1Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi mazmuni, yo‘nalishlari
Moliyaviy boshqaruvni amalga oshirishdan maqsad
Download 23.62 Kb.
|
MOLIYA 17
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6 Moliyaviy boshqaruvni amalga oshiruvchi subyektlar, ularning vazifalari, ta`sir instrumentlari
5 Moliyaviy boshqaruvni amalga oshirishdan maqsad
“Boshqaruv”atamasi umumiy tarzda obyektni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida unga ongli ravishda ta’sir ko’rsatishni anglatadi. Moliyaviy tizim doirasida moliyaviy resurslarni tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish har doim muayyan bir maqsadlarga erishishga mo’ljallangan bo’ladi. Bu esa o’z navbatida ma’lum bir tarzda boshqaruv tizimini tashkil etishni taqozo etadi. Shu ma’noda va eng umumiy ko’rinishda boshqaruv subyektining boshqaruv obyektiga maqsadga yo’naltirilgan ta’siri boshqaruv deyiladi. Moliyaviy boshqaruvning maqsadi makroiqtisodiy muvozanatda, byudjet profitsitida, davlat qarzining kamayishida, milliy valyutaning barqarorligi va mustahkamligida va, nihoyat, davlat va jamiyat barcha a’zolari iqtisodiy manfaatlarining yagonaligida(mushtarakligida)namoyon bo’ladigan moliyaviy barqarorlik va moliyaviy mustaqillikni ta’minlashdir 6 Moliyaviy boshqaruvni amalga oshiruvchi subyektlar, ularning vazifalari, ta`sir instrumentlari Moliyaviy tizimni umumiy boshqarish mamlakatning oliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Umumdavlat miqyosida moliyaviy boshqaruv tizimi quyidagi boshqaruv organlaridan tashkil topishi mumkin: Prezident; Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi hamda moliya, byudjet, soliq va bank masalalari bo’yicha Oliy Majlis har ikki palatasining tegishli qo’mitalari; Vazirlar Mahkamasi; Hisob palatasi; Moliya vazirligi va uning quyi , jumladan, G’aznachilik tizimi organlari; Markaziy bank; Davlat soliq qo’mitasi; Davlat bojxona qo’mitasi; Qimmatli qog’ozlar bo’yicha komissiya; Byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarining ijroiya direktsiyalariva boshqalar. Mamlakat Prezidenti moliyaviy tizimning faoliyatini tartibga soladi, mamlakat byudjetini tasdiqlaydi, Parlament tomonidan qabul qilingan moliyaviy qonunlarga “veto” qo’yish huquqiga ega.Ikki palatadan (Senat va Qonunchilik) iborat bo’lgan Oliy majlis soliqlar, yig’imlar, soliq xarakteriga ega bo’lmagan to’lovlarni o’rnatadi, davlat byudjetini ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotni ham tasdiqlaydi, moliyaviy qonunlarni (masalan, Soliq kodeksi va boshqalar) qabul qiladi. Bir vaqtning o’zida davlat ichki va tashqi qarzining chegaralarini belgilash ham Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. Moliyaviy boshqaruvning umumiy boshqaruv organi sifatida Vazirlar Mahkamasi davlat byudjetini ko’rib chiqadi, moliyaviy boshqaruvning yagona umumiy markazi sifatida faoliyat ko’rsatadi. Download 23.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling