1Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi mazmuni, yo‘nalishlari


Moliyaviy nazorat prinsiplari va vazifalari


Download 23.62 Kb.
bet7/8
Sana03.02.2023
Hajmi23.62 Kb.
#1154729
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MOLIYA 17

13.Moliyaviy nazorat prinsiplari va vazifalari
Jahon hamjamiyati ko’p yillik tajriba asosida moliyaviy nazoratni tashkil etishning asosiy printsiplarini ishlab chiqqanki, hozirgi paytda ularga rioya qilishga dunyoning har bir tsivilizatsiyalashgan davlati intiladi. Bu printsiplar INTOSAI ning Lima deklaratsiyasida o’z aksini topgan. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:
mustaqillik;
ob’ektivlik;
kompetentlik (layoqatlilik, qodirlik);
oshkoralik.
Ana shu asosiy printsiplardan amaliy xarakter kasb etuvchi moliyaviy nazoratning quyidagi boshqa printsiplari kelib chiqishi mumkin:
natijalilik;
nazoratchilar tomonidan talab qilinadigan talablarning aniqligi va mantiqiyligi;
nazorat sub’ektlarining sotib oluvchanmasligi;
tekshirish va taftish aktlarida keltirilgan ma’lumotlarning asoslanganligi va isbotlanganligi;
preventivlik (moliyaviy buzilmalar ehtimolining ogohlantiriluvchanligi);
moliyaviy jinoyatlar bo’yicha shubhalanilayotgan shaxslarning aybsizlik (sudgacha) prezumptsiyasi;
turli nazorat organlari faoliyatlarining muvofiq-lashtiruvchanligi;
Moliyaviy nazoratning oldida turgan eng asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
pul fondlarining o’lchami va moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyoj o’rtasidagi mutanosiblikka (balanslilikka) ta’sir ko’rsatish;
davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarning o’z vaqtida va to’liq bajarilishini ta’minlash;
moliyaviy resurslarni ko’paytirishning ichki xo’jalik rezervlarini qidirib topish;
va boshqalar.


14.Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi orgalar turlari, vazifalari va huquqlari
Davlat moliyaviy nazorati tizimida Hisob palatasiga katta rol ajratilgan. U mustaqil va ob’ektiv organ bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi.
Hisob palatasi to’g’risidagi Nizomga muvofiq uning zimmasiga nazorat, monitoring va tahliliy ishlar hamda quyidagi funktsiyalarni bajarish yuklatilgan:
makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, byudjet-soliq va pul-kredit parametrlarining shakllanish jarayonlarini tizimli o’rganib, ularning qonunchilik talablariga muvofiqligini kuzatib boorish
davlat byudjeti, uning daromad va xarajatlar qismlari asosiy parametrlari va moddalarining ijro etilishi ustidan nazorat o’rnatish;
milliy valyutani mustahkamlash, inflyatsiyani pasaytirish hamda iqtisodiy o’sish va narxlar barqarorligi ko’rsatkichlarining optimal birligiga erishish bo’yicha takliflarni ko’rib chiqish va baholash;
Hisob palatasi zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqadigan masalalar bo’yicha tahliliy ishlanmalarni tashkil etish va o’tkazish, ularning asosida hisobot va takliflar tayyorlash hamda ularni ko’rib chiqish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etish.
Davlat moliyaviy nazorati tizimida O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qo’mitasi va ularning quyi organlari alohida o’rin tutadi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zimmasiga davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish bo’yicha: Respublika vazirliklari, qo’mitalari, idoralari va korxonalari tomonidan respublika byudjetining ijro etilishi, qimmatli qog’ozlar bozori shakllanishi, qimmatli qog’ozlar emissiyasi, Respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar hisobidan moliyalashtiriladigan, shuningdek barcha ko’rinishdagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar moliyaviy- xo’jalik faoliyatini taftish qilish va tekshirish kiradi.
Soliq nazorati soliq solish sub’ektlari va ob’ektlari hisobini yuritish hamda soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilishning yagona tizimidir. U davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliqqa tortiladigan sub’ektlar va ob’ektlar hisobini yuritish, soliq tekshiruvlarini o’tkazish, soliq to’lovchilar, boshqa shaxslarni so’roq qilish va qonunchilik bilan nazarda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
Markaziy bank boshqa banklar tomonidan byudjetning kassa ijrosi qoidalariga rioya etilishi hamda banklar tomonidan kapital
qo’yilmalar va byudjetdan ajratilgan mablag’lar hisobidan amalga oshiriladigan boshqa chora-tadbirlarning moliyalashtirilishi ustidan nazoratni amalga oshirish. Markaziy bankni o’zi Moliya vazirligi tomonidan nazorat qilinadi;


Download 23.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling