1Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi mazmuni, yo‘nalishlari
Moliyaviy vositachilarning turlari, vazifalari
Download 23.62 Kb.
|
MOLIYA 17
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16.Davlat va nodavlat moliyaviy tashkilotlarining turlari, vazifalari
- 17.Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg‘armalarining iqtisodiy mazmuni, turlari va vazifalari
15.Moliyaviy vositachilarning turlari, vazifalari
Moliyaviy vositachilarning asosiylari sifatida: Banklar, Investitsiya va Sug‘urta kompaniyalari, Pensiya fondlari, O‘zaro fondlar, Investitsion banklar, Venchur kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi firmalar va aktivlarni boshqaruvchi firmalar, Axborot xizmatlarini ko’rsatuvchi firmalarni ko‘rsatish mumkin. Ularning moliyaviy mahsulotlariga, boshqalar qatorida, chek hisobvaraqlari, kreditlar, ipotekalar, o‘zaro fondlarning qimmatli qog‘ozlari va keng ko‘lamli sug‘urta shartno-malari kiradi. Moliyaviy vositachiga eng oddiy misol sifatida o‘zaro fondni olishimiz mumkin. Venchur kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi firmalar (venturecapital firms) investitsiya banklariga o‘xshash, lekin bitta farqi ularning mijozlari yirik korporatsiyalar emas, balki o‘z faoliyatini endi boshlagan firmalardir. Bunday yosh kompaniyalarning boshqaruvchilari tajribasiz bo‘lib, ular nafaqat moliyaviy yordamga, balki biznesni olib borish borasida maslahatga ham muhtoj bo‘ladilar. Mazkur bo‘limda o‘rganiladigan firmalar aynan shunday xizmatlar ko‘rsatadilar. “Venchur kapitalistlari” (ya’ni “venchurli” kapital qo‘yilmalari bilan shug‘ullanadigan kompaniya yoki bank) yangi biznesga pul tikadi (qo‘yadi) va boshqaruv xodimlariga firmani “ommaga chiqishga tayyor” bo‘ladigan holatga ko‘tarishga, boshqacha qilib aytganda, o‘z aksiyalarini keng doiradagi investorlarga sotishni boshlashga yordam beradi. Bu darajaga ko‘tarilgach, “venchur kapitalisti”, odatda, kapitaldagi o‘z ulushini sotadi va yangi venchur kompaniyasi bilan shug‘ullanishni boshlaydi. 16.Davlat va nodavlat moliyaviy tashkilotlarining turlari, vazifalari Davlat moliyaviy tashkilotlarga: Markaziy bank, Ixtisoslashtirilgan moliyaviy vositachilar kiradi. Nodavlat moliyaviy tashkilotlarga: Mintaqaviy va butun dunyoviy moliyaviy vositachilar, Xalqaro xisob kitob banki, Xalqaro valyuta fondi, Jahon bahki kiradi. 17.Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg‘armalarining iqtisodiy mazmuni, turlari va vazifalari Davlat byudjeti kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida paydo bo’lgan bo’-lib, uning vujudga kelishi, eng avvalo, siyosiy tashkilot sifatida davlatning vujudga kelishi bilan bevosita bog’liqdir. Har bir davr ijtimoiy tuzumiga tegishli bo’lgan ishlab chiqarish munosa-batlarining asosiy belgilari davlat faoliyatining va byudjet-ning taqsimlash mexanizmi sifatidagi mazmunini belgilab (aniq-lab) beradi. Byudjet fondini shakllantirishda ikki xil tushunchadan foy-dalaniladi: 1) byudjetga to’lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar); 2) davlat byudjetining daromadlari. Mamlakat iqtisodiyotini barqaror tarzda o’sishi uning makroiqtisodiy ko’rsatkichlarining yanada mustahkamlanishida davlat maqsadli jamg’armalarining o’rni alohida ahamiyat kasb etmoqda. Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi organlari ixtiyoridagi qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo’lgan moliyaviy mablag’lar yeg’indisi hisoblanib, ular alohida davlat moliya tizimining ajralmas bo’gini sifatida gavdalanadi. Davalat maqsadli jamg’armalarni moliyaviy mablag’larining shakllanishi, taqsimlanishi va resurslardan maqsadli foydalanishi bevosita moliyaviy me’yoriy – huquqiy hujjatlar bilan muvofiqlashtiriladi. Download 23.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling