hosil bo‘lib, ushbu holat suyuq muhitda mayda ko‘piklar hosil bo‘lishiga
olib keladi. Ular yorilganda mikrohajimda katta kuchga ega bo‘lgan
gidravlik zarbalar paydo bo‘ladi. Natijada uglerodli yopishmalarni 2-3
minut, moylik pardalarni 30-40 s davomida buzilishi sodir bo‘ladi.
Ultratovush usuli murakkab shaklga ega bo‘lgan (karbyurator, yonilg‘i
nasoslari va elektr jihozlari) detallarni tozalashda qo‘llaniladi.
Termik usuldan eng barqaror bo‘lgan uglerodli yopishmalar (qurum,
asfalten va b.) dan tozalashda foydalaniladi. Buning uchun detal termik pechga
joylashtirilib, unda 600-700 ºS da 2-3 soat davomida ushlab turiladi, undan
so‘ng pech bilan birgalikda sovitiladi. Detallardagi
qurum gaz alangasida
kuydirib bartaraf etiladi.
Mexanik usulda detal qo‘lda tirnagichlar, shchetkalar va b.
bilan
tozalanadi. Bu maqsadda maydalangan meva po‘choqlarini,
abraziv
zarrachalarni va boshqa materiallarni
ifloslangan sirtga havo,
suv yoki
yuvuvchi eritmani uzatuvchi uskunalardan foydalaniladi.
Tozalash vositalari uch xildagi reagentlarga bo‘linadi:
organik erituvchilar va erituvchi emulsiya hosil qiluvchi vositalar;
kislotalik erituvchilar;
texnikaga mo‘ljallangan sintetik yuvuvchi vositalar.
Do'stlaringiz bilan baham: