi. Suyultirilgan qaynoq xlorid va sulfat kislotalar ta’sirida eritilganda, xrom sirtidagi Cr2O3 qavati eriy boshlaydi va kislota ta’siridan ulardan vodorodni siqib chiqaradi. Xrom suyultirilgan nitrat kislota ta’siridan oksidlanadi, konsentrlangan nitrat kislota ham xromni passivlashtiradi. Agar xrom sirtidagi passiv parda qirilib yoki NSl qo’shib isitish yo’li bilan eritib yuborilsa, passiv xrom faollashib ketadi. Xrom faollashgandan keyin sovuq HCl va H2SO4 da ham yaxshi erib, vodorodni siqib chiqaradi. Bunday xromning elektr musbat ionlanish qobiliyati ancha kuchlidir, u faollik qatorida rux bilan temir orasida turadi. Passiv xrom oltin va platinadan ham passivrok deyish mumkin.
Xrom qattiq qizdirilganda kislorod, galogenlar va oltingugurt bilan birikadi. Xrom o’z birikmalarida ikki, uch va olti valentli bo’ladi.
Xrom asosan xromli po’latlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Xromli po’latlar qattiq bo’ladi, o’tga va korroziyaga yaxshi chidaydi, shuning uchun xrom o’tga chidamli va zanglamaydigan po’latlar tarkibiga kiradi. Masalan, tarkibida 1-2% xrom bo’lgan po’lat har xil asboblar, avtomobil ressoralari, miltiq stvollari va zirx po’lat taxtalar tayyorlash uchun ishlatiladi. Tarkibida 12% xrom bo’lgan po’lat korroziyaga va turli kislotalar ta’siriga chidamli bo’lgani uchun, undan zavodlarning kimyoviy uskunalari, kesish asboblari va qoshiq, pichoq kabi uy ro’zg’or buyumlari tayyorlanadi. Bunday po’latlar zanglamas po’lat deb ataladi. Kislotalar ishlab chiqariladigan zavodning uskuna va apparatlari 50-60% xromli qotishmalardan tayyorlanadi.

Download 214.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling