2- amaliy mashg‘ulot mashina detallarning ifloslantiruvchilari turlarini, ularni yuvish va tozalash usullarini o‘rganish
Download 34.93 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Nazariy qism
- Fizik-kimyoviy usul
2- AMALIY MASHG‘ULOT Mashina detallarning ifloslantiruvchilari turlarini, ularni yuvish va tozalash usullarini o‘rganish 1. Mashg‘ulotning maqsadi ishlatish sharoitida mashina detallarning ifloslaishini, ularni yuvish va tozalash usullarini, motorning mexanizm va sistemalariga texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlarining texnologiyasini o‘rganishdan iborat. 2. Nazariy qism Detal sirti talab darajasida tozalanmasa uning resursi 20...50 % ga pasayishi mumkin. Ifloslantiruvchilar quyidagi turlarga bo‘linadi: uglerodli yopishmalar (qurum, lakli pardalar va asfaltsmolali moddalar); mashina va agregatlarning tashqi sirtiga yog‘siz tabiatga ega bo‘lgan yopishmalar; moylovchi materiallar (chang, suv, qasmoq) qoldiqlari. Asfaltsmolali moddalar asfaltenlardan, karbonlardan va karboidlardan iborat. Qasmoq motorlarning sovitish sistemasiga kalsiy va magniy tuzlari ko‘rinishida yopishib qoladi. Qasmoqning issiqlik o‘tkazuvchanligi metallnikidan 60-100 marta kichik bo‘ladi. Qasmoq tarkibiga kalsiy va magniy karbonatlari, gipslar, silikatlar kiradi. Texnologik ifloslantiruvchilar (metall qirindisi, sayqallovchi pastalarning, shlifovkalash toshining qoldiqlari-dan va b. iborat) ta’mirlashda, yig‘ishda, moslashtirishda hosil bo‘lib, detal sirtlarini jadal eyilishi natijasidir. Tozalashning fizik-kimyoviy, elektr-kimyoviy, ultratovush, termik va mexanik usullari qo‘llaniladi. Fizik-kimyoviy usulda detallarni tozalash oqim yordamida va vannalarda olib boriladi. Detal sirtidagi iflosliklar muayyan sharoitda turli xildagi preparatlarning suvdagi eritmasi yoki maxsus erituvchilar bilan tozalanadi. Bularga kimyoviy eritmaning yuqori (75-95 °S) temperaturasi, sezilarli darajadagi bosimga ega bo‘lgan tebranuvchi oqimning mavjudligi, samarali yuvuvchi vositalarning qo‘llanilishi kiradi. Download 34.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling