1Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi mazmuni, yo‘nalishlari


Moliyaviy siyosatning iqtisodiy mazmuni va amalga oshirishdan maqsad


Download 23.62 Kb.
bet5/8
Sana03.02.2023
Hajmi23.62 Kb.
#1154729
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MOLIYA 17

9 Moliyaviy siyosatning iqtisodiy mazmuni va amalga oshirishdan maqsad
Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi.
Moliyaviy siyosat o’z-o’zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega bo’lib, bir vaqtning o’zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu erda uning iqtisodiyot, sotsial soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bo’lishi printsipial ahamiyatga ega emas.
Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib topadi:
bosh maqsadni aniqlash va qo’yish hamda jamiyat hayotining ma’lum bir davriga xos qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun echilishi zarur bo’lgan istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni konkretlashtirish;
yordamida qo’yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishiladigan, yaqin kunlardagi va istiqboldagi vazifalar esa oqilona tartibda hal qilinadiganmunosabatlarning metodlari, vositalari va konkret shakllarini ishlab chiqish;b
qo’yilgan vazifalarni echishga qodir bo’lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, ularning bajarilishini tashkil qilish
10 Moliyaviy siyosat yo‘nalishlari va mazmuni
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo’nalishlari) quyidagilardan iborat:  byudjet siyosati; soliq siyosati; pul siyosati; kredit siyosati; baho siyosati; investitsion siyosat;  sotsial moliyaviy siyosat;  boj siyosati
O’z navbatida, moliyaviy siyosat davlatning iqtisodiy va sotsial siyosatini amalga oshirishning vositasi bo’lib hisoblanadi va shu ma’noda yordamchi rolni o’ynaydi. Bir vaqtning o’zida davlat siyosatining boshqa – milliy, geosiyosat,harbiy– yo’nalishlari ham mavjudligini esdan chiqarmaslik kerak. Ana shu barcha besh yo’nalishning (iqtisodiy, sotsial, milliy, geosiyosat, harbiy) yig’indisi (majmui) davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy instrumenti sifatida xizmat qiladigan moliyaviy siyosatni aniqlab beradi. Moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruvning tarkibiy qismi sifatida boshqaruvning yuqori (oliy) organlariga tegishlidir. Mamlakatning sub’ektlari darajasida moliyaviy siyosat borasida qarorlarning qabul qilinish imkoniyatlari cheklangan va mahalliy hokimiyat organlarining funktsiyalari unchalik katta emas.Ularning bu funktsiyalari byudjet va mahalliy soliqlar bilan chegaralanadi. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo’nalishi) sifatida davlatning byudjet siyosati, eng avvalo, har bir mamlakatning Konstitutsiyasi va byudjet jarayonida hamda qonun ijodkorligida alohida hokimiyat organlarining funktsiyalarini belgilovchi boshqa qonunlar majmuiga muvofiq aniqlanadi.


Download 23.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling