2- amaliy mashg‘ulot mashina detallarning ifloslantiruvchilari turlarini, ularni yuvish va tozalash usullarini o‘rganish
Yig‘ma birliklarni va detallarni tozalash
Download 34.93 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Amaliy mashg\'ulot
Yig‘ma birliklarni va detallarni tozalash. Ta’mirlash
ustaxonalarida yig‘ma birliklar va detallarni tozalash uchun ko‘p hollarda bir kamerali oqimli qurilmalar va yuvish vannalaridan, ixtisoslashgan ta’mirlash korxonalarida esa konveyer xilidagi yuvish mashinalaridan foydalaniladi. OM-947I, OM-837G, OM-1366G i OM-4610 bir kamerali oqimli yuvish mashinalarining tuzilishi o‘xshash. Ular umumiy massasi 0 6...1,5 t kameralardan, 0,7...1,2m 3 sig‘imga ega bo‘lgan yuvish suyuqligi vannalaridan tuzilgan. Yuvuvchi eritmaning temperaturasi 75...85 °S, elektromotor bilan harakatlantiruvchi nasosning bosimi 0,4...0,5 MPa. Eritmaning tarkibi MS-6 20 g/l yoki «Labomid» 20-25 g/l. Motorning yoki bir marta kiritiladigan detalning tozalash muddati tashqi tozalashda 8-12 min, ichki tozalashda esa 6-10 min ni tashkil qiladi. Eritma vannada MS-8 yoki «Labomid» kukunlarini kiritish bilan tayyorlanadi. Eritmaning temperaturasi 60...70ºS, miqdori 25-30 g/l bo‘lganda, ushlab turish vaqti 2-4 soatni tashkil qiladi. Tozalash jarayonini tezlashtirish uchun vannadagi eritmaga truba orqali siqilgan havo yoki tebranish beriladi. Organik erituvchilar yordamida isitmasdan tozalash, maxsus stasionar yoki harakatlanuvchi vannalarda bajariladi. Ushbu usulning avfzalligiga eritmaning isitilmasligi, kamchiliklariga miqodrining yuqoriligi, zaharliligi va o‘t olishga havfliligi kiradi. Erituvchi sifatida benzindan, kerosindan, dizel yonilg‘i-sidan, AM-15 va «Labomid» preparatlaridan foydalaniladi. AM-15 preparati tozalashda samaraliroq hisoblanadi. Preparatga ifloslangan detallar tushirilganda ulardagi moy va smolalar eriydi, detal sirtida qolgan qattiq erimaydigan zarrachalar (korbonitlar, karboidlar, eyilish maxsulotlari va b.) yuza aktiv moddalar pardasi bilan o‘rab olinadi. Undan so‘ng detallarning sirti kuchsiz ishqorda tozalanadi. Ta’mirlash amaliyotida 2287V modeldagi satsionar, OM-1316 va RO-1616A ko‘chib yuruvchi vannalar qo‘llaniladi.. AKTE-114 va AKTE-118 yuvish mashinalari plastinkali transportyor bilan jihozlangan. Undagi detallarning harakatlanish tezligi 0,1...0,6 m/min ni tashkil qiladi. Yuvish kamerasiga kirish va chiqish himoya pardalari bilan jihozlangan. Yuvish suyuqligi sifatida 20-25 g/l konsentrasiyali 75-85°S temperaturaga ega bo‘lgan «Labomid-102» va MS xildagi preparatlarning suvdagi eritmasidan foydalaniladi. Yuvish-chayqab olish mashinalari yirik ixtisoslashgan korxonalarda qo‘llaniladi. OM-4267M mashinasi bug‘li isitish qurilmasiga ega bo‘lgan vanna bilan jihozlangan. Osma konveyer 0,21; 0,43 va0,85 m/min tezlikda harakatlanadi. Yuvish kamerasi besh seksiyaga bo‘lingan. OM-5299 va OM-5287 kinematik harakatlanuvchi yuvish mashinalari ichiga yuklovchi aravacha joylashtirilgan yuvish vannalari bilan jihozlangan. Tozalangan detallar aravachaga taxlab qo‘yiladi va u bilan birgalikda vannadagi yuvish suyuqligiga tushiriladi va qopqoq bilan yopib qo‘yiladi. Eritma bug‘ bilan 20-30°S temperaturagacha isitiladi. Pnevmatik yuritma yuklash aravachasini chiqarib olish, uni tushirish 50...200 mm amplitudada va 90... 120 harakat/min chastotada tebrantirish uchun xizmat qiladi. Yuvish suyuqligi sifatida organik erituvchilar va AM-15 va «Labomid-315» preparatlaridan foydalaniladi. Tozalash muddati 15... 20 min ni tashkil qiladi. Siklli ta’sirga ega bo‘lgan MMI-1 yuvish mashinasidan foydalanilganda detallar buriluvchi stol savatiga taxlanadi va parakli vint tomonidan hosil qilinadigan eritmaning turbulent oqimida yuviladi. Aylanuvchi barabanlli OM-6068A va OM-6470 qurilmalari mayda detallarni tozalash uchun mo‘ljallangan. Detallar barabanga solinib, baraban 1/2- 2/3 balandligigacha yuvuvchi suyuqlikka (kerosin, dizel yonilg‘isi AM, «Labomid-315» preparati) botiriladi. Maxsus yuvish mashinalari OM-887 va OM-3600 motor ta’mirlash korxonalarida texnologik iflosliklardan tozalash uchun qo‘llaniladi. Ushbu mashinalarda oqim tasirida detallarning tashqi sirtlaridan, moy kanalari esa suyuqlikni oqib o‘tishi natijasida tozalanadi. Qurilmalar motor bloklaridagi va tirsakli vallaridagi kanallarni yuvish uchun moslamalar to‘plami bilan komplektlangan. Yuvish uchun MS-6 va «Labomid-102» yuvuvchi suyuqliklardan foydalaniladi. Ultratovish qurilmalari oqayotgan suvda sovitiladigan PMS-7 magnit o‘zgartirgichdan, UZG-6, UZG-197 ultratovish generatoridan, yuvuvchi suyuqlik uchun zanglamaydigan po‘latdan yasalgan vannadan tuzilgan. Yuvish suyuqligi sifatida kerosindan, benzindan, AM-15, «Labomid-315» preparatlaridan, hamda MS preparatlarining suvdagi eritmasidan foydalaniladi. Qurum va qasmoqdan tozalash murakkab va katta mehnat sarfi talab etadigan operasiya hisoblanadi. Qurumdan tozalash birnecha usullarda olib boriladi: metall shchetkalari bilan mexanik usulda, 600...700 °S temperaturagacha qizdirish bilan termik usulda, OM-3181 mashinasida abraziv zarrachalari va maydalangan meva po‘choqlari bilan. Qasmoqdan tozalash qora metalldan yasalgan detallarni 100...150 g/l kalsiyli sodadan va 8...9% xlorid kislotasidan iborat bo‘lgan qaynoq eritmaga botirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Qasmoq yumshagandan so‘ng u qaynoq suvda yuviladi. Alyuminiydan yasalgan detallardagi qasmoq 1-2 soat davomida 30-40°S temperaturada sut kislotasining 6% lik eritmasiga botirilib, OM- 4265 yoki OM-4944 qurilmalarida tozalanadi. Korroziya izlaridan va bo‘yoqlardan tozalash mexanik yoki kimyoviy usullarda olib boriladi. Buning uchun sulfat, xlorid yoki fosfor kislotalari eritmalaridan, hmda AFT-1 yoki SD yuvgichlaridan foydalaniladi. Jarayonni faollashtirish uchun standart yuvgichga fosfor kislotasi qo‘shiladi. Download 34.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling