2 – amaliy mashg‘ulot mashinalar qo‘llanadigan texnologik jarayonlarni taxlil qilish
Download 1.88 Mb.
|
2-amaliy mashg\'ulot
2 – AMALIY MASHG‘ULOTMASHINALAR QO‘LLANADIGAN TEXNOLOGIK JARAYONLARNI TAXLIL QILISh.Ishning davomiyligi – 4 soat 1. Darsning maqsadi: 1.1. Mashinalar qo‘llanadigan texnologik sxemalarni taxlil qilish va takomillashtirish. Zamonaviy, raqobatdosh texnologik sxemalarni yaratishning uslubiy asoslarini o‘rganish. 2. Darsning mazmuni: 2.1. Mashina tuzilishi bilan texnologik jarayonning va xom ashyo hamda materiallarning xususiyatlarini bog‘liqligi mashinaning struktura va parametrik sintezi ekanligini tahlil qilish. 3. Dars o‘tish vositalari:Qo‘llanadigan jihozlar, materiallar, o‘lchash asboblari,ko‘rgazmali qurollar. 3.1. Jag‘li maydalagich laboratoriya modeli. 3.2. O‘lchov asboblari: lineyka, metr, sekundomer. Nazariy qism. Qurilish materiallari, kimyo, mashinasozlik, yengil sanoat va boshqa korxonalarda ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarning o‘ziga xos texnologik jarayoni va texnologik sxemalari mavjud. Ma’lumki, texnologik jarayon deb, dastlabki xom ashyo, materiallar va yarim fabrikatlarining xolatini, xossalarini, shakli va gabarintlarini o’zlashtirish yo’li bilan maxsulot ishlab chiqarish usullarining yig’indisiga aytiladi. Mashina tuzilishi bilan texnologik jarayonning va xom ashyo hamda materiallarning xususiyatlarini bog‘liqligi masalasi, mashinaning struktura va parametrik sintezidir. Texnologik jarayon taxlilining o‘ziga xos zamonaviy tomonlari loyixalashtirilayotgan mashinalarda konstruktiv va texnologik bog’liqlikni, alokadorlikni keng kullashdan iboratdir. Texnologik jarayonda mashinaning konstruksiyasi va funksional vazifasi qisman mexnat jarayonlari bir-biri bilan o’zaro bog’liq tarzda yo’lga qo’yilgan xolda yuqori sifatli maxsulot ishlab chiqarish natijasida korxona yuqori darajadagi samaradorlik ko’rsatkichlariga erishadi. Shuni aytish kerakki, texnologik jarayonlarda bir xil mashinalarning bir-biriga mos emasligi, dastgoxlar kompanovkasining buzilishi, texnologiya tuzishga e’tibor bermaslik, ishchilarning notugri joylashtirilishi, texnologik jarayonni ilmiy asosda yuqori darajada tashkil kilmaslik kabi xolatlar korxona, texnikaviy - iktisodiy kursatkichlarning pasayishiga olib keladi. Texnologik tizimlarni tugri tanlashda xom-ashyo materiallari tarkibi bilan kurilmalarning taxnikaviy tuzilishlari, detal va uzellarning materiallari bir-birining bog’liqligiga e’tiborberish kerak. Tajriba shuni ko‘rsatyaptiki, mashina va uning mexanizmlari xizmat vazifasini aniq bilmaslik va urganmaslik uz navbatida murakkablashtirilgan konstruksiya xamda ularning aniqligiga ortikcha talab kuyishga olib keladi. Demak, mashina va uning mexanizmlarini tayyorlash xamda ekspluatatsiya kilishda ortikcha xarajatlar sarflanadi. Shunday qilib, texnologik jarayon taxlili yangi bunyod etilayotgan mashinaning xizmat vazifasini bilish va aniqlik normasi xamda bikrlikni ta’minlaydigan texnikaviy shartni ishlab chiqish mashina aniqligi bilan bog’liq bulgan asosiy masalalardan biri xisoblanadi. Xakikatdan xam, yuqorida sanab utilgan parametrlarga tegishli dopusk mikdorini kamaytirish, uz navbatida mashinaning xizmat vazifasini tugri bajarishga olib keladi. Chunki ushbu parametrlar mashina yoki uning mexanizmlari aniqligini tavsiflaydi. Masalan, tishli uzatmali reduktorlar aniqligini oshirish uz navbatida uzatish nisbati ogish mikdorini kamaytirib, ishning shovkinini va foydali ish koeffitsientini oshiradi. Avtomobil dvigatellarini tayyorlash va yigish aniqligini oshirish yokilgi xamda moylash sarfini kiskartiradi. Dastgoxlar aniqligini oshirish esa ishlov berilayotgan zanatovkalar aniqligini oshiradi va yigish uchun sarflanuvchi xarajatni kamaytirib, dastgoxning foydalanish koeffitsientini oshiradi. Mashina biror ishni bajarishi uchun ma’lum tartibda xarakat qilishi kerak bo’ladi. Xar kanday mashina va mexanizmning xarakati insonning maxlum ishni bajarish jarayonidagi xarakatidan olingan. Masalan, tikuv mashinasida bir chok tikish kerak bulganda mashina ninasi gazlamani teshishi va chok nina tagida kolmasligi uchun uning xarakatda bulishi va tikilgan kiyimning choki nina tagidan chiqib, uning urniga gazlamaning tikilmagan yeri uzluksiz kelib turishi kerak bo’ladi. Yana bir misol avtomat tukuv dastgoxini olaylik, bu avtomatda arkok va tanda iplari o’zaro to’qilib, gazlama xosil bo’ladi; to’qilgan bu gazlama doimo xarakatda bulishi shart. Yuqorida keltirilgan misollardan ikki xil maxsulotning bajarilishida va xom ashyo xarakati bilan mashina xarakati orasida o‘xshashlik borligini sezish qiyin emas. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling