1Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi mazmuni, yo‘nalishlari


Moliya tizimi va uning bo‘g‘inlari


Download 23.62 Kb.
bet2/8
Sana03.02.2023
Hajmi23.62 Kb.
#1154729
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MOLIYA 17

3 Moliya tizimi va uning bo‘g‘inlari
Moliyaviy tizimning alohida sohalar va bo’g’inlarga bo’linishi YaIMni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, daromadlarni shakllantirish va ulardan foydalanishda iqtisodiy munosabatlar sub’yektlarining bir-birlaridan farqli ravishda ishtirok etishi bilan belgilanadi. Moliyaviy tizimning har bir sohasi va bo’g’iniga pul fondlari va daromadlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning o’ziga xos bo’lgan shakllari va metodlari tegishlidir. Masalan, korxonalar moliyasi moddiy ishlab chiqarishga, YaIMni yaratishga, uni korxonalar o’rtasida taqsimlashga va YaIM bir qismining byudjet va nobyudjet fondlariga qayta taqsimlashga
xizmat qiladi. Davlat byudjeti orqali resurslar davlatning markazlash- tirilgan fondiga jalb qilinadi va ular hududlar, tarmoqlar va aholining turli ijtimoiy guruhlari o’rtasida qayta taqsimlanadi.
Moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo’g’ini sifatida davlat byudjeti o’z ichiga quyidagilarni oladi:
respublika byudjeti;
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar. O‘z navbatida, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti


4 Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi
Davlatning moliyaviy salohiyati bozor iqtisodiyoti subekt-lari va aholining pul daromadlari va jamg‘armalari asosida shakllanib, o‘zaro bog‘langan quyidagi bo‘g‘inlardan tashkil topadi:
respublika va mahalliy byudjetlar, davlat nobyudjet fondlari byudjetlari; davlat kreditlashtirish resurslari; dav-lat (unitar) XYUSlari va davlatning ishtirokidagi XYUSlar mo-liyasi. Davlatning moliyaviy salohiyati tarkibiga asosiy fondlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy aylanma mablag‘lar, uy-ro‘zg‘or mulklari, nomoddiy aktivlar qiymati – inson kapitali kiradigan moddiy kapital ko‘rinishidagi milliy boylik hajmi (o‘lchami)ni kiritish mumkin;
xususiy XYUSlar moliyaviy salohiyati. U aylanmadan tash-qari aktivlar va aylanma aktivlarining yig‘indisidan tashkil topa-di. Bu yerda aylanmadan tashqari aktivlar nomoddiy aktivlar, asosiy vositalar, tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy boyliklarga daro-madli qo‘yilmalar, uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar, aylanmadan tashqaridagi boshqa aktivlardan iborat. Shuningdek, bu yerda aylanma aktivlarning tarkibiga zaxiralar, debitorlik qarzlari, qisqa mud-datli moliyaviy qo‘yilmalar, pul mablag‘lari va boshqa aylanma aktiv-lar kiradi. Xo‘jalik yurituvchi subekt (XYUS)larning moliyaviy salohiyati ularning yangi qiymat yaratishdagi qobiliyatiga bog‘liq. Bir xil moliyaviy-iqtisodiy qudratga yega bo‘lgan XYUSlar bir-biridan tubdan farq qiluvchi moliyaviy natijalarga yerishishi mumkin. Bu mol-mulkdan, ishlab chiqarish-texnologik jarayonlar va kadrlarni boshqarish samaradorligiga, menejment malakasiga, tadbirkorlik-ning natijaliligiga, moliyaviy resurslar va tashqi qarzlardan oqilona foydalanishga bog‘liq bo‘ladi;
bank-kredit tizimining moliyaviy salohiyati – kredit re-surslariga bo‘lgan iqtisodiyotning yehtiyojlarini qondirish bo‘yicha kredit tashkilotlari aktivlari va real imkoniyatlarining yig‘indisi. Juda ko‘pchilik mamlakatlarning bank-kredit tizimi hozirgi paytda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini kredit resurslari bilan ta’minlash imkoniyatiga yega yemas. XYUS-larga taqdim yetilayotgan kredit resurslari, asosan, qisqa muddatli xarakterga yega. Asosiy kapitalni shakllantirishdagi kreditlar-ning salmog‘i iqtisodiyot samaradorligining o‘sishi uchun yetarli yemas;
sug‘urta fondlarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat tadbirkorlik risklarini pasaytiradigan va jamg‘armalar hamda investitsiyalar o‘sishini ta’minlaydigan pul sug‘urta resurslarini shakllantirish bo‘yicha sug‘urtaviy moliyaviy-iqtisodiy imkoniyat-lar yig‘indisining amalga oshirilishi orqali namoyon bo‘ladi;
uy xo‘jaliklarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat ular-ning jami daromadlari, soliq, renta va foiz to‘lovlari, inves-titsion talabning o‘sishiga iste’mol va jamg‘arishning ta’siri orqa-li ifodalanadi.



Download 23.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling